Oʻylaymizki, yozuvchining safar davomidagi mulohazalari va keltirgan dalillari sizga ham manzur boʻladi
Download 68.5 Kb.
|
Бобурномада Кобул тасвири
Taniqli yozuvchi, Bobur nomidagi xalqaro ilmiy ekspeditsiya aʼzosi, qator kitoblar muallifi Qamchibek Kenjaning buyuk ajdodlarimiz nomlari bilan bogʻliq tarixiy joylarni oʻrganish yuzasidan olib borilgan izlanishlarda ishtirok etganidan xabarimiz bor. Uning shu xususda yozgan, afgʻon xalqi va Afgʻonistonda yashovchi oʻzbeklarning yashash tarzlari, orzu-oʻylari, urf-odatlari toʻgʻrisida hikoya qiluvchi sayohatnomalarini qiziqib oʻqiganmiz. Adibning ana shunday kitoblaridan biri “Buyuklar izidan” deb nomlanadi. Ushbu kitobdan joy olgan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi maʼlumotlar “Qobul va Bobur” boʻlimida hikoya qilingan. Oʻylaymizki, yozuvchining safar davomidagi mulohazalari va keltirgan dalillari sizga ham manzur boʻladi. Maʼlumki, Afgʻoniston (Qadimgi Xurosonning bir qismi) Mirzo Bobur va boburiylar hayotida muhim oʻrin tutadi. Xususan, Qobul Boburshoh umr kitobining zarhal sahifalarini tashkil etadi. Oʻz Vatanidan ayrilgan Bobur Qobulda qoʻnim topadi, bir qadar osoyishtalik, xotirjamlik, qoʻshin, mol-dunyo va yana koʻp narsalarga erishadi. Shahzoda Bobur Qobulga, avvalo ota mulk sifatida intilgan boʻlishi kerak. Zero, Abu Said Mirzo bu tarixiy shaharni oʻgʻli Umarshayx Mirzoga inʼom etgan edi. “Agar Boburning uchta uyi bor, desak – biri Andijonda, ikkinchisi Hindistondagi Agrada, uchinchisi Qobulda edi”, – deb yozadi boburshunos olim H.Hasanov. Boburshoh umrining yigirma yildan ziyodi Qobulda kechgan, oila aʼzolari shu yerda muqim yashaganlar, suyukli toʻngʻich oʻgʻli Humoyun va boshqa farzandlari Qobuldagi Bogʻi Boburda tavallud topishgan. Bobur Mirzo Qobulga oʻz yurtidek mehr qoʻygan. Bobur Qobul viloyati va uning atrofidagi tumanlar, qishloqlar va dovonlar, hatto dashtliklarning oʻziga xos tabiati va boshqa fazilatlarini batafsil, chiroyli soʻzlar, ramziy iboralar bilan taʼriflaydi: “Bisyor latif havosi bor. Bu kabi havoliq yer olamda maʼlum emas”. Eng asosiysi, Boburshoh Hindistonda yashar ekan, umri poyoniga yetayotganini sezgach, farzandlariga oʻtganidan soʻng uni Qobulga – oʻzi yaratgan va gʻoyat xush koʻradigan Bogʻi Boburga dafn etishlarini vasiyat qilgan. Savol tugʻiladi: Bobur nega aynan Qobul tuprogʻiga bosh qoʻyishni xohladi. Bu savolga javob izlagan boburshunos R. Vohidov “... umr boʻyi Vatan sogʻinchi iztiroblarini qalbida asragan shoh va shoir Bobur Mirzo abadiy uyqu uchun ham suronli tabiatiga mos suronli joyni tanladi”, deb yozgan. Ayni Qobul va uning tevaragida kechgan qariyb oʻn ikki-oʻn uch yillik voqealar “Boburnoma”da yoʻq. Boburshunoslar bu uzilishlarni shoh Boburning oʻsha davrdagi yurishlar va boshqa tashvishlar bilan nihoyatda band boʻlganligi bilan izohlaydilar. Shubhasiz, bu mulohazalar ham haqiqatga yaqin. Lekin “Xatti Boburiy”, “Mubayyin” kabi murakkab, zahmattalab asarlarini Bobur Mirzo ayni oʻsha pallalarda yaratgan. Balki, ayni Qobulda kechgan hayotida farogʻatli, tinch onlar koʻp boʻlgandir va shuning uchun ham Qobuldan koʻngil uzolmagandir. Xullas, hozirgi Afgʻonistonning poytaxti Qobul Boburshoh hayotining ajralmas, katta bir qismiga daxldor mashhur tarixiy shahardir. Bobur Kobulni joni-dili bilan sevgan. U shu yerda bo`lajak ulug` saltanat asosini yaratdi, buyuk imperiyaga zamin yaratgan, uning farzandlari ham shu joyda tavallud topgan. Bobur umrining so`nggi daqiqalarida ham Kobulni eslagandi. Kobulni ta’riflab Bobur «Boburnoma»da Mulo Muhammad Tolib Muammoyining mana bu baytini keltirgan: «Bixur dar arki Kabul may, bigordor kosa paydarpay, ki ham ko`xastu ham daryoyu ham shaxrastu ham sahro», yani: «Kobul arkida ham may ich, kosani ketma-ket aylantirki, bu yer ham tog`, ham daryo, ham shahar, ham sahrodir». Kobul ko`p millatli viloyat bo`lgani uchun aholisi ko`p tillarda so`zlashganlar. «Boburnoma»da bu haqida shunday deyiladi: O`n bir-o`n ikki tilda Kobul viloyatida so`zlashadilar: arabiy, forsiy, turkiy, mo`g`uliy, hindiy, afg`oniy, pashoyi, parojiy, g`arbiy, barakiy, lamg`oniy. Bunchalik har hil qavmlar va boshqa-boshqa tillarda gaplashish boshqa hech bir viloyatda yo`q.[2.B.22]. Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma»da rabbiyul avval oyining oxirlarida Kobul viloyanini fath etganini bayon qiladi va bu viloyatni quyidagicha tasvirlaydi: Kobul viloyati to`rtinchi iqlimdadir. Shahar obod yerlarning o`rtasida joylashgan. Sharqi Lamgonot, Purshovar, Xashnagar va ba’zi Hind viloyatlaridir. G`arbi tog`li maskanlardir, Karnud va G`o`r o`sha tog`lardadir. Hozirgi paytda Hazora va Naqdariy. Hozirgi paytda hazora va naqdariy qavmlarining maskani shu tog`lardir. Shimoli Hindikush tog`iga tutashgan. Qunduz va Andarob viloyatlaridir. Janubi Farmul, Nagar, Bannu va Afg`onistondir. [3.B.105]. Kobul viloyati barcha tarafdan tog` bilan o`ralgandir. Ayniqsa bu tog`lar Kobulning ko`rkiga ko`rk bag`ishlashi bilan ham ahamiyatga molikdir. Bobur Mirzoning asarida ham buni yaqqol ko`rishimiz mumkin. Kichkina viloyatdir. Uzunasiga cho`zilgan. Sharqdan g`arbga tomon yastangan. Atrof-tevaragi batamom tog`dir. Qal’asi toqqa tutashgan. Qal’aning g`arbi-janub tarafida kichikroq tog` bor. U tog`ning cho`qqisida Kobul shohi imorat qilgani bois bu tog`ni Shohi Kobul deydilar. Bu tog` Devarin tog`daradan boshlanadi. Dehi Y’qub darasida tugaydi. Gir aylanasi iki shar’iy keladi. Bu tog`ning etaklari tamomila bog`lardir. Qal’aning janubida Shohi Kobul tog`ining sharqida bir katta ko`l bor. Aylanasi bir shar’iyga yaqinlashadi. Shohi Kobuldan Kobulga tomon uch kichikroq chashma oqib chiqadi: ikkitasi Gulkina mavzesidadir. Bir chashma boshida Xo`ja Shamu nomli mozor bor; [4.B.105]. Shohi Kobul tog`i Darhaqiqat, Shohi Kobul tog`ining viloyatda o`rni beqiyos. Viloyat suvlarining ko`pligi bilan ham e’tiborga loyiqdir. «Boburnoma» asarida bu o`lka suvlari ta`rifi ham o`rin olgan. Kobul viloyatida savdo-sotiq ham ancha rivojlangan. Boshqa davlat va viloyatlar bilan savdoda bu viloyat yuksak o`ringa ega bo`lgan. «Boburnoma»da takidlanishicha, Xitoy va Rimdan Kobulga har yili 7-8-10ming ot keladi. Kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlari savdosida ham mashhurdir. Huddi arablar arabdan boshqani «ajam» deganlaridek, hindistonlik hindistonlik bo`lmaganlarni «Xuroson» deydi. Hindiston bilan Xuroson orasida quruqlikdagi yo`;da ikki katta qo`nimgoh bor: biri – Kobul, yana biri – Kandahor. Kobulga Koshg`ar, Farg`ona, Turkiston, Samarqand, Buxoro, Balx, Hisor va Badaxshondan karvonlar keladi. Xurosondan karvon Kandahorga keladi. Hindiston bilan Xurosonni bog`lovchi vosita Kobul viloyatidir. Ko`p yaxshi savdo maskanidir. Savdogarlar Xitoyga yoki Rumga borsalar ham shunchalik savdo qila oladilar. [5.B.106]. Kobul viloyatida pishib yetilgan mevalar ham nihoyatda shirin bo`ladir. Bunga hatto Zahirdin Muhammad Boburning o`zi ham guvoh bo`lgan va shoh asari «Boburnoma’da ta`riflab o`tgan. Issiq iqlim mevalaridan, chunonchi, norunj (apelsin), turunj (limon), amluk va nayshakarni Lamgonotdan keltiradilar. Nayshakarni men keltirib ektirib edim. Chilg`o`zani Nishrovdan keltiradilar. Kobul atrofidagi tog`lik joylardan asal ko`p keladi. Asalxonalari border. Birgina G`azni tarafdagi tog`lik maskanlardan asal kelmaydi, holos. Kobulning ravochi yaxshi bo`ladi. Behi bilan karolisi ham yaxshidir. Bodringi ham yaxshi. Bir nav uzumi bor, obi angur deyishadi, juda yaxshi uzumdir. Mast qiladigan chogirlari bo`ladi. Xoja Hovand Sayyid tog`i etaklarining sharobi achchiqligi bilan mashhurdir. Hali ham uning ta’rifini taqlid bilan keltiradilar: «May lazzatini mast bilur, hushyorlarga ne huzur?!». [6.B.106]. Obi Angur Bobur bunda «G`azni tarafidagi Ko`histondin asal kelmas», der ekan uninmg Afg`oniston jug`rofiy sharoitini ne chog`li chuqur o`rgangani, aniq ilmiy xulosaga kelgani ma’lum bo`ladi. [7.B.103] Ushbu viloyat barcha tomonlama yuksak, ya`ni, tog`lari ko`p, sersuv, havosi sof, mevalari shirin bo`lsa-da, ammo dehqonchilikda bunday hususiyatda ega emas. Ekini yaxshi bo`lmaydi. Agar Xuroson urug`i bo`lsa, unchalik yomon bo`lmaydi. Juda latif havosi bor. Kobul havosidek havoli yer olamda borligi ma’lum emas. Yozlarda kechalari po`stinsiz yotib bo`lmaydi. Qishda qor garchi aksar qattiq tushsa-da, lekin qattiq sovug`i yo`qdir. Samarqand va Tabriz ham hushhavolikda mashhurdir, lekin u shahrlarda qattiq sovuq bo`ladi. Kobul viloyati mustahkam berk viloyatdir. Yot yovning bu viloyatga kirmog`i mushkul. [8.B.106]. Kobul viloyatida tog` ko`p bo`lganligi sababli, shubhasiz dovonlari ham ko`pdir. Bu dovonlar bir-biri bilan anchagina farq qiladi. Viloyat dovonlari haqida Zahiriddin Muhammad Boburning «boburnoma» asarida quyidagi ta`rif beriladi. Baxl, Qunduz va Badaxshon bilan Kobul orasida hindikush tog`i yastangan. Bu tog`dan yeti yo`l oshadi, uch yo`l Panjhirdadir. Yuqoriroq Havok dovonidir, Undan quyiroq Tul, undan quyiroq Bozorak dovonlari. Bu uch dovondan yaxshirog`i Tuldir. Lekin yo`li biroz uzunroqdir. Aftidan, shu bois Tul (uzun) deganlar. To`g`rirog`ida Bozorakdir. Tul va Bozorak dovonlari orqali Sarobga tushiladi. Bozorak dovonini Sarob ali Porandiy qishlog`iga ingani uchun Porandiy dovoni deyiladi. Yana biri Parvon yo`lidir. Katta dovon bilan Parvon orasida yana yeti dovon borligi uchun Haftbacha ( yettibolali) deydilar. Andarob tarafdan ikki yo`l kelib, katta dovonga qo`shilib, Haftbacha bilan Parvonga keladi. Ko`p mashaqqatli yo`ldir. Uch yo`l G`urbanddadir. Parvon yo`liga yaqinroq yo`l Yangiyo`l dovonidir. U Valiyon va Hindjonga inadi. Yana bir yo`l Qipchoq dovonidir. U Andarob suvi bilan Qizilsuvning qo`shilishiga qarab tushadi. Bu yo`l ham yaxshi yo`ldir.[9.B.107]. Har bir joy turli faslda turli ko`rinishda bo`lishi ma’lum. Shunday ekan Kobul viloyati dovonlari ham yoz, kuz, qish fasllarida o`zgacha ko`rinishda bo`ladi. Bobur asarida bu ko`rinishning tasvirlanishi ham o`zgachadir. Foydalanilgan adabiyotlar: Rustambek Xoji Shamsuddin o’g`li:»Boburni Izlab»-Andijon.:»Meros»n-1993, 141-bet «Boburnoma»-T.:»O`qituvchi»n-2008, 22-bet «Boburnoma»-T.:»O`qituvchi»n-2008, 105-bet «Boburnoma»-T.:»O`qituvchi»n-2008, 105-bet «Boburnoma»-T.:»O`qituvchi»n-2008, 106-bet «Boburnoma»-T.:»O`qituvchi»n-2008, 106-bet Hasan Qudratillayev:»Bobur Armoni»-T.:»Sharq»n-2009, 103-bet «Boburnoma»-T.:»O`qituvchi»n-2008, 106-bet «Boburnoma»-T.:»O`qituvchi»n-2008, 107-bet Пожалуйста, не забудьте правильно оформить цитату: Собиров, Ж. З. «Boburnoma»da Kobul ta’rifi / Ж. З. Собиров. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2021. — № 25 (367). — С. 543-545. — URL: https://moluch.ru/archive/367/82429/ (дата обращения: 10.03.2023). Yangi jamiyat barpo etishda, eng avvalo, ma’naviy qadriyatlarni to‘g‘ri baholay olish lozim. Biror-bir qadriyatga baho berilar ekan, uning mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va axloqiy asoslarini mustahkamlashga qay darajada hissa qo‘shishi, xalqimizning umumjahon ijtimoiy taraqqiyotining faol subyektiga aylanishiga xizmat qilishi bosh mezon bo‘lishi kerak. Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijon shahrida tug‘ilgan. O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili. Buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzodalardan hisoblanadi. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozil-u ulamolar ustozlaridan harbiy ta’lim, fiqx ilmi, arab va fors tillarini o‘rganadi, ko‘plab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fan, she’riyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan “Bobur” (“Sher”) laqabini oladi. Boburning to‘rt o‘g‘li (Humoyun, Komron, Askariy, Hindol) va uch qizi (Gulchehra, Gulrang, Gulbadan) bo‘lib, ularga ham o‘zining shu xislatlarini singdirishga harakat qilgan. Bobur davlatni boshqarishda ana shu tarzda maslahat, kengash bilan ish tutish lozimligini uqtirgan. Bobur Mirzo 1497-yilda Samarqandni qamal qilib, qo‘lga oladi. U bu fath vaqtida 15 yoshda edi. Biroq Samarqandda avvaldan davom etgan isyon va mojarolar tufayli u atigi 100 kundan so‘ng Samarqandni tark etishga majbur bo‘ladi. 1504-yilda Afg‘onistonning Qobul shahrini zabt yetdi. Zaki Validiyning yozishicha: “Hindistonga keltirilgan Yevropa matolari (matoi farang) O‘rta Osiyoni XVI asrning birinchi yarmida egallab ulgurgan edi. Bobur Mirzoning 1525 yilda Panipat va Mavar janglaridagi zafari ko‘proq “mehmedi rumiy”, “mustafoi rumiy” kabi “rumiy to‘pchilar”i to‘plari yordamida qozonilgan edi. Bu zafar asnosida Bobur Panipat va Dehlida son-sanoqsiz “de’boji afranjiy” va Atlasi Xatoiylarni qo‘lga kiritdi. O‘zbek xoni Ubaydullaxon bu voqeadan bir yil o‘tib (1524 y) Xurosonda Mashhadni qo‘lga kiritganida ko‘p miqdorda “aqmishai afranjiya”ga ega bo‘lgan edi”. “Turkiston maktublari-VI” maqolasida Zaki Validiy davlat arbobi, shoir va sarkarda “Zahriddin Muhummad Bobur va uning “Boburnoma” asari haqida “Il” (Vatan) gazetasining 3-sonida Mirzo Bobur hayoti va ijodini tahlil qilib, umumiy turkiylar va ularning jahon tarixidagi o‘rnini tavsiflaydi. Zahiriddin Boburning yurishlari, u va uning askarlarining dovyurakligiga alohida to‘xtalib o‘tadi. Bu maqoladan biz yuqoridagi fikriga ko‘ra, umumiy turkiylar degan ma’noni beradi. Biz Zaki Validiyning tarixchi sifatida Qobul va Dehli va Agrada bo‘lganini hisobga olsak, Boburning mo‘g‘ul emas, turkiy ekanligiga yana bir isbot desak xato bo‘lmaydi. Zahiriddin Muhammad Bobur umrining so‘nggi yillarida kasallikdan aziyat chekib, 1530-yilning 26-dekabrida 47 yoshida vafot yetadi. Imperiya Bobur tomonidan asos solingan bo‘lib, uning hamkorlari bilan birgalikda Markaziy Osiyodan Hindistan hududiga o‘tishga majbur bo‘lgan. Bobur qo‘shinining bir qismi sifatida o‘sha davr Temuriylar davlati tasarrufidagi turli xalqlar va qabilalar vakillari, masalan, turkiy, mo‘g‘ul va boshqa qabilalar bo‘lgan. Ba’zi ma’lumotlarda Bobur Mirzo qo‘shinining old qismida shavqatsiz mo‘g‘ul askarlari bo‘lgani uchun ham degan taxminlar bor. “Boburnoma”da Zahiriddin Muhammad Bobur otasi Umarshayx Mirzo Amir Temurning nevarasi ya’ni turkiylarning barlos urug‘idan, ona avlodi tomonidan mo‘g‘ullarga mansubligini alohida ta’kidlagan. U “Umarshayx xotinlari” rukni ostida yozadi: “Qutlug‘ Nigorxonim edi, Yunusxonning ikkinchi qizi, Sulton Mahmudxon, Sulton Ahmadxonning egachisi edi. Yunusxon Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyxonning naslidindur”. Ko‘rganimizdek, Bobur Qutlug‘ Nigorxonimning to‘ng‘ich o‘g‘li yoki Chingizxonning ham nabirasi hisoblangan. Bobur ota tomonidan temuriylar xonadoniga mansubligi aniq. U otasi Umarshayx avlodi haqida yozadi: “Sulton Abusaid Mirzoning to‘rtunchi o‘g‘li edi. Sulton Abusaid mirzo Sulton Muhammad Mirzoning o‘g‘li edi. Sulton Muhammad mirzo Mironshoh mirzoning o‘g‘li edi. Mironshoh mirzo Temurbekning uchinchi o‘g‘li edi”. Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”da ellikka yaqin adib xaqida ma’lumot berish asnosida adabiyot zimmasidagi vazifalar, ijod va axloq birligi xususida ham so‘z yuritadi. Unda Boburning Mavlono Osafiy, Kamoliddin Binoiy, Sayfi Buxoriy, Badriddin Hiloliy, san’at ahlidan Gʻulmuhammad Udiy, Shayx Noyi, Xo‘ja Abdullo Marvoriy, Mavlono Kamoliddin, Husayn Udiy, Gʻulom Shodiy va boshqalar ijodi va axloqiga oid fikrlari muhim. Bu shaxslarning kariyb barchasiga Alisher Navoiy ham o‘zining “Majolis un-nafois” va boshqa asarlarida to‘xtalib o‘tgan. Shu bois, Navoiy va Boburning shaxs axloqi va yurt farovonligi hamda obod turmushga bo‘lgan munosabatini qiyosiy tahlil etish maqsadga muvofiq. “Boburnoma”da “Doim xotirg‘a yetar edikim, Hindustonning bir ulug‘ aybi budurkim, oqar suvi yo‘qtur. Har yerda o‘lturushluq bo‘lsa, charxlar yasab oqar suvlar qilib, tarxdiq va siyoq yerlar yasasa bo‘lur. Ograga kelgandin bir necha kundin so‘ng ushbu maslahatqa Jo‘n suvidin o‘tub, bog‘ yerlarini mulohaza qilduk. Andoq besafo va xarob yerlar edikim, yuz karohat va noxushluq bila andin ubur ettuk. Bu yerning makro‘xdug‘i va noxushlug‘idin chorbog‘ xayoli xotirdin chiqti. Mundin o‘zga mundoq yovuq yer Ograda chun yo‘q edi, necha kundin so‘ng zarur bo‘lib, bu yerga-o‘q ilik qo‘yuldi. Ul ulug‘ chohkim, hammom suvi andindur, bunyod bo‘ldi; Yana bu parcha yerkim, ambuli daraxtlari va musamman havz andadur. bulardin so‘ng ulug‘ havz va sahne bo‘ldi. Andin so‘ng tosh imorat olidag‘i havz va tolor bo‘ldi. Andin so‘ng “Xilvatxona” bog‘chasi va uylari bo‘ldi. Andin so‘ng hammom bo‘ldi. Mundoq besafo va besiyoq Hindda tavr tarrohliqlar va siyokliq bogchalar paydo bo‘ldi. Har go‘shada maqbul chamanlar, har chamanda muvajjah gul va nastaranlar muratgab va mukammal bo‘ldi”. Mana shu bunyodkorliklardan ham ko‘rinib turibdiki, Bobur har bir ishga uzoqni ko‘zlab ko‘l urgan. Borgan yurtini talab ketishni emas, uni farovon etishni, o‘zidan yaxshi nom koldirishni, har yergaki qadam yetsa, gullar va yaxshilik urug‘larini ekishni niyat qilgan. Bu ezgulik, yaxshilik urug‘lari avlodlari Akbar, Jahongir, Shoh Jahon va boshqa sultonlar qalbida ham mevalar tuggani ma’lum va undan million-million hind xalqi hali-hamon bahramand bo‘lib kelmoqda. Download 68.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling