Oyoq venalarining varikoz kasalligi
Klapan yetishmovchiligi yoki irsiy nazariya
Download 346.74 Kb.
|
Varikoz kasalligi, PTFS. Yurakning tug‘ma va ortirilgan nuqsonlari. YUIKlarni xirurgik davolash
Klapan yetishmovchiligi yoki irsiy nazariya tarafdorlari esa ushbu kasallik venoz klapanlarning tug‘ma yo‘qligi yoki funksional jihatlaridan to‘liq rivojlanmaganligi (gipoplaziya) natijasida kelib chiqadi deb hisoblaydilar.
Neyroendokrin nazariya tarafdorlari uchun organizmda gormonal o‘zgarishlar natijasida vena devori tonusining o‘zgarishi (homiladorlik, menopauza, jinsiy balog‘at davri) muhim ahamiyatga egaligi asos qilib olingan. Lekin bu nazariya ham neyroendokrin o‘zgarishlar bo‘lmagan hollarda varikoz kasalligining rivojlanishini tushuntirib bera olmaydi. Qator tadqiqotchilar fikricha venalar varikoz kengayishi jarayonida arteriovenulyar anastomozlar yetakchi rol o‘ynaydi. (G.P.Alekseev 1971, V.P.Vasyutkov 1972). Normada u barcha odamlarda oddiy holatlarda yopiq, qon aylanishi jarayonida ishtirok etmaydi. Ammo ba’zi bir noqulay omillar ta’siri ostida kasb bilan bog‘liq ortostatik holatlarda, qon oqimining buzilishi, venalarning o‘smalar bilan siqilishi, homiladorlik va menopauzalarda, organizmdagi neyroendokrin o‘zgarishlar, infeksiya va zaharlanishlar, qabziyat va yo‘tallarda arteriovenulyar anastomozlar ochilib ketib funksional jihatdan faollashadilar va shuning natijasida oyoq venalariga ko‘tariluvchi bosim ostida qon tusha boshlaydi va venalar bo‘shlig‘i kengayadi, ikkilamchi klapan yetishmovchiligi rivojlanadi, varikoz tugunlar paydo bo‘ladi. Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib shuni xulosa qilib aytish mumkinki, venalarning varikoz kengayishining rivojlanishida bir vaqtning o‘zida bir necha omillar ishtirok etadi. Ularni shartli ravishda 2 guruhga bo‘lish mumkin: 1) moyil qiladigan omillar: venalarning tugʼma va orttirilgan o‘zgarishlari, faoliyat ko‘rsatmaydigan arteriolo-venulyar anatomozlar borligi, neyroendokrin buzilishlar, vena devori tonusining pasayishi. 2) keltirib chiqaradigan omillar: oyoq venalarida bosimning oshishi, qon oqishining reologik xossalarining buzilishi. Shunday qilib varikoz kasalligi patalogik jarayonning rivojlanishida asosiy rol venoz turg‘unlik bilan chambarchas bog‘liqdir, ya’ni venalar rivojlanishi anomaliyalarida, tugʼma klapan yetishmovchiliklarida bosim oshadi va ayrim hollarda arterial qon bosimidan yuqori bo‘ladi. Ushbu jarayon mobaynida venalar kengayishi va uzayishi natijasida tugunsimon va ilonsimon shaklga ega bo‘ladilar. Venoz gipertenziya natijasida venalar va kapillyarlardagi staz oqibatida qonning suyuq qismi teriga va teri osti qavatiga o‘tadi, tovon va boldir shishadi va ushbu suyuqlik oqsillarning oshib ketishi natijasida to‘qima fibroz elementlarining proliferatsiyasi kuchayadi va chandiqlar hosil bo‘lishi natijasida limfa yo‘li zararlanadi, to‘qimalarda metabolik almashinuv jarayoni keskin buziladi. O‘z navbatida terida gemosiderinning miqdori ko‘payishi natijasida qator trofik o‘zgarishlar ro‘y beradi. Dermatitlar, ekzemalar, piodermiya va yaralar hosil bo‘ladi, ayni vaqtda zararlangan vena qon tomirlaridan qon ketish holatlari, varikoz kengaygan venalar tromboflebiti (varikoflebit) yuzaga kelishi mumkin. Chuqur venalar va ularning klapanlarining zararlanishi natijasida retrograd qon oqimi yuzaga keladi va bu jarayon kelgusida oyoqlar distal qismlarida venoz bosimining oshishi natijasida kommunikant sistema klapan apparatining yetishmovchiligi rivojlanishiga olib keladi. Kommunikant venalardagi klapan yetishmovchilik esa o‘z navbatida venoz qonining chuqur venalardan yuzaki venalarga tashlanishiga olib keladi, buning natijasida yuzaki venoz yetishmovchiligi yuzaga keladi va bu holat shish, trofik o‘zgarish, yaralar bilan yaqqol ifodalanadi. Download 346.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling