O’z-o’zini anglash Oliy maqsad tushunchasi Strategiya Taktika


Download 0.85 Mb.
bet13/26
Sana18.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1554255
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
1. O\'zlikni anglash!

Alisher Navoiy


MUVAFFAQIYAT (MAQSAD)GA ERISHTIRUVCHI 7 TA QOIDA (UCHINCHI NAZARIYA)
1-qoida. Oliy maqsad qo’yish.
Har bir inson o’z oldiga oliy maqsad qo’yishi kerak. Biz bu hayotga bekorga kelmaganmiz va har bir insonning hayotga kelganidan so’ng uning o’zining missiyasi bor. Bu missiyani bajarishi uchun o’z oldiga aniq rejalar va oliy maqsad qo’yishi kerak.
Savol: Hech o’ylab ko’rganmisiz, aynan siz nima uchun 1800-yillarda tug’ilmagansiz, yoki nima uchun Vashingtonda tug’ilmasdan aynan O’zbekistonda tug’ilgansiz?! Bir hikmatli gap bor, inson tug’iladigan vatanini va oilasi (ota-onasi)ni tanlay olmaydi. Buni o’zgartirish bizning qo’limizdan kelmaydi, ammo, bu biz uchun berilgan bir ogohlantirish deb qabul qilsak bo’ladi. Chunki, mana shu yerda tug’ilishimiz va shu zamonda tug’ilishimizni anglab yetishda vafot etgan vaqtda u dunyoda javob beramiz. Yon daftarchangizga quyidagi savollarni yozib unga har kuni kamida 1 marta qarab javob qidiring:
a) men hayotga nima uchun kelganman?
b) men nima uchun yashayapman?
c) men nima uchun O’zbekistonda tug’ilganman?
d) kelajakda nima ish qilmoqchiman, hayotim bekor o’tib kelmasligi uchun?
Oliy maqsadni anglash uchun eng yaxshi usul – dunyoni o’zgartirish sizning bir og’iz gapingiz bilan, fikringiz bilan, tavsiyangiz bilan o’zgaradigan bo’lganida, siz qanday gap, fikr aytgan yoki tavsiya qilgan bo’lar edingiz degan fikrni tahlil qiling.
Bir olim inson shogirdlariga nasihat qiladi: “Har yuz yilda bir marta butun dunyoni o’zgartiradigan, insoniyatni jaholatdan qutqaradigan, adolatni tiklaydigan buyuk inson dunyoga keladi”. Shunda shogirdlari so’rabdi: “O’sha buyuk inson kim ustoz, ayting, biz yoniga boraylik, yordam beraylik”. Ustozi: “Sizlar shu joyida adashdingiz, o’sha insonni o’zingizdan tashqarida qidira boshladingiz, aslida har biringiz o’sha inson menman deb harakat qilishingiz kerak”.
2-qoida. Strategiya tuzish
Oliy maqsadga olib boradigan yo’lning nomi strategiya deyiladi. Strategiyaning tarkibiy qismini esa taktikalar tashkil etadi. Masalan, siz tarvuzni ikkiga bo’lmasdan turib unga qo’lingizni tiqib yeya olmaysiz. Uni bo’lsangizgina siz uni yeya olasiz. Xuddi shunday, siz ham oliy maqsadga olib boruvchi yo’lni kichkina-kichkina yo’llar orqali o’zingiz qurasiz va bir kun kelib manzilingizga yetasiz.
Strategiyani tuzish uchun o’z oldingizga 100 yillik rejangizni quyidagicha tuzib oling:

Har 10 yillikda 5 ta muhim ishingizni rejalashtiring va strategiya asosida harakat qiling. Har doim o’zingizga savol bering: 10-20 yosh orasida nima qilaman? 20-30 yosh orasida nima qilaman? Va shunday yashash kerakki, bu yoshni qaytadan sizga berilsa, men bu yoshni shu darajada mukkammal yashadimki, uni qayta yashashga hojat qolmadi deya oladigan darajada bo’lishi kerak.


Yuqorida aytilganidek, har 10 yillikda beshta maqsadingizni yozib chiqing va ushbu 10 yillikni quyidagicha strategiya qilib oling:
Endi xuddi shu savolni o’zingizga qaytadan bering. 11 yoshdan 12 yoshgacha nima qilaman. 12 yoshdan 13 yoshgacha, 13 yoshdan 14 yoshgacha nima qilishingizni aniqlashtirib oling va bu yoshlar orasiga 10 yillik maqsadga yetishtiruvchi 5 ta maqsadingizni yozing. Bu yoshni keyingi 10 yillikda ham xuddi shu tartibda yozib oling.
Siz 19-20 yoshingizda, 29-30 yoshingizda nima qilishingizni hozirgi yoshingizdan aniq bilib oling.
Imom G’azzoliy shunday degan edilar: Fikr hissiyotni uyg’otadi, hissiyot harakatga undaydi, harakat natijaga undaydi.
Demak Natija harakatga bog’liq, harakat hissiyotga bog’liq, hissiyot fikrga bog’liq ekan. Shunda Natija fikrga bog’liq ekanligini ko’rishimiz mumkin. 1000 yillar oldin Imom G’azzoliy shogirdlari Abdulloh Ibn Muborakka aytgan edilar: “Hayotingni o’zgartirmoqchi bo’lsang firklashingni o’zgartir”. Ong ostini to’g’rilash – hayotni to’g’rilash deganidir.
Kimki befoyda umrin oʻtkazdi,
Hech narsa olmasdan oltin ketkazdi.
Sevinma dushmanim olmish deb ajal,
Bir kuni senga ham gal keladi, gal.

Dam bu damdir, o`zga damni dam dema,


Shukr qil, dunyo g`amini g`am dema.
Kuymasa joni-taning ham ustixon,
Ko`z yoshing oqqan bilan sen nam dema.
Odamida zarra ma’no bo`lmasa,
Sen uni surat ko`rib odam dema.
Asli-nasling qatrai obi erur,
Xasni ko`rsang, sen o`zingdan kam dema.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling