Oyoq venalarining varikoz kasalligi


Aortal klapanda bajariladigan operatsiyalar


Download 346.74 Kb.
bet32/32
Sana28.10.2023
Hajmi346.74 Kb.
#1730398
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Varikoz kasalligi, PTFS. Yurakning tug‘ma va ortirilgan nuqsonlari. YUIKlarni xirurgik davolash

Aortal klapanda bajariladigan operatsiyalar

  • Aortal klapanni protezlash.

  • Aortal klapandagi plastik operatsiyalar.

Aortal klapanlar aortaning ko‘tariluvchi qismi aortotomiyasi yordamida ochiladi. Aortotomiyalar turli ko‘rinishda bo‘ladi: to‘g‘ri, ko‘ndalang, qiyshiq. Klinik amaliyotda eng ko‘p ko‘ndalang aortotomiya qo‘llaniladi. Buni qo‘lllaganda kesim chizig‘i nokoronar sinusdan yuqorida bo‘lishi lozim, chunki bu soha yupqa bo‘lib, uni tikish bir qancha qiyinchiliklarga olib keladi.
Aortal klapanni almashtirish uchun sharsimon, mexanik klapanlar, shuningidek, ksenoaortal bioprotez, ksenoperikardial yoki miyaning qattiq qobig‘idan tayyorlangan bioprotezdan foydalaniladi.
Aortal klapanda bajariladigan plastik operatsiyalar. Yakka aortal stenozda, agar tavaqalari kam o‘zgargan bo‘lsa ochiq arterial komissurotomiya bajariladi.
Tavaqalar cheti qalinlashganda – qalinlashgan endokardning yalpi rezeksiyasi bajariladi.
Ko‘p ifodalangan aortal yetishmovchilikni tavaqalar kaltalashishi natijasida ularning yopishmasligini korreksiyalash uchun Carpentier aortal klapanning sirkulyar annuloplastikasini taklif qilgan.
Mitral klapanda bajariladigan operatsiyalar

  • Mitral tavaqalarni protezlash.

  • Mitral klapandagi plastik operatsiyalar.

Mitral klapanga yetish uchun chap bo‘lmacha bo‘lmachalararo to‘siqning orqasidan ochiladi. Bu kesmani pastki kovak vena ostigacha cho‘zish mumkin. Ba’zida mitral klapanga o‘ng bo‘lmacha va bo‘lmachalararo to‘siq old darvozasi sohasidan o‘tiladi. Mitral klapanni almashtirish uchun sharsimon, diskli klapanlar, kseno aortal va kseno perikardial bioprotezlardan foydalaniladi.
Uch tavaqali klapanni protezlash operatsiyalari
Odatda uch tavaqali klapanda bajariladigan operatsiyalar ko‘p klapanlar nuqsoni bilan og‘rigan bemorlarda bajariladi va mitral va aortal klapanlari operatsiyalar yakunlangach boshlanadi.
Sun’iy qon aylanish boshlanishidan oldin o‘ng bo‘lmacha quloqchasi orqali barmoq bilan klapan taftish qilinadi. O‘ng bo‘lmacha devori uzunasiga kesilib, uch tavaqali klapan ochiladi. Bu yerga o‘tkazuvchi sistema yaqinligi uchun jarrohlik muolajalarini ehtiyotlik bilan bajarish lozim. Oxirgi vaqtlarda uch tavaqali klapanlar sharsimon klapanlar, glutaralsegid bilan ishlov berilgan ksenoaortal bioprotezlar, shuningdek yarimsferik klapan MKCh – 27 bilan almashtirilayapti. “Muqaddas Iuda” klapani juda yaxshi samara berdi.
Uch tavaqali klapanda 15 dan ortiq plastika usullari ishlab chiqilgan. Lekin shulardan faqat 3 tasi ko‘p qo‘llaniladi:

  • Key usulida va Veyt modifikatsiyasida “bikuspidalizatsiya”.

  • Amosov va De Vega usulida annuloplastika.

  • Karpante usulida halqali annuloplastika.

Download 346.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling