Oz komplektli maktablarda matematika o‘qitish xususiyatlari. Oz komplektli maktablarda matematika o‘qitishni tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. Reja
Download 13.83 Kb.
|
Oz komplektli maktablarda matematika o‘qitish xususiyatlari. Oz -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. To’la jamlanmagan maktablar haqida
Oz komplektli maktablarda matematika o‘qitish xususiyatlari. Oz komplektli maktablarda matematika o‘qitishni tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. Reja Oz komplektli maktablarda matematika o‘qitish xususiyatlari. Oz komplektli maktablarda matematika o‘qitishni tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. Reja: 1. To’la jamlanmagan maktablar haqida. 2. To’la jamlanmagan maktabda o’quv ishini tashkil etishning xususiyatlari. 3. To’la jamlanmagan maktabda dars o‘tishning taxminiy rejasi. 1. To’la jamlanmagan maktablar haqida Mamlakatimizda, xususan bizning Respublikamizda qishloq joylarida kichik va uzoq aholi yashaydigan punktlar mavjud bo‘lib, bu joylarga bir sinfga belgilangan me’yordan anchagina kam bo‘lgan 7 yoshli bolalar bo‘lganda To’la jamlanmagan maktablar ochiladi. Bu shunday maktabki, unda bir o’qituvchi bir vaqtda bir necha sinfda ishlaydi. Bu sinflarda soni 3 tadan 30 tagacha o’quvchi bo‘lishi mumkin. Bir o’qituvchi hamma (I–IV) sinflar bilan bir vaqtda ishlaydigan maktab bir komplektli maktab deyiladi. Ikkita o’qituvchi, uchta (ba’zan to‘rtta) sinf bilan ishlaydigan maktab ikki komplektli maktab deyiladi. Ikki komplektli maktablarda uch sinfni ikki komplektga birlashtirishning ushbu variantlarini amalga oshirish mumkin: 1- va 2 - sinflarni bir komplektli qilib birlashtirish (bu holda birinchi sinf bilan uchinchi sinf o’qituvchisi ishlaydi), 1- va 3-sinflarni 2- va 4- sinflarni bir komplektga birlashtirishning mos variantlarini tanlanadi. 2. To’la jamlanmagan maktablarda ishlash o’qituvchi va o’quvchilar uchun bir qator qiyinchiliklar va to‘siqlar bilan bog‘liq: 1. O’qituvchi har kuni darsga tayyorlanishi va turli fanlardan eng kamida 8 soat dars o‘tishi kerak. To’la jamlanmagan maktablarda darslar bo‘yicha reja tuzish oddiy maktabda bir sinf bilan ishlashdagiga qaraganda ko‘p vaqt talab qilishi bilan ishlash darajasi qiyin. Har kuni 8 yoki 12 ta reja ustida ishlash qiyingina bo‘lmay, balki bularni o‘zaro koordinatsiyalash anchagina vaqt talab qilishi bilan, ularga optimal pedagogik samara beradigan ularni bir butun birlashtirish zarurligi bilan ham qiyindir. Bularning hammasi o’qituvchidan tegishli bilimlarni bilishdan tashqari, maksimal darajada kuch, sabot, uyushqoqlik, matonat, qat’iyatlikni talab qiladi. 2. O’quvchilarning bir necha sinfga diqqat e’tiborini taqsimlashi juda qiyin. 3. O’qituvchi bir sinf bilan darsning yarmi yoki 1/3 qismi davomida shug‘ullanishga, darsning qolgan vaqtida o’quvchilar mustaqil ishlashiga to‘g‘ri keladi. 4. O’quvchilar mustaqil ish bajarayotganida darhol o’qituvchidan yordam olish niyatidan mahrumdirlar, chunki bu vaqtda o’qituvchi boshqa sinf bilan band bo‘ladi. 5. Bir sinf o’quvchilari, ayni vaqtda o’qituvchi rahbarligida ishlayotgan boshqa sinf o’quvchilarining xalaqit berishiga qaramay, mustaqil ishlayverishlari kerak. Shunga qaramay to’la jamlanmagan maktab o’quvchilari uchun bir qator afzalliklari ham mavjud. 1.Sinf o’quvchilari sonining kamligi (ba’zan 2–3 ta o’quvchi). Bu o’qituvchiga tez-tez so‘rab turish, o’quvchilar bilimlaridagi kamchilliklarni topish va ularni tuzatish imkoniyatlarini beradi. 2. To’la jamlanmagan maktablarda o’quvchi daftarlarini tekshirishga oz vaqt sarflaydi, u budaftarlar orqali o’quvchi qanday va nimadan qiynalayotganini oson aniqlaydi. 3.To’la jamlanmagan maktablar maktab xususiyatiga ko‘ra o’quvchi darsning taxminan 1/3 qismida mustaqil ishlashga to‘g‘ri keladi. Buning o’quv maqsadlaridan tashqari, katta tarbiyaviy ahamiyati ham bor: iroda mustahkamlanadi, qiyinchiliklarni bartaraf qilish malakasi tarbiyalanadi. 4. Yuqori sinf o’quvchilari quyi sinf o’quvchilariga yordam berishlari mumkin, chunki ular har kuni bir sinfxonasida birga bo‘lishadi. 3. Darslarni rejalashtirish ham to’la jamlanmagan maktablarada ish tashkil qilishni aniqlab beruvchi omillardan biridir. Bu rejalashtirish esa har xil ishlarni bir necha sinf bir vaqtda bajarishni ta’minlashdan iborat. Dars jadvali tuzish to‘g‘risidagi keng tavsiyalar shuni ko‘rsatmoqdaki, bunga binoan 1-yarim yillikda har kuni oldingi 1–2 dars faqat 1-sinf bilan o‘tkaziladi. Bunga kundalik darslar sonini 6 taga yetkazish yo‘li bilan erishib bo‘ladi. Buning uchun darslar vaqtini 30 minutgacha qisqartirish kerak bo‘ladi. Masalan, bir komplektli maktablarda dushanba kuni uchun dars jadvali quyidagicha. Demak, 1- sinflar ikki darsni oldin o’qiydi va ikki dars oldin tugatadi. O’qituvchi uchun eng og‘ir soatlar 3 chi va 4 chi soatlardir. O‘z komplektli maktablarda o’quv ishini rejalashtirish tegishli metodik qo‘llanmalar orqali o’qituvchilarga yetkazilmoqda. Uch sinfda bir vaqtda o‘tkaziladigan bir predmetli (matematika) darsining taxminiy rejasini keltiramiz: 1-sinfda «sondan yig‘indini ayirish» (mustahkamlash); 2- sinfda «21 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni og‘zaki raqamlash» (ya’ni tushuncha berish), 3- sinfda «1000 ichida og‘zaki raqamlash» (ya’ni tushuncha berish). (L.Sh. Levenberg va boshqalar. «Boshlang‘ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi»).
Hamma narsadan oldin to’la jamlanmaganmaktablarda sinf doskasi o‘lchamini kattalashtirish kerak. Buning sababi bir necha sinf bilan ishlash sharoitida doskaga, birinchidan bir necha topshiriq materiallari yoziladi va ikkinchidan, bir necha sinf uchun yoziladi. Shu bilan birga topshiriqlar umumiy maktabdagiga qaraganda to‘laroq bayon qilinadi. Chunki, o’quvchilar ulardan o’qituvchining tushuntirishlarisiz foydalanishlari kerak. To’la jamlanmaganmaktablar ish tajribasida bu maqsadlarda qo‘shimcha yengil ko‘chma, osma (yoki tagliklarga o‘rnatilgan) doskalar, uzaytirilgan sinf doskalaridan (tortib turiladigan pardalar bilan taminlangan), olib qo‘yiladigan (ochiladigan qopqoqli) maxsus doskalardan foydalaniladi. To’la jamlanmaganmaktabda o’quvchilarni o’qitishda har xil jadvallar ham muhim rol o‘ynaydi. Bunda asosan umumiy ta’lim maktablari uchun mo‘ljallangan jadvallarning (spravochnik, instruktiv, o‘rgatuvchi jadvallarning) o‘zidan foydalanish mumkin.
1) barcha sinflarda yangi material o‘rganiladi; 2) bir sinfda yangi material o‘rganiladi, ikkinchi sinfda esa mashqlar bajariladi; 3) ikkala sinfda malakalarni mustahkamlash va rivojlantirish darsi o‘tkaziladi; 4) ikkala sinfda amaliy ishlar yoki ekskursiya o‘tkaziladi. 1–3 sinflarda darsni tashkil qilish turlaridan birini ko‘rib chiqamiz, u ikkinchi yarim yillik uchun, birinchi sinf bolalari mustaqil ishlash malakasiga ega bo‘lganlaridan so‘ng tavsiya qilinadi. Darsning bunday tuzilishi ushbu turga mos keladi: Bir sinfda yangi materialni tushuntirib, qolgan ikki sinfda o‘rganilgan materialni mustahkamlash. Uchta sinf bir vaqtda shug‘ullanganida hamma sinflarda yangi materialni bir vaqtda o‘rganishdan qochish kerak. Bir necha sinflar bir vaqtda shug‘ullanganida o’quvchilar-ning mustaqil ishlari alohida o‘rin tutadi. Darsda mustaqil ishlashning mazmuni quyidagicha: – darsda yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan, oldin o‘tilgan materialni darslik yoki boshqa manba bo‘yicha mustaqil takrorlash; – darsda o‘rganilgan materialni mustahkamlash uchun mashqlar; – olingan bilimlarni amaliy qo‘llaniladigan turli xildagi mashqlar. Mustaqil ishni to‘g‘ri tashkil etishda o’quv topshiriqlarining mufassal ishlanmalarini eslatmalar yordamida beradi. Mustaqil ishlash usullari bilan bolalarni o’qituvchi maktabdagi birinchi darslaridan boshlab tanishtira boshlaydi. Dastlab bu topshiriqlar kichik hajmli va ergashish xarakterida bo‘ladi. Masalan, “Sen ham shunday qil” o‘yini. Bu fikrlash uquvini shakllantiradi, matematik nutqni rivojlantiradi, kuchsiz O’quvchilarning materialni yaxshiroq tushunib olish va hamma qatori o‘z muvaffaqiyatlaridan quvonishlariga imkon yaratadi. Download 13.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling