Oyoq venalarining varikoz kasalligi


Trikuspidal klapan stenozi


Download 346.74 Kb.
bet29/32
Sana28.10.2023
Hajmi346.74 Kb.
#1730398
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Varikoz kasalligi, PTFS. Yurakning tug‘ma va ortirilgan nuqsonlari. YUIKlarni xirurgik davolash

Trikuspidal klapan stenozi
Trikuspidal klapan stenozida o‘ng bo‘lmachadagi o‘rtacha bosim 10 – 20 mm.sim. ustunigacha ko‘tariladi. O‘rtacha bosim 10 mm.sim. ustunidan oshganda katta qon aylanish doirasida qonning dimlanishi rivojlanadi va periferik shish, assit, jigarning kattalashishi kuzatiladi. Qon aylanishi, kengaygan va gipertrofiyaga uchragan o‘ng bo‘lmacha yordamida kompensatsiyalanib turadi. Trikuspidal klapandagi regurgitatsiya ham o‘ng bo‘lmachani, ham o‘ng qorinchani kengayishiga sharoit yaratib beradi. Lekin o‘ng bo‘lmacha qisilgan teshikni uzoq vaqt kompensatsiyalab turolmaydi. Ko‘tarilgan bosim kovak venalarga uzatiladi, chunki ular orasida saqlovchi klapanlar yo‘q. Venalar va jigar venoz qon bilan to‘ladi va uning massiv ombori bo‘lib xizmat qiladi. Dekompensatsiya bosqichining boshlanishida jigar ko‘p kattalashmagan, lekin kasallik rivojlangan sari unda sirrotik o‘zgarishlar rivojlanadi, natijada qorin bo‘shlig‘i a’zolarida qonning dimlanishiga va assitga olib keladi.
O‘ng atrioventrikulyar teshik stenozi quyidagilarga bo‘linadi:

  1. keskin – 1,5 sm gacha;

  2. ifodalangan – 1,5 – 2,5 sm gacha;

  3. kam ifodalangan – 2,5 sm dan katta;

Klinikasi va diagnostikasi. Bemorlar yurakning chap tomoni klapanlaridagi nuqsonlar natijasida rivojlanadigan hansirash, yurakning tez urishiga, qon tupurishga shikoyat qiladilar. Uch tavaqali klapanga xos alohida alomatlar yo‘q.
Ko‘rik vaqtida bo‘rtib chiqqan (“arqon” ko‘rinishidagi) bo‘yinturuq venasi e’tiborni jalb qiladi. Bu trikuspidal klapan stenozining birinchi alomatlaridan biri hisoblanadi. Ammo bu patognomik alomat emas, chunki u “o‘ng yurak” yetishmovchiligi va perikarditda ham uchraydi. Bo‘yin venalari pulsatsiyasi ko‘zga tashlanadi. Trikuspidal klapan stenozida venalarning presistolik pulsatsiyasi, yetishmovchiligida esa sistolik pulsatsiyasi kuzatiladi. Bu o‘ng qorinchadan orqaga oqayotgan qonning oqimiga bog‘liqdir. 40 – 50 % bemorlarda jigar kattalashgan va uning sistolik pulsatsiyasi kuzatish mumkin. Trikuspidal klapanlarning organik nuqsonlaridagi katta qon aylanish doirasidagi dekompensatsiyani konservativ davolab bo‘lmaydi.
Auskultatsiyada: bu nuqsonlarda shovqinlar xanjarsimon o‘simta va to‘shning chap tomonida II-III qovurg‘a oralig‘ida eshitiladi. Klapanlar stenoziga nafas olganda kuchayadigan diastolik shovqin va klapanlarning ochilishidagi shitirlashi xarakterlidir. Yetishmovchilikda esa chuqur nafas olganda kuchayadigan sistolik shovqin eshitiladi.
Perkussiyada: yurakning nisbiy to‘mtoqlik chegaralari odatda o‘ngga kengaygan. Klapanlar yetishmovchiligida epigastiral sohasida gipertrofiyaga uchragan o‘ng qorinchaning ko‘chli qisqarishlari bilan isbotlanadigan kuchli pulsatsiya aniqlanadi.
EKGda: trikuspidal klapan stenozida o‘ng bo‘lmacha va keskin ifodalangan o‘ng qorincha gipertrofiyasi aniqlanadi. Klapanlar yetishmovchiligida esa – o‘ng qorincha gipertrofiyasi va zo‘riqishi yaxshi ifodalangan, shuningdek Giss tutami o‘ng oyoqchasining to‘liq bo‘lmagan qamali trikuspidal klapanlar patologiyasidan dalolat beradi.
FKGda: klapanlar stenozi III nuqtada I ohang amplitudasining kuchayishi, klapanlar ochilishi ohangining mavjudligi va nafas olganda kuchayadigan diastolik shovqin bilan namoyon bo‘ladi. Klapanlar yetishmovchiligida – nafas olganda kuchayadigan, butun sistolani egallaydigan lentasimon ko‘rinishdagi sistolik shovqin va amplitudasi pasaygan I ohang kuzatiladi.
Rentgenologik tekshirishda: ifodalangan stenozda o‘ng bo‘lmacha intensiv soya hosil qiladi hamda konturlari to‘mtoqlashgan holda o‘ng o‘pka maydoniga chiqib turadi. Ba’zida kengaygan yuqori kovak venaning soyasi aniqlanadi. Birinchi yon ko‘rinishda kattalashgan o‘ng bo‘lmacha bilan retrokardial sohaning pastki bo‘limi qisilgan yoki yoyilgan.



Download 346.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling