Oyoq Oyoq tayanch va harakat aʼzosi
Download 58.91 Kb. Pdf ko'rish
|
Oyoq - Vikipediya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soʻnggi tahrir 1 yil avval IluvatarBot t omonidan amalga oshirildi
Oyoq Oyoq — tayanch va harakat aʼzosi. Hayvonlarda O.ning vujudga kelishi va tuzilishi turlicha boʻlsa ham, bajaradigan vazifasi oʻxshash. Koʻp qilli halqalilarning juda sodda tuzilgan juft oyogʻi muskulli, kalta, lekin serharakatdir. Xordali hayvonlar oyogʻi toq va juft boʻladi. Quruklikda yashaydigan barcha umurtqali hayvonlarda toq O. boʻlmay-di, biroq ular suvda yashashga oʻtsa, toq O. (suzgich qanotlar) qayta vujudga kelishi mumkin (mas, ixtiozavrlar, kitlar va boshqalarda). Toq O. tufayli hayvon suvda muvozanatini saklaydi, oldinga harakat qiladi va, asosan, oʻzini-oʻzi boshqaradi. Juft O. dastlab baliqlarda paydo boʻlgan, u suvga shoʻngʻish yoki koʻtarilishni boshqaradi va muvo-zanatni saqlaydi. Har bir O. muskullar yordamida harakatlanuvchi va bir-biri bilan tutashgan togʻayli yoki suyakli skeletdan
iborat. Kuruklikda yashaydigan umurtqali hayvonlarning oyoklari 3 boʻlimdan tashkil topgan; O. kamari bilan tutashuvchi yelka (oldingi O.da) yoki son (orqa O.da), bilak (oldingi O.da) yoki boldir (orqa O.da) va panja (oldingi O.da) yoki pay (orqa O.da). Evolyusiya jarayonida juft O. koʻp oʻzgarishlarga uchragan. Uchar kaltakesaklar, qushlar va koʻrshapalaklarda uchishning taraqqiy etishi tufayli oldingi O. kanotga, dengiz kaltakesaklari, kitsimonlar, kurakoyokli
sut emizuvchilarniki kurakka aylangan va h.k. Baʼzan hayvonlarning oldingi oyoklari kovlashga (krotda), ayrimlarini-ki ushlashga (maymunlarda) moslashgan. Funksional ahamiyati kamayishi sa-babli ayrim hollarda juft O. yoʻq boʻlib ketgan (mas, ilonbalikdarning qorin suzgich qanoti, kitsimonlar va sirenalarning orka oyoklari, oyoqsiz amfibiyalar hamda barcha ilonlarning ikkala juft oyoklari va h.k.). Odam da O. suyaklari va muskullari gavdani koʻtarib turishga va turli hamda murakkab harakatlarni bajarishga moslashgan. Shuning uchun oyoq relyefining qoʻlga nisbatan oʻziga xos boʻlishida oyoq suyaklari, muskullari aqamiyatga ega. O. dumba, son, boldir va oyoq kaftidan iborat. Dumba sohasining hajmi katta, boʻrtgan. Son hajmi oʻrta- sidan torayib borgan. Tizza qismi ol- dinga boʻrtgan, orqa sohasida tizza osti chuqurchasi joylashgan. Boldir soxasining orqa qismi muskul hisobiga boʻr-tib, pastga tomon asta kamayib boradi. Oyoq kafti koʻndalang joylashgan,
pastki yuzasi yey shaklida boʻlgani uchun harakat osonlashadi. Oyoq relyefi yosh, jins va odam krmatiga qarab turlicha boʻladi. Oyoq panjasi kaft oldi, kaft va barmoklardan tashkil topgan. Juda koʻp pishiq boylamlar va koʻplab muskullar paylari bilan yaxlitlashgan kaft oldi suyaklari yuqorida boʻrtib chiqqan gumbaz hosil qiladi. O. panjasi boylamlari va muskulining zaiflashishi O. panjasining yassilanishiga sabab boʻladi.
[1] 1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000- yil Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000- 2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Manbalar
Soʻnggi tahrir 1 yil avval IluvatarBot tomonidan amalga oshirildi Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. " https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php?title=Oyoq&oldid=2056788 "
boʻlsa). Download 58.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling