O’z – o’zini anglashning psixologik xususiyatatlari


Falsafaning asosiy funktsiyalari


Download 91 Kb.
bet2/3
Sana21.04.2023
Hajmi91 Kb.
#1375303
1   2   3
Bog'liq
Falsafiy dunyoqarashning o’z-o’zini anglashdagi roli

Falsafaning asosiy funktsiyalari

Falsafaning jamiyat hayotidagi roli yuqorida aytilganlar bilan cheklanmaydi. Uning asosiy roli falsafaning jamiyatda bajaradigan asosiy funktsiyalarida yanada yaqqol-roq namoyon bo’ladi. Uning bunday asosiy funktsiyalari qo’yidagilar:
1) dunyoqarash funktsiyasi;
2) metodologik funktsiyasi;
3) gnoseologik funktsiyasi;
4) ijtimoiy funktsiyasi;
5) aksiologik funktsiyasi.
Falsafa dunyoni bir butun holda olib, unda insonning dunyoga munosabati haqidagi barcha bilimlarni nazariy jihatdan umumlashtirib, o’zlashtirish asosida bizni bir butun dunyo: borliq, materiya, tabiat, jamiyat, inson, inson ongi va tafakkuri, insonning dunyoni bilishi to’g’risidagi eng umumiy qarashlari bilan qurollantiradi. Bu falsafaning dunyoqarash funktsiyasidir. Dunyoqarash funktsiyasi falsafaning, falsafiy bilimlarning asosiy xususiyatidir.
Falsafaning dunyoqarash funktsiyasi uning boshqa funk-tsiyalari bilan chambarchas bog’liqdir. Buni biz qo’yida uning metodologik funktsiyasini yoritishda yaqqol ko’ramiz.
Falsafaning metodologik funktsiyasi. Falsafa o’z tadqiqot predmeti sifatida borliq, materiya, tabiat, jamiyat, inson, insonning dunyoni bilishidagi eng umumiy qonunlarini o’rganadi. U bunda inson tafakkuri va bi-lishiga oid eng umumiy tushunchalar, kategoriyalar sistemasi bilan ish ko’radi. Bu kategoriyalar ichida eng muhim o’rin-larni borliq, materiya, ong, tafakkur, predmet, hodisa, protsess, xossa, munosabat, o’zgarish, rivojlanish, sabab va oqibat, tasodif va zaruriyat, qism va butun, element va struktura kabilar tashkil qiladi. Falsafaning bu kategoriyalari dunyodagi, tabiat va jamiyatdagi predmet va hodi-salarning eng umumiy tomo-nlarini, bog’lanish va aloqadorliklarini in‘ikos ettiradi. Falsafa, shu bilan birga, tafakkurning va inson bilishining eng umumiy universal printsiplarini ham ishlab chiqadi. Falsafa o’zining bu kategoriyalar sistemasi va universal printsiplarini dunyoni bir butun holda olib, uning eng umumiy qonuniyatlarini o’rganish asosida hosil qiladi. Uning bu kategoriyalari, printsiplari va qonunlari insoniyat bilimlari sistema-sining hamma sohalariga, ularning butun mazmuniga singib ketgan bo’ladi. Borliqning turli konkret tomonlarini o’rganuvchi alohida xususiy aniq fanlar o’zlari erishgan yutuqlarni umumlashtirishda ulardan umumiy xulosalar chiqarishda falsafiy kategoriyalar va printsiplardan foydalanishga muhtoj bo’la-dilar. Aniq fanlar o’z tadqiqotlarida falsafasiz, uning printsiplari, qonunlari va ka-tegoriya-larisiz hech bir ish qilolmaydilar. Bunday hollarda barcha aniq alohida fanlar uchun falsafa metodologik rol o’ynaydi. Umuman, aniq fanlar taraqqiyotida falsafaning roli katta. Ba‘zan shunday bo’ladiki, aniq fanlar o’z rivojlanish jara-yonida murakkab muammolarga duch keladilar, bunda ular murakkab muammoni tug’dirgan metodologik qiyinchi-liklarni o’zlari hal qila olmaydilar. Bunday paytlarda ham ularga falsafa yordamga keladi. Bu o’rinda ham falsafaning metodologik funktsiyasi namoyon bo’ladi.
Falsafaning bundan tashqari gnoseologik funktsiyasi ham bor. Falsafa inson-ning dunyoni bilish muammosini o’rganar ekan, u o’zining dunyoni bilishning umumiy metodlarini ishlab chiqib, inson bilishining bir butun umumiy nazariyasini ham yaratadi, shu asosda falsafa inson bilish faoliyatining paydo bo’lishi, uning rivojlanish tendentsiyalari va eng umumiy qonun-larini ochib beradi. U bunda inson bilishining haqiqatga borish yo’llarini ham, hosil qilingan bilimlarning haqi-qatligini tekshiruvchi usullarni ham tadqiq etadi.
Falsafa insonning dunyoni bilishining eng umumiy qonunlarini ishlab chiqish bilan cheklanmay, inson oldiga uni o’zgartirish masalasini ham qo’ydi. U dunyoni bilish asosida uni o’zgartirishda insonning faol faoliyatiga asosiy e‘tiborni qaratadi. Falsafa bunda bilishning eng umumiy qonunlari bilan kishilar tafakkurini qurollantirib, ularga ob‘ektiv protsesslarning o’zgaruvchan, rivojlanuvchi, qarama-qarshi va ziddiyatli mazmunini hisobga olgan holda dialektik fikr yuritishni o’rgatadi. Bunday fikr yuritish malakasini hosil qilish inson tafakkuri madaniya-tining ravnaqi uchun uning juda ko’p turli-tuman amaliy va nazariy masalalarini hal qilishda katta rol o’ynaydi. Bunday hollarning barchasida falsafaning gnoseologik funktsiyasi namoyon bo’ladi.
Umuman, falsafa alohida fanlar uchun, ularning tabiat va jamiyatning, borliq va ongning konkret tomonlarini o’rgani-shida, tadqiq qilishida eng umumiy metod rolini o’ynaydi.
Falsafaning funktsiyalaridan yana biri ijtimoiy-aksiologik funktsiyasidir. Falfasa turli ijtimoiy qad-riyatlar haqidagi tasavvurlarni shakllantirish bilan chekla-nib qolmasdan, voqelikni talqin va tahlil, ta‘rif va tan-qid etadi. Shu jumladan ijtimoiy ideal haqidagi tasavvurlarni vujudga keltirish ham falsafa zimmasidadir.
Ijtimoiy idealni shakllantrish bilan bog’liq muam-molar falsafa bilan siyosiy tuzum o’rtasidagi o’zaro muno-sabatlar xarakteriga borib taqaladi. Bir qarashda falsafa barcha zamonlarda ijtimoiy ideal, siyosiy tuzum, hokimiyat haqidagi mulohazalarni yaratganu, davlat, siyosiy tuzum ularni ruyobga chiqarishga intilgandek tuyuladi.
Biroq falsafiy ta‘limot siyosiy hokimiyatning hatti-harakatlar, oqibatlari uchun javobgar bo’la olmaydi. Axir, falsafadan siyosatga eltuvchi yo’llar turfa xil, ya‘ni bir falsafiy bilimdan turlicha xulosalar chiqarish mumkin. Chunonchi, «davlat tartibga asoslanishi kerak, mamlakatda tartib bo’lmog’i zarur»,-degan fikr asosida qonun ustuvor-ligini ta‘minlash ham, Stalin va Pinochet kabi minglab kishilarni o’limga hukm qilishi ham mumkin.
Falsafa ijtimoiy idealni shakllantirish bilan birga voqelikni tahlil va tanqid ham qiladi, ya‘ni faylasuf ijtimoiy ideal bilan voqelik o’rtasidagi tafovutni aniq-lashga intiladi. Tanqid sub‘ektning noroziligini ifodalaydi. Norozilikni esa turlicha ifodalash mumkin. Ba‘zi hollarda voqelikni tahlil qilishdan voz kechish, «sukut saqlash» ham norozilik ifodasi bo’ladi.
Falsafaning funktsiyalari orasida madaniy-tarbiyaviy funktsiyasining o’rni ham beqiyosdir. Falsafa madaniyatli shaxsni shakllantirishda hal qiluvchi omil vazifasini o’taydi. Madaniyatli shaxsning eng asosiy fazilatlaridan biri-aqliy zukkolikdir. Aqliy zukkolik-shaxsning tabiat va jamiyatda sodir bo’layotgan turli hodisa va voqealarni, jarayonlar kuzatish, uning mohiyatini ilg’ab olish, sabab-larini tushunish, oqibatlarini oldindan ko’ra bilish, bun-dan to’g’ri xulosa chiqarish qobiliyatining, shuningdek fahm-farosati, zehni, ziyrakligining rivojlanganligi holatini ifodalovchi kategoriyadir. Uning asosiy komponentlarini bilimlar, tafakkur yuritish qobiliyati, aql mustaqilligi, ijodkorlik tashkil etadi. Ushbu komponentlarning barchasi yuksak darajada shakllangandagina fikrlash madaniyati yuksaladi. Shaxsning voqea va hodisalardagi ziddiyatlarni aniqlash va ularni bartaraf etish qobiliyati esa fikrlash madaniyatining mezoni hisoblanadi.
Falsafa informatsiyalar to’plash funktsiyasini ham bajaradi. Uning asosiy vazifalaridan biri-hozirgi zamon fani, tarixiy amaliyot hamda bugungi inson intellektual salohiyati talablariga javob bera oladigan dunyoqarashni shakl-lantirishdan iborat. Buning uchun esa ob‘ektni to’g’ri aks ettirish, uning kom-ponentlari va elementlari, ularning o’zaro aloqadorligi haqida ishonchli ma‘lu-motlar olish maqsadida turli informatsiyalar yig’ish, tahlil etish, qayta ishlash va sistemalashtirish bilan shug’ullanadi. Bu informatsiyalar turli falsafiy katego-riyalarda o’z ifodasini topadi.
O’z – o’zini anglashning psixologik xususiyatatlari
Ijtimoiy psixologiya fanida o’z – o’zini anglash, ahloqiy o’z – o’zini anglash ijtimoiy ruhiy hodisa, jarayon sifatida alohida ilmiy nuqtai nazardan to’liq o’rganilmaganligi tufayli uni tahlil qilish ahloq, milliy xarakter, milliy ma’naviyat va qadriyat kategoriyalari bilan bevosita bog’liq ravishda amalga oshirilmoqda. Ushbu kategoriyalarni o’ziga xos tarzda yoritish psixologiya fanining asosiy tushunchasi hisoblanmish shaxsn yaqqol anglash, uning guruh (jamoa)dagi roli, shaxslararo munosabatdagi ahamiyatini o’rganish imkoniyatini yaratadi.
XX va XXI asr psixologiya fanida ushbu masalaning ijtimoiy – psixologik tabiatini tushuntirishda ikki xil qarash va yondashuv vujudga kelgan bo’lib, ular o’zaro bir – biridan keskin darajada tavofutlanib t uradi. Birinchi yondashuv talqinicha o’z – o’zini anglash – bu o’z yo’nalishini o’zgartirgan ongning aynan o’zidir.
Mazkur talqin rus psixologiyasida keng tarqalgan bo’lib, L.S. Vigotskiy, A.N. Leontev, V.V. Stolin va ularning shogirdlari tomonidan tadqiq qilib kelinadi.
Ikkinchi yondashuv mohiyati S.L. Rubinshteynning Ilmiy ishlarida o’z aksini topgan.
Birinchi yondashuvning namoyondalari talqinida o’z – o’zini anglash:
L.S. Vigotskiyning shaxsiy fikricha, o’z – o’zini anglash turli xil ma’nolar orasida birlikni (umumiylikni) vujudga keltiruvchi jarayon sifatida va o’zlashtirilgan ong tariqasida namoyon bo’ladi.
A.N. Leontev talqiniga qaraganda, individual ongdagi mohiyat bilan mazmun o’rtasidagi ziddiyat o’zini – o’zi anglashning sababchisidir.
V.V. Stolinning ta’kidlashicha, o’zini – o’zi anglashning asosida “Men”likning mazmuni va mohiyati o’rtasidagi ziddiyat yotadi.
Ikkinchi yo’nalish asoschisi S.L. Rubinshteyn tadqiqotlariga asoslanib, biz o’z – o’zini anglash muammosini tadqiq etishga e’tibor qaratamiz, eng avvalo, uning subyektiga, ya’ni shaxs (individ)ga qaratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Boshqacha so’z bilan aytganda, o’z – o’zini anglashni shakllantirishning manbai ong va undagi ziddiyat bo’lmasdan, balki insonning ijtimoiy muhitda tarkib topishi hamda rivojlanishi sanaladi. Ruhiy faoliyatning maxsus holdagi (vaziyatdagi) obyektiv shart – sharoitlari sifatida odamlarning hayoti, umumiy yashash sharoiti yotadi, — deb yozadi S.L. Rubinshteyn.
Insonning o’z – o’zini anglash jarayonidagi subyektligi bilan amalga oshirishga mo’ljallangan aloqasining shakllanishi va oqibat natijada yuzaga keladigan yangi sifatiy holat undagi oldingi ichki ziddiyatlardan tamoman forig’ ekanligini bildiradi. O’z – o’zini anglashni uning subyekti bilan bir davrda o’rganish bizningcha, ruhiyat bilan ijtimoiylik o’rtasidagi munosabat muammosini hal qilishda zarur, muhim imkoniyat, qulay shart – sharoit yaratib beradi.
Demak, bu ilmiy yondashuvda o’z – o’zini anglashning uzliksiz ruhiy jarayon sifatida funksiyalashuvi insonning boshqa odamlar to’g’risidagi tasavvurlari va ularning unga nisbatan munosabatlari o’rtasidagi ziddiyat bilan belgilanadi. Odatda inson o’zi haqida fikr yuritar ekan, albatta, u o’zining boshqa odamlar bilan kechadigan o’zaro munosabatlari natijasini tahlil qiladi va ularning samarali ekanligiga asoslanib o’z “Men”ligini yaratadi.
S.L. Rubinshteyn va K. A. Abulxanova – Slavskayalar o’z – o’zini anglashning ichki mohiyati ikki negiz (asos) bilan tavsiflanishini ta’kidlaydilar. Negizning birinchisi – insonning atrof – muhit va shaxslararo munosabatlarining mazmunidan iboratdir. Uning ikkinchisi esa ana shu munosabatlar to’g’risida uni fikr yuritish imkoniyatining ifodasidir. Shulardan birinchisi ijtimoiy, ya’ni obyektiv xususiyatiga ega bo’lsa, uning ikkinchisi subyektiv, binobarin, insonning psixofiziologik va ruhiy xususiyatlariga bog’liqdir. Har ikkala asosning o’zaro bir – biri bilan mos kelishi yoki mos kelmasligi o’zlik, “Men”lik to’g’risidagi aniq, haqqoniy tasavvurlarni vujudga keltiradi. Mualliflarning mulohazasicha, ijtimoiylik insonning ongiga va ruhiyatiga kirib boradi, ongning, o’zini – o’zi anglashning hamda idora qilishning manbai bo’lib qoladi. Oxir oqibatda insonning ijtimoiylashuvi deyilganda – bu yondashuv uni ongining ijtimoiylashuvini nazarda tutadi va ana shu tariqa o’z – o’zini anglashning ijtimoiylashuvdagi o’rni hamda uning roli huddi shunday tushuntiriladi. Mazkur yondashuvga binoan, o’z – o’zini anglash jarayonida ruhiyat va ijtimoiylashuv o’rtasida muttasil ravishda o’zaro munosabatlar vujudga keladi. Munosabatlarning o’zaro mazmuni yuzaga keladi.
Bizningcha, insonda o’z – o’zini anglashning subyektliligi bosqichidayoq ijtimoiylik aks etadi. Shuning uchun ruhiyat bilan ijtimoiylik o’rtasidagi masalalarni maxsus muammo sifatida ajratish, talqin qilish g’ayritabiiylikdir.
Shaxs o’z – o’zini anglaganligi tufayli emas, balki o’zida o’z – o’zini anglashga nisbatan ichki extiyoj, turtki, motiv kabilar mavjudligi uchun ham u insondir. Ijtimoiylik huddi shu tariqa insonda o’z – o’zini anglashga nisbatan zarur talab va extiyojni o’zida ifodalaydi. Holbuki, shunday ekan, inson tomonidan o’zining ijtimoiylik, ya’ni insoniylik mohiyati va darajasida anglash psixologik nuqtai nazardan ana shu muhtojliklar, qiziqishlar, intilishlar mohiyatining anglashi hamda shu asnoda o’zining hayoti, faoliyati yuzasidan shaxsiy maqsadini yaratish jarayonidir.
Yuqoridagi fikr – mulohazalardan kelib chiqqan holda ahloqiy o’z – o’zini anglashga biz ikki xil ta’rif berishimiz mumkin:
A) O’z – o’zini u yoki bu ahloqiy ma’naviy me’yor va qoidalarga asoslangan holda anglash deb ta’riflansa;
B) Bizningcha, ahloqiy o’z – o’zini anglash bu o’z – o’zini inson sifatida tasdiqlash va ana shu tariqa o’zligida insoniylikni shakllantirishga nisbatan intilishdir. Agarda shaxs o’z – o’zini inson sifatida e’tirof etmas ekan, unda insoniylik fazilatlari vujudga kelishi mumkin emas. O’z – o’zini anglash esa inson uchun ana shu e’tirofni amalga oshiruvchi muhim vosita sifatida namoyon bo’lish jarayoni yoki holatidir.

6. Falsafaning ilmiyligi muammosi


Biz tanishib chiqayotgan masalaradan yana biri-bu falsafiy dunyoqarashning ilmiyligi muammosidir. Bu muammo falsafaning fan bilan munosabatini o’z ichiga oladi. Falsafaning fanga munosabati, uning konkret fanlar bilan bog’liqligi bu yangi masala emas. Falsafa fan bilan egizak, ular bir paytda birga dunyoga kelgan. Dastlab paydo bo’lgan falsafa dunyo to’g’risidagi inson bilimlarining jamlan-masidan iborat bo’lib, u o’z ichiga falsafiy qarash-lar birga birga, aniq fan soha-lariga oid dastlabki bilim-larni ham olgan. Shu tufayli falsafa o’z o’rinda fanning vazifasini ham bajargan. Jamiyat ishlab chiqarishi va kishilar amaliy faoliyatining rivojlanib borishi bilan falsafa ham rivojlanib borgan. Natijada falsafadan asta-sekin bir qator fanlar ajralib chiqa boradi. Falsafa tarkibida vujudga kelgan va undan keyinchalik ajralib chiqqan mustaqil fanlar va falsafaning inson bilishidagi imkoniyatlarini taqqoslab ko’rsak, falsafa bilan fan butun bilish tarixida cham-barchas bog’liq va aloqadorlikda bo’lgani-ning guvohi bo’lamiz.
Falsafiy dunyoqarashning ilmiylik muammosi antik davr falsafasidayoq boshlangan edi. Bu narsa falsafaning o’ziga xos tub muammolarini aniqlashga borib taqaladi.
Falsafa tarixida falsafaning o’ziga xos tub muammo-larini birinchi bo’lib aniqlashga kirishgan mutafakkir Aristoteldir. Borliqning alohida konkret soha-lariga oid bilimlardan farqli ravishda, u falsafani tub ma‘nodagi bor-liqning umu-miy boshlang’ich sabablari va printsiplari to’g’risidagi ta‘limot, deb ta‘riflaydi. Uningcha, borliqni bilishda falsafaning nazariy qudrati xususiy konkret bilimlar imkoniyatiga nisbatan o’lchab bo’lmas darajada buyukdir. Aristotel falsafani «fanlar malikasi» deb boshqa bilim sohalarini uning kanizaklari sifatida unga xizmat qiladi, ular falsafaga qarshi bir so’z ham ayta olmaydi, deydi. Falsafa va xususiy bilimlar o’rtasidagi munosabatga bunday qarash ko’p asrlar davomida fayla-suflar ongida saqlanib qoladi. Hatto Gegel kabi buyuk faylasuf ham Aristotel traditsiyasi yo’lidan borib, falsafani «fanlar qirolichasi» yoki «fanlar fani» deb ataydi. Bunday qarashning aks-sadosini hatto hozirgi kun-larda ham eshitish mumkin.
XIX asrga kelib alohida fanlar taraqqiyotining yangi boqichi boshlanadi, ular yanada gurkirab rivojlana boshlaydi. Bu yangi bosqich boshlangan bir sharoitda alohida fanlarning buyukligi, falsafaning esa hech bir qimmati yo’qligi, falsafa o’z qimmatini yo’qotib borayotganligi haqida har xil qarama-qarshi fikrlar paydo bo’la boshlaydi. Bu davrga kelib, keng tarqalgan pozitivizm oqimi vakillari aniq fanlar hech qanday falsafaga muhtoj emas, har bir aniq fan o’z-o’ziga falsafa, deyishadi. Ular bu bilan falsafaning bilish imkoniyatlarini, uning ilmiy-ligini shubha ostiga ola boshlaydi. Pozitivistlar falsafa haqiqiy fan emas, deb e‘lon qiladilar. Ular alohida fanlar to’liq rivojlangan yetuk bosqichda falsafaning dunyoni bilishga imtiyozli da‘vogarligi yo’qoladi, falsafa fan bo’lmay qoladi, deyishadi. Bu noto’g’ri edi. Potivizmning bu noto’g’ri qarashini o’z vaqtida tushunib yetmagan ko’pchilik tabiatshu-noslar uning ta‘siriga berilib biz har qanday falsafdan voz kechamiz deb chiqadilar. Biroq haqiqatda esa falsafadan voz kechish mumkin emas edi. Chunki aniq fanlarning vazifalari dunyo hodisalarini oddiy, shundaygina tasvirlash va izohlashdan iborat bo’lmay, balki ularning sabab-larini ochib mohiyatini tushuntirib berishi ham lozim edi. Buning uchun bu aniq fanlar nazariy tafakkurga muhtoj bo’lar va nazariy tafakkursiz hech ish qilolmas edi. Nazariy tafakkur esa ilmiy tushunchalardan, falsafiy kategoriyalardan iborat bo’lib, u ijtioiy-tarixiy amaliyot erishgan yutuqlar, falsafa va aniq bilimlarning tarixiy taraqqiyot natijasida, falsafa va aniq fanlar tarixini o’rganish asosida hosil bo’ladi. Nazariy tafak-kurni esa faqat falsafagina bera oladi.
Xullas, falsafa aniq fanlar kabi ilmiydir. U fan bilan birga vujudga kelib, fan bilan birga rivojlangan. Falsafa ilmiylikning barcha mezonlariga javob beradi, ya‘ni uning o’z ob‘ekti va predmeti bor, u jamiyatda aniq funktsiyalarni bajaradi, uning bilimlari asoslangan, ob‘ektiv va sistemalidir. Shuning bilan bir qatorda bu-yuk faylasuf Aristotel falsafa «fanlar malikasi» va nemis mutafakkiri Gegel aytganidek falsafa «fanlar qiroli-chasi», «fanlar fani» deganidek falsafa bugungi kunda kelib ham fanlarning metodologik asosi vazifasini ham o’taydi.

Download 91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling