Oyoqlardagi surunkali venoz yetishmovchiligi sindromi


O’tkir arterial yetishmovchiliklar


Download 32.35 Kb.
bet2/4
Sana28.03.2023
Hajmi32.35 Kb.
#1302891
1   2   3   4
Bog'liq
tromboz (Автосохраненный)

O’tkir arterial yetishmovchiliklar.
Birdaniga paydo bo’lgan arterial qon oqishining to’xtashi natijasida yuzaga chiqqan o’tkir arterial yetishmovchiliklarda − gangrena tez rivojlanadi. Arterial qonning to’xtab qolishi ko’pincha travma natijasida − arteriyalarning yirtilishi, jgut bilan qisilishi, operatsiya paytida ularni bog’lab qo’yish, tromb, emboliya sababli tomirlarning bekilib qolishi, ayrim holatlarda havo emboliyasi, yog’ parchasi bilan ham yopilib qolishi mumkin.
Emboliya yuzaga chiqqanda ham oyoq va qo’llarda ishemiya holati paydo bo’ladi. Klinik belgilarining paydo bo’lishida tomirlarning kalibriga, bekilgan sathiga, kollateral qon aylanishiga va bekilgan vaqtiga bog’liq bo’ladi. Agar katta kalibrli tomirlarida emboliya paydo boʻlganda − o’tkir ishemiya klinikasi yuzaga chiqadi va u quyidagi faktorlarga bog’liq:

  1. Magistral tomirning bekilib qolishi va uning yuqori qismida tomirning cho’zilishi;

  2. Hamma arterial tizimda spazmning (reflektor) paydo bo’lishi (qo’l va oyoqlarda), uning shaxobchalarida, kollaterallarda bekilgan joydan pastda.

  3. Bekilgan joydan pastda tromb hosil bo’lishining davom etishi (qon oqishining susayishi va qonning ivishiga qarshi tizimdagi o’zgarishlar sababli).

Emboliyaning aniq sathini aniqlash uchun maxsus klinik tekshiruvlar o’tkaziladi: teri termometriyasi, ossilografiya, reografiya, angiografiya.
Magistral tomirlarda tromboemboliyaning klinik oqimi bo’yicha 3ta bosqichga bo’ladilar: (Savelyev V.C)

  1. Ishemiyaning I bosqichi− funksional buzilish bosqichi. Bu bir necha soat davom etib, qo’l va oyoqlarda juda qattiq og’riq bilan boshlanadi. Teri qoplamasi oqaradi, umumiy ko’rilganda sovuq. Periferik tomirlarda puls aniqlanmaydi. Og’riqli va taktil sezgilari saqlanadi, faol harakat bo’g’inlarda saqlanadi. Kasallikning bu bosqichida qon aylanish to’la tiklanishi mumkin.

  2. Bu chegaralangan o’zgarishlar bosqichi. Og’riq va taktil sezgilari yo’qoladi, bo’g’inlardagi faol va passiv harakatlari juda chegaralangan, mushaklarda kontraktura boshlanadi. Terisi ko’kargan. Bu bosqichning davomiyligi 12-24 soat. Tomirlar o’tkazuvchanligi tiklangandn keyin qo’l va oyoqlarni saqlab qolish mumkin, ammo to’la o’z funksiyasini yo’qotadi yoki chegaralangan bo’lib qoladi.

  3. Nekrotik bosqich bo’lib, gangrena rivojlanadi. Emboliyadan 24-48 soatdan keyin boshlanadi. Bu bosqichda qo’l va oyoqlar to’la hamma sezgilarini yo’qotadi va ehtimol harakat ham yo’qoladi. Magistral tomirlar o’tkazuvchanligi tiklanganda ham, qo’l va oyoqlarda rivojlanayotgan gangrenani to’xtatib bo’lmaydi. Ayrim holatlarda demarkatsiya sathi pasayadi va amputatsiya yo’li bilan ham pasayadi.

Qo’l va oyoqlarda ishemiya bosqichlarini aniqlash uni davolash usullarini tanlashga yordam beradi. I va II bosqichlarida arteriyalardagi qonning o’rnini radikal holda tiklash zarur. III bosqichida – ya’ni nekrotik bosqichida davolash befoyda. Ammo bemor hayotini saqlab qolish uchun vena amputatsiya qilinishi kerak.

Download 32.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling