O`z fanining fidoiysi -2020


Download 1.14 Mb.
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi1.14 Mb.
#231068
1   2   3
Bog'liq
darssss

I.Tashkiliy qism.

II.O’tgan mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilimini test topshiriqlari yordamida aniqlash.

Ш.O’tgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash uchun topshiriqlar.

IV.O’quvchilarni dars mavzusi,maqsadi, borishi bilan tanishtirish.

V.Yangi mavzuni o’rganish bo’yicha o’qituvchining axboroti.

Reja:

1.Morfologik moslanishlar.

2.Maskirovka.

3. Ekologik moslanishlar qanday .

4. O`simliklar olamidagi moslanishlarning ahamiyati.

Moslanish –bu organizimlarning ichki va tashqi tuzilishi,organlar funksiyasi,xulq atvori va hayot tarzining muayyan yashash muhiti sharoitiga mos kelishidir. Barcha tirik organizmda mavjud bo`lgan o`ziga xos moslanish belgilari ularning o`zi yashab turgan muhitda yashab qolishi,yashash uchun kurashda g`olib chiqishi,normal qoldirib o`z belgilarini kelgusi avlodlariga uzatishlari uchun imkon tug`diradi.Moslanish organizimlarning yashovchanligi,raqobatchanligi va normal nasl qoldirishi bilan uzviy aloqadordir.Yashovchanlik deganda organizimlarning o`zi tarqalgan muhitda genotipini keskin o`zgartirmagan hollatda normal yashashi tushuniladi.



Tashqi muhit ta`siri natijasi organizimlar tana tuzilishini shu muhitga mos xususiyatlar paydo bo`ladi.Masalan, qushlarda tana shakli havo muhitida, baliqlarning tana shakli suv muhitida yashashga yordam beradi.Hayvonlardagi marfologik moslanishlarga himoya rangi, maskirovka,mimikriya, ogohlantiruvchi rang, chalg`ituvchi misol bo`ladi.Ko`pchilik hollarda hayvonlarning tashqi rangi o`zi yashayotgan muhit rangiga mos bo`lgani uchun ko`zga kam tashlanadi.

Ayrim hollarda hayvonning tana shakli va rangi atrofidagi barg novda, kurtak, o`simliklarga o`xshash bo`ladi.Chunonchi, chipchikdegan hashorat rangi va shakli indigina novdani, ninabaliq suvo`tlarini,dengiz paxmoq otchasi deb ataluvchi baliq suv o`simliklarini eslatadi.



Bu moslanish turi hayvonlarning xatti –harakatlarida namoyon bo`ladi.O`ziga xos harakatlar orqali hayvonlar dushmanlaridan himoyalanadi,ozuqa topadi va zaxiralaydi, yil mavsumlariga moslashadi,juft tanlaydi va ko`payadi,naslini himoya qiladi.Hayvonlar dushmandan saqlanish uchun yashirinadi yoki qo`rqituvchi xatti –harakatlarni amalga oshiradi.Hayvonlar singari o`simliklarda ham tashqi muhit omillariga nisbatan bir qancha moslanishlar mavjud.Masalan, nam tanqisligiga o`simliklar turlicha moslashgan bo`ladi.



O`simliklarda chetdan va hashoratlar yordamida changlanish bilan aloqador bo`lgan bir qancha moslanishlar bor. Hashoratlar orqali changlanadigan o`simliklarning gultojibariglari yirikligi, rangining xilma-xilligi, xushbo`y hid tarqatishi,nectar ajratishi bilan hashoratlarni o`ziga jalb qiladi.Shamol yordamida tarqaladigan qayin, qayrog`och,aylant, zarang meva urug`larida qanotsimon o`simtalar,g`o`zachigitida tuklar bo`ladi. Ittikank,sariqchoy,qariqiz,qo`ytikan mevalarida ilgak,tuklar bo`lib,ular hayvonlarning juniga, qushlarning patiga,odamlarning kiyimiga yopishishi orqali uzoq masofalarga tarqaladi.






Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling