Oyoq venalarining varikoz kasalligi


Download 346.74 Kb.
bet23/32
Sana28.10.2023
Hajmi346.74 Kb.
#1730398
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32
Bog'liq
Varikoz kasalligi, PTFS. Yurakning tug‘ma va ortirilgan nuqsonlari. YUIKlarni xirurgik davolash

Kasallikning kechishi. Mitral klapan yetishmovchiligining kompensatsiya bosqichida ish qobiliyati uzoq vaqt saqlanib turadi. Ko‘p ifodalangan mitral yetishmovchilik juda tez qon aylanishining og‘ir yetishmovchiligiga va bemorlar o‘limiga olib keladi. Xordaning uzilishi yoki so‘rg‘ichsimon mushaklar disfunksiyasi natijasida o‘tkir rivojlangan mitral klapan yetishmovchiligi bir necha soat yoki kun orasida bemorlarning o‘limiga olib keladi. Konservativ davolash yaxshi natija bermaydi.
Mitral yetishmovchilik kechishiga ko‘ra bir necha bosqichga bo‘linadi. Hozirgi kunda mitral stenozda jarrohlik taktikasini tanlashda Ukraina VI kardiologlar Kongressida (Kiev, 2000) qabul qilingan tasnifdan foydalaniladi:
I bosqich – kompensatsiya bosqichi. Chap atrioventrikulyar teshik orqali qonning kam miqdorda regurgitatsiya bo‘lishi xos bo‘lib, gemodinamik buzilishlar amaliy jihatdan mavjud emas. Klinikasida yurak cho‘qqisida bir oz sistolik shovqin va sezilarsiz darajada chap bo‘lmacha kattalalashuvi kuzatiladi. Jarrohlik amaliyotiga ko‘rsatma yo‘q.
II bosqich – subkompensatsiya bochqichi. Qonning qayta oqishi oqibatida chap bo‘lmacha kattalashadi. Gemodinamikaning buzilishi chap bo‘lmacha dilatatsiyasi va chap chorincha gipertrofiyasiga olib keladi. Bemorning jismoniy faoliyati bir oz pasaygan bo‘lib, hansirash faqat jismoniy zo‘riqish paytida paydo bo‘ladi. Yurak cho‘qqisida o‘rta intensivlikdagi sistolik shovqinlar aniqlanadi. EKGda yurak o‘qi chapda, ayrim hollarda yurak chap qismlarining zo‘riqishi aniqlanadi. Jarrohlik amaliyotiga ko‘rsatma yo‘q.
III bosqich – o‘ng qorincha dekompensatsiyasi bosqichi. Chap bo‘lmachada qon regurgitatsiyasi sezilarli darajada bo‘ladi. Chap qorincha gipertrofiyasi uning dilatatsiyasiga olib keladi. Terapevtik davolash yurak faoliyatini vaqtincha yaxshilaydi. Jismoniy zo‘riqishda hansirash paydo bo‘ladi, lekin u mitral stenozdagi hansirashga nisbatan kamroq seziladi. Yurak cho‘qqisida ko‘pol sistolik shovqin aniqlanadi. Yurak sohasida ko‘krak qafasining yurak pulsatsiyaga mos tebranishi ko‘rinib turadi. EKGda chap qorincha gipertrofiyasi. EXoKGda mitral klapanda qon regurgitatsiyasi ikkita plyusdan (++ dan) ko‘p. Bu bosqich jarrohlik amaliyoti uchun ko‘rsatma hisoblanadi.
IV bosqich – distrofik o‘zgarishlar bosqichi. Bu bosqichga o‘ng qorincha yetishmovchiligi xarakterli. Ko‘rik paytida kuchaygan yurak turtkisi va bo‘yin vena tomirlarining pulsatsiyasi ko‘rinadi. Auskultatsiya paytida qo‘pol sistolik shovqinlardan tashqari, turli xildagi shovqinlar eshitiladi. EKGda chap qorincha yoki ikki tomon qorinchalar gipertrofiyasi belgilari aniqlanadi. Rentgenologik tekshiruvda yurakning kattalashgani va kichik qon aylanish doirasida dimlanish aniqlanadi. Buyrak va jigar faoliyatining buzilishi kuzatiladi. Bu bosqich jarrohlik amaliyoti uchun ko‘rsatma hisoblanadi.
V bosqich – terminal bosqich. V.X.Vasilenko va N.D. Strajesko bo‘yicha surunkali qon aylanish yetishmovchiligining III bosqichi klinikasi bilan birga kechadi. Qon aylanishning distrofik bosqichida og‘ir qaytarib bo‘lmaydigan ichki organlar (buyrak va jigar)da o‘zgarishlar, assit rivojlanadi. Bu bosqichda jarrohlik amaliyotini bajarish mumkin emas.

Download 346.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling