O’z o’lkasiviloyatidagi joy nomlarini o’rganish dalvarzintepa kushon podshohlarining qarorgohi tarixiy yodgorliklar


Download 0.62 Mb.
bet1/4
Sana13.02.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1195809
  1   2   3   4

O’Z O’LKASI VILOYATIDAGI TARIXIY VA MADANIY YODGORLIKLARNI O’RGANISH
REJA:

  1. O’Z O’LKASIVILOYATIDAGI JOY NOMLARINI O’RGANISH

  2. DALVARZINTEPA - KUSHON PODSHOHLARINING QARORGOHI

  3. TARIXIY YODGORLIKLAR

Surxondaryo – O‘zbekistonning eng janubiy mintaqasi, yarim asrdan ko‘proq vaqt davomida dunyoning ko‘plab arxeologlari va sayyohlarini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Va bu tasodif emas. Yaqinda o‘zining 2700 yilligini nishonlagan ko‘hna Termiz shahri qadimiy tarixiy obidalar, jumladan, Fayoztepa, Kampirtepa, Dalvarzintepa, Qoratepa va Ayritom shaharlari bilan o‘ralgan.


Buddaviylik majmualari
1968- yilda qadimgi Termiz hududida Budda haykali topildi va o‘sha vaqtdan buyon bu yer ko‘plab arxeologlar tomonidan o‘rganiladigan asosiy obyektga aylanib, buning natijasida keyinchalik qadimgi buddaviylik ibodatxonalari majmualari kashf etildi, shu jumladan Fayoztepa (mil. av. 1-asr – milodiy 3-asr), Kampirtepa, Qoratepa. Qadimgi musiqachilarning tasviri tushirilgan mashhur Ayritom frizining kashf etilishi ushbu mintaqa bir vaqtlar buddaviylik targ‘ib qilinganligining dalili bo‘lib xizmat qildi va ellinistik madaniyat unsurlari aniqlandi. Hozirda frizning terrakota-barelyeflari Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida saqlanmoqda.
Fayoztepa buddaviylik ibodatxona majmuasi o‘zbek olimi, mahalliy o‘lkashunoslik muzeyi direktori R.F.Fayozov sharafiga nomlangan. U ushbu obyektni o‘rganish tashabbuskori va hatto bu ibodatxonani kashf etganlardan biridir. R.F.Fayozov dunyo ilm-fanining eʼtiborini qadimiy obyektga jalb qilish uchun ko‘p harakat qilgan. Fayoztepaning kashf etilishi qadimgi buddaviylik obyektlarining yangilarini kashf etish uchun birinchi turtki bo‘ldi.

Dalvarzintepa - Kushon podshohlarining qarorgohi
Kushon imperiyasi davridagi (eramizning I-IV asrlari) yodgorliklar orasida Termizdan 60 km uzoqlikda, Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida joylashgan qadimgi Dalvarzintepa shaharchasi alohida o‘rin egallaydi.
Ushbu obyektni batafsil o‘rganish 1967 yilda tarixchilar Galina Pugachenkova va M.E. Masson tomonidan boshlangan. Qadimgi shaharning shimoliy qismida Baqtriya maʼbudi ibodatxonasi va noyob rasmlar topilgan. Miloddan avvalgi I asrning boshlarida barpo etilgan budda ibodatxonasining xarobalari topilgan, bu O‘zbekistondagi eng qadimgi buddaviylar binosi hisoblanadi. Kushon imperiyasi davrida bu yerda shaharlar, tumanlar va turar-joylar gullab-yashnagan.
1972 yilda ko‘hna shaharchaning qadimgi mavzelari o‘rganilayotganda, uy deb taxmin qilinayotgan binolardan birida, og‘irligi 36 kg bo‘lgan oltin buyumlar xazinasi topilgan. O‘zining ilmiy ahamiyatiga ko‘ra Dalvarzin xazinasi Britaniya muzeyida saqlanayotgan mashhur Amudaryo xazinasidan qolishmaydi.
Yaqinda Toshkentda mashhur Dalvarzin xazinasi to‘plamiga taalluqli buyumlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu joyda olib borilgan qazish ishlari davomida turli xil fil suyaklaridan yasalgan osori-atiqalar, alohida ahamiyat kasb etadigan dunyodagi eng qadimgi shaxmat donalari (mil. avv. 1-2 asr), qadimgi Yunon-Baqtriya davriga oid qimmatbaho toshlar, tangalar, mayda sopol buyumlar topilgan.
Sanoatining yetakchi tarmoqlari: paxta tozalash, paxtani qayta ishlash korxonalaridir. Yirik sanoat korxonalari: "Jarqoʻrgʻonneft" boshqarmasi, Sherobod keramika badiiy buyumlar, Denov yogʻekstraksiya, Sariosiyo tosh saralash zavodlari, Shoʻrchi un kombinati, Jarqoʻrgʻon yigiruvtoʻquv, Termiz tikuvchilik f-kalari, Shargʻun koʻmir, Xoʻjaikon tuz konlari korxonalari va boshqa Surxondaryo viloyatida 40 ga yaqin qoʻshma, 4000 dan ziyod kichik va xususiy korxona ishlab turibdi. Jumladan, Afgʻoniston bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalq isteʼmoli mollari ishlab chikariladigan "Namaf" va "Afroʻz", "Surxonteks" va boshqa qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Hindiston — Termiz "Farmed" qoʻshma korxonasida mahalliy giyohlar asosida doridarmon, Turkiya— Termiz "Poʻlat" qoʻshma korxonasida milliy gilamlar, paloslar tayyorlanadi. Tumanlarda qishloq xoʻjaligi. mahsulotlari qayta ishlanadigan kichik korxonalar, sexlar tashkil etilmoqda.
Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, pillachilik, limonchilik. Togʻ etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan, bugʻdoy va arpa) bilan shugʻullaniladi. Oʻzbekistonda eng koʻp ingichka tolali paxta Surxondaryo viloyatida tayyorlanadi. Viloyatning togʻoldi tumanlarida bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, qoʻy (qorakoʻl va hisor qoʻylari), echki, yilqi, parranda, quyon boqiladi. Jahon moʻyna va teri auksionlarida juda qadrlanadigan "Surxon suri" qorakoʻl terisi yetishtiriladi.
Dehqonchilikda foydalanadigan yerlar maydoni 284,3 ming ga, shundan sugʻoriladigan yerlar 271,6 ming ga, shu jumladan, 120,8 ming ga yerga paxta, 129,7 ming ga yerga don ekinlari, 9,1 ming ga yerga sabzavot, 1,8 ming ga yerga poliz, 5,5 ming ga yerga kartoshka, 16,2 ming ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi. 33,5 ming ga yer koʻp yillik daraxtzorlar, 12,7 ming ga yer mevazor, 5,2 ming ga yer tutzor, 15,1 ming ga yer tokzorlar bilan band. 854,2 ming ga yerni yaylovlar egallagan. Yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida kollektordrenaj tarmoklari qurilgan. Viloyatda 151 shirkat, 4715 fermer xoʻjaliklari bor. Viloyat jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 487,2 ming qoramol (shu jumladan, 227,7 ming sigir), 1042,0 ming qoʻy va echki, 1052,5 ming parranda, 12,2 ming ot boqiladi (2004).
Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Viloyatda temir yo'l transportining salmogi katta. Surxondaryoda dastlabki temir yo' 1915 yilda (Kogon— Termiz) qurilgan. Bu viloyatni boshqa regionlar bilan bogʻlaydigan dastlabki muhim yoʻl boʻldi. 1925 yilda 248 km li Termiz—Dushanba temir yo'lni qurishga kirishildi. Bu yoʻlning qurilishi Termizni Oʻrta Osiyoning yirik shaharlari — Toshkent va Dushanba bilan bogʻladi. 1971 yilga kelib Surxondaryo viloyatini Tojikistonning jan. tumanlari bilan bogʻlovchi Termiz—Qoʻrgʻontepa — Yavan temir yo'ini qurishga kirishildi. Gʻuzor — Boysun — Qumqoʻrgʻon temir yoʻlning qurilishi yakunlanmoqsa. Amudaryo ustidan Hayraton temir yo' koʻprigi qurilgan. Viloyat hududidan Moskva — Dushanba, Ashxobod — Dushanba temir yo'llari oʻtgan. Termiz — Toshkent, Termiz — AmuZang, Termiz — Sariosiyo, Termiz — Boldir yoʻnalishlarida poyezdlar kdtnaydi. Shuningdek, Termiz orkali Dushanba — Astraxon, Dushanba — Konibodom, Qoʻrgʻontepa — Konibodom, Koʻlob — Astraxon yoʻnalishlarida poyezdlar qatnaydi. Viloyatdagi temir yoʻllarning uz. 300 km. Viloyatning ichki transport aloqalarida avtomobil yoʻlining ahamiyati juda muhim. Surxondaryo viloyatidagi qattiq qoplamali avtomobil yoʻllarning uz. 2,7 ming km. Viloyatning asosiy avtomobil yoʻli —Katta Oʻzbekiston traktoʻ. Avtomobilda mamlakatlararo yuk tashish xizmati korxonasi yuklarni qoʻshni Afgʻonistonga yetkazib bermoqda. Surxondaryo viloyatining yirik shaharlari (Termiz va Denov)dan bir qancha xorijiy mamlakatlar va Oʻzbekistonning ichki tumanlariga avtomobil transporti qatnaydi. Termiz — Qarshi, Termiz — Hayraton (Afgʻoniston), Termiz — Dushanba, Termiz — Toshkent, Denov — Qarshi, Denov — Shahrisabz, Denov — Gʻuzor, Denov — Urganch, Denov — Samarqand yoʻnalishlari shular jumlasidan.
Surxondaryo viloyatida respublikada yagona boʻlgan Termiz dare porti joylashgan. Termiz va Sariosiyoda aeroport bor. Termiz aeroportidan Toshkent, Moskva, Ashxobod, Olmaota, Samarqand, Namangan, Buxoro, Andijon va boshqa yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashuvchi samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.
Madaniyat va maorif, sogʻliqni saqlash va sport[tahrir | manbasini tahrirlash]
Surxondaryo vodiysi ilk ibtidoiy odamzod makon topgan joy sifatida taʼriflanadi. Boysun tizmalaridan oʻrta paleolit davriga (mil. av. 100— 40 ming y.liklarga) oid ibtidoiy odam manzillarining qoldiklari topilgan.
Surxondaryo togʻlarida tosh davrining soʻnggi bosqichi—yuqori paleolitga (mil. av. 40—12 ming yilliklar) doir topilma ham kup. Shulardan biri Teshiktosh unguridan qazib olingan 8—9 yashar bola suyaklaridir (antropolog M.M. Gerasimov tomonidan qiyofasi tiklangan). Ushbu topilma "neandertal odam" nomi bilan mashhur boʻlib Oʻzbekistonning, umuman, Oʻrta Osiyoning hozirgi zamon odami (kromanon) shakllangan mintaqaga taallukli ekanini isbotlashga dalil boʻldi. Vohada qad. madaniyatga mansub Ayritom, Dalvarzintepa, Xolchayon, undan keyingi davrlarga oid Sopomitepa, Mirshodi, Moʻlali, Kampirtepa, Jarqoʻrgʻon, Bolaliktepa va boshqa arxeologik yodgorliklar topilib oʻrganildi.
Koʻhitang togʻlarida aniqlangan Zarautsoy qoyatosh rasmlari mezolit yoki neolit davriga tegishli. Zarautsoydagi gʻor shiftlari va devorlarida oxra boʻyogʻi yordamida rayem chizilgan. Rasmlarning asosiy qismi yovvoyi buqalarni sehrjodu yoʻli bilan ovlash manzarasini aks ettiradi.
Mil. av. 2ming yillikning 1-yarmida hozirgi Oʻzbekiston jan.ga Amudaryo soʻl sohilidan kelgan qabilalar Koʻhitang va Boysun togʻoldi xududlarini oʻzlash.tirib Sopollitepa, Jarqoʻton, Moʻlalitepa aholi manzilgoxlariga asos soldilar.
Mil. av. 329—327 yillarda viloyat hududi makedoniyalik Iskandar tomonidan bosib olingan. Keyinchalik Salavkiylar davlati tarkybiga kirgan.
Oʻrta asrlarda Buyuk ipak yulinang bir tarmogi Surxondaryo (Termiz) orqali oʻtgan.
Kushon podsholigi hududiga kirgan Dalvarzintepa va Xolchayonda oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar, Eski Termizdan topilgan Budda ibodatxonalari shaharlarning naqadar rivojlanganligini koʻrsatadi. Bu davrda hunarmandchilik va qishloq xoʻjaligi.ning taraqqiy topishi, tovarpul munosabatlarining rivojlanishi, meʼmorchilik, monumental haykaltaroshlik, rassomlik va boshqa sanʼatlarning yuksalishi kuzatiladi.
Surxondaryo viloyatining hozirgi qududi, 3—4-asrlarda Kushonlar davlati parchalanib ketgach, eftaliylar davlati, 5—8-asrlarda Tohariston tarkibida, keyin Turk hoqonligi qoʻl ostida boʻldi.
667 yilda arablar dastlab Chagoniyon va Termizga hujum qilib bu shaharlarni faqat 8-asrning 2-yarmidagina toʻliq bosib olishga erishdilar. Oʻzbekiston janubidagi yerlar Pa.gacha Chagoniyon davlati qoʻlida boʻlgan. 11-asrda Chagoniyon va Termizni egallash uchun Gʻaznaviylar va Qoraxoniylar oʻzaro kurashadilar. Termiz Gʻaznaviylar davlatiga qoʻshib olinadi, soʻngra Xorazmshoxlar davlati tarkibida boʻladi. 1220 yilda moʻgʻullar bosib oldi. 1370 yildan Amir Temur saltanati tarkybiga kirdi. Surxondaryo koʻhna tarixi, qad. madaniyati, yodgorliklari bilan mashhur.
Surxon vodiysidagi olimlarning koʻpchiligi "Termiziy" taxallusi bilan nom chiqarganlar. Ular, tarix, geog ., falsafa, huquqshunoslikka oid asarlari bilan tanilgan. AlHakim atTermiziy, Shahobuddin Sobir Termiziy, Muhammad ibn Hamid Termiziy, Abu Bakr Varrok, Termiziy va boshqa allomalar shu vohadan yetishib chiqqanlar. Surxondaryo viloyatida mashhur sanʼatkorlar, baxshilar, xalq artistlari, rassomlar voyaga yetgan.
Viloyatda 2003/04 oʻquv yilida 827 umumiy taʼlim maktabi, 2 internat maktabi, Mehribonlik uyi, 18 litsey, 4 gimnaziyada 517,5 ming oʻquvchi taʼlim oldi. 2003 yilda "AKSELS" xalqaro tashkilotining "Oʻqishga aʼlochilik dasturi" tanlovida viloyatning gʻolib chiqqan oʻquvchilari oʻqishni xorijda davom ettirmoqdalar. 2004 yilda ham taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlik ishlari davom ettirilib "AYREKS" xalqaro tashkilotining "Butun olam Sizning sinfingizda" tanlovida Termiz tumani oʻquvchilari respublika gʻolibi boʻlishdi.
1998—2003 yillarda 35 ta kasbhunar kolleji va 2 akademik litsey qurilib foydalanishga topshirildi. Bu oʻquv muassasalarida 80 dan ortiq mutaxassislik boʻyicha taʼlim-tarbiya berilmoqda. Viloyatdagi 5 oʻquv yurtida 9,9 ming oʻkuvchi oʻqiydi. 16 bolalar musiqa maktabida 1443 oʻquvchi, 1 oliy oʻquv yurti (Termiz davlat universiteti)da 6,5 ming talaba bilim olmoqda. Surxondaryo viloyatida Shreder nomidagi bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining Janubiy Oʻzbekiston subtropik oʻsimliklar seleksiyasi stansiyasi faoliyat kursatadi. Surxondaryo arxeologiya muzeyi, Surxondaryo viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, musiqali drama teatri, bolalar qoʻgʻirchoq teatri mavjud. 413 jamoat kutubxonasi (kitob fondi 3,6 mln. nusxa), 146 klub muassasasi, 2 madaniyat va istirohat bogʻi, bolalar bogʻi, Termiz hayvonot bogʻi, yoshlar majmui, xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy ishlar viloyat uslubiyat markazi bor. 4 xalq drama teatri, 2 qoʻgʻirchoq xalq teatri, 10 ashula va raqs dastasi, 6 folklor etnografik xalq dastasi, milliy dorbozlar guruhi va boshqa madaniy muassasalar ishlab turibdi. Jumladan, Boysun tumanidagi "Shalola", Shoʻrchi tumanidagi "Kumush tola", Uzun tumanidagi "Rohat" ashula va raqs xalq dastalari Buyuk Britaniya, Turkiya, Afgʻoniston va Hindistonda boʻlib oʻtgan xalqaro festivallarda ishtirok etishgan.
Surxondaryo viloyatida Oʻzbekiston xalq rassomi Roʻzi Choriyev, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov, Oʻzbekiston xalq baxshilari Sh. Boltayev va A. Poyonoye, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi A. Ibroqimov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar G. Ravshanova, R. Mamataliyev, H. Oripov, M. Maxmudova, A. Narzullayev, Y. Mirqurbonov, S. Qosimova, N. Allanazarovlar voyaga yetganlar.
Viloyatda "Boysun bahori" halqaro folkloretnografik festivali oʻtkazilib boriladi. 1999 yilda "Alpomish" dostonining 1000 yilligi, 2002 yilda Termiz shahrining 2500 yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling