O`z mu qoshidagi s


Download 24.16 Kb.
bet1/2
Sana06.05.2023
Hajmi24.16 Kb.
#1433286
  1   2
Bog'liq
Yorug`likning qaytish va sinish qonunlari




MAVZU: YORUG`LIKNING QAYTISH VA SINISH QONUNLARI


Reja:

  1. Yorug`likning qaytish qonuni.

  2. Yorug`likning sinish qonuni.

  3. Sinish burchagi.



Yorug`likning qaytish qonuni. Siz kirish suhbatida yorug`lik haqidagi tasavvurlarning rivojlanish tarixi bilan qisqacha tanishdingiz. Yorug`likni inson ko`zi bilan bevosita ko`radimi? Yo`q, biz faqat yorug`lik manbaini hamda yorug`likni qaytargan jismlarnigina ko`ra olamiz. Turli jismlar esa yorug`likni turlicha qaytaradi. Buni ba’zi jismlar yaltirab ko`rinishidan, ba’zilarining xira ko`rinishidan bilishimiz mumkin. Yassi ko`zgular o`ziga tushgan yorug`likni 90% gacha qaytara oladi. Bunday ko`zgularning yuzasidagi g`adir-budirliklar tushgan yorug`lik to`lqin uznligidan kichik bo`lsa, yuzadan qaytgan yorug`lik tushish qonuniga bo`ysinib paralell qaytadi. Agar g`adir-budirliklar o`lchami yorug`lik to`lqin uzunligidan katta bo`lsa, tushgan yorug`lik har tomonga sochilib tarqaladi. Unga diffuz (tarqoq) qaytish deyiladi. Tarqoq qaytish tufayli o`zidan yorug`lik chiqarmaydigan jismlarni ko`ra olamiz. Tarqoq qaytgan nur ko`zni charchatmaydi. Shu sababli, xonalarni yoritishda tarqoq yorug`lik hosil qilish uchun kunduzgi yoritish lampalari va cho`g`lanma yoritish lampalari ustiga silliqlanmagan shishali qapqoq yopiladi.
Ko`zgusimon va tarqoq qaytishni yorug`likning qaytish qonuni orqali tushuntirish mumkin.
Bunda nur tushish nuqtasiga o`tkazilgan perpendikulyar va tushgan nur orasidagi burchak tushish burchagi (α) va perpendikulyar hamda qaytgan nur orasidagi burchak qaytish burchagi (γ) deyiladi.
Optik disk o`rtasifagi yassi ko`zgu qo`yib, unga “nurli ko`rsatkich” (lazer) nurini turli burchak ostida yo`naltirib, yorug`likning qaytish qonunining to`g`ri ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Tajribani ko`zgu o`rniga qalin shisha plasina qo`yib davom ettiraylik. Bunda yorug`likning qaytishi bilan birgalikda, bir qismi shisha plastina ichiga o`tganligini ko`rish mumkin.
Yorug`likning sinish qonuni. Yorug`ilikning ikki muhit chegarasidan o`tish davrida o`z yo`nalishini o`zgartirishga yorug`likning sinishi deyiladi.
Bu hodisani kundalik turmushda ko`p uchratgansiz. Yorug`likning sinishi bir muhitdan ikkinchisiga o`tganda tezligining o`zgarishi bilan tushuntiriladi. Bunday sababni birinchi marta XVII asr o`rtalarida Menyan ko`rsatgan.
Yorug`likning old qismidan AB qismini qaraylik. Yorug`lik dastasining A nuqtasi ikki muhit chegarasiga yetib kelganda, B nuqtasi hali yetib bormagan bo`ladi. Ikkinchi muhitga o`tganda A nuatadagi yorug`lik tezligi kamayadi, B nuqtadagi yorug`lik avvalgi katta tezlik bilan harakatini davom ettiradi. Natijada, mashinaning oldingi ikki g`ildiragidan biri tez, ikkinchisi sekin harakat qilganida burilganidek, yurug`lik ham buriladi.
Ikki muhit chegarasiga tushgan, qaytgan va singan nurlar chizmasini qaraylik. Nur tushish nuqtasiga o`tkazilgan perpendikulyar va singan nur orasidagi burchak sinish burchagi (β) deyiladi. Tushish burchagi ortishi bilan, sinish burchagi ham ortadi, lekin nisbatan o`zgarmaydi.
Muhitning vakuumga nisbatan nur sindirish ko`rsatkichini absolut nur sindirish ko`rsatkichi deyiladi. U holda muhitlarning absolut nur sindirish ko`rsatkichlari n 21 quyidagicha bog`langan bol`adi:


n21 =

Nur sindirish ko`rsatkichini muhitlardagi yorug`lik tezliklari υ1 va υ2 orqali ham ifodalash mumkin.

n21 =

Nur sindirish ko`rsatkichi yorug`likning rangiga bog`liq. Uning kattaligi qizil nurga nisbatan yashil rangda kattaroq.


Havoning absolut nur sindirish ko`rsatkichi, vakuumnikidan kam farq qiladi. Masalan, sariq nur uchun n havo=1,000292 n vakuum.
Quyidagi jadvalda ba’zi bir muhitlarga yorug`likning tarqalish tezligi hamda havoga nisbatan nur sindirish ko`rsatkichi keltirilgan:




Download 24.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling