O’z-o’zini anglash Oliy maqsad tushunchasi Strategiya Taktika
Download 0.85 Mb.
|
1. O\'zlikni anglash!
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi qoida
- Eyzenxaur jadvali
Marina Svetayeva
O’qituvchingiz sizga topshiriq berdimi, o’sha zahoti bajaring, shunda siz qat’iyatni his qilasiz. XXI asrning eng qimmat valyutasi bu vaqtdir. Jeff Bezes (dunyoni eng boy odami) Optimistlar hamisha vaziyatni yaxshi tomonini, pessimistlar esa yomon tomonini ko’rishadi. Mark Tven aytganidek, optimistlar samalyotni ixtiro qilishgan, pessimistlar esa parashyutni. Rim faylasufi Seneka “time management” ning asoschisi hisoblanadi. U vaqt to’g’risida ikki qoidani ilgari surgan: Foyda bilan o’tkazilgan vaqt – bu yaxshilik Behudaga ishlatilgan vaqt – bu yomonlik. Rejalarimizni yon daftarimizga albatta yozishimiz kerak. Chunki ko’z ko’rgan narsaga ong osti aniq ishonadi. Qog’ozga yozilmagan reja, shu vazifani siz bajarmasligingizga 50 % kafolat beradi. Yon daftarga yozilgan rejalar o’z o’rnida miyyaga yozilgan tatuirofkadir. Italiyalik Albertining fikricha time management bo’lishi uchun shaxsiy samaradorlik qoidalariga amal qilish kerak. Ushbu qoida 2 ta asosiy qoidadan tashkil topgan. Birinchi qoida, ertalabdan reja tuzish; Ikkinchi qoida, rejalaringizni – eng qiyinidan, eng osonigacha aniqlang. Vaqt shunchalik qimmat va bebaho bo’lishiga qaramasdan, ko’pchilik insonlar uning bu qiymatini his etmaydilar, natijada undan foydalanib qolish uchun emas, balki uni zoye qilib, yo’qotish uchun musobaqalashadilar. AQSh va Yevropada 1980-yillarga kelib vaqtni to’g’ri taqsimlash bo’yicha jiddiy tadqiqotlar boshlanib ketdi. Chunki, odamlar vaqtda nisbatan isrofgarchiliklarga yo’l qo’yishganidan so’ng, vaqt odamlardan “qasos” ola boshlagan edi. Keyinchalik bu ilmiyot butun dunyoga rivojlana boshlandi va Amerikada 37 % odamlar o’z vaqtlarini nazorat qilishni boshlashdi. Shundan keyin bu tendensiya asta-sekinlik bilan Yevropaga, Osiyoga va butun dunyoga tarqala boshladi. Eyzenxaur jadvali Time manehment nima uchun kerak? Garvard bizness maktabi bir tadqiqot o’tkazadi. Unga ko’ra, ular juda ko’p odamlardan, so’rovnoma orqali hayotda maqsadingiz bormi deb so’rab chiqishadi. Shunda, 84% odamda maqsad yo’qligini aniqlashadi. 13 % odamda hayotda maqsadi borligi aniqlanadi va 3 % odamda esa ham maqsadi borligi va ham maqsadini yozib qo’yganligini bilib olishadi. Oradan yillar o’tib, faqat 3 % odamda muvaffaqiyatga erishganligini ko’rish mumkin. Time managmentda aniq bir qoida bor. Qilayotgan ishingizdan chalg’imaslik. Har bir insonni 1 yillik, 5 yillik, 10 yillik 50 yillik, 100 yillik rejasi bo’lishi kerak. Time management esa bunga yordam beradi. Amaliy tajriba: Eyzenxaur jadvali – taym-menejmentdagi eng mashhur usullardan biri boʻlib, vaqtni toʻgʻri taqsimlash va uni keraksiz narsalarga sarf etmaslikka oʻrgatadi. Jadval toʻrtta boʻlimdan iborat: Ular shoshilinch, muhim, shoshilinch boʻlmagan va muhim boʻlmagan ishlar bilan toʻldiriladi. Bu jadval orqali siz hayotingizdagi ishlaringizni muhim va muhim emas, shart vas hart emas ishlarga ajratib, qaysilari muhim va bir vaqtda shart, qaysilari muhim ammo, shart emas ekaligini ajratib olasiz. Buni kundalik qiladigan ishlaringizda ham ishlatitishingiz mumkin. Ushbu jadval insonga oʻz vaqtini toʻgʻri boshqarish, ishlarni aniq va tezkorlik bilan taqsimlash imkoniyatini beradi. Mazkur jadval yordamida muhim va tezkor ishlarni osongina aniqlab olish mumkin. Jadvaldan samarali foydalanish uchun bir nechta qoidalarga amal qilish tavsiya etiladi: 1. Ishlar roʻyxatini bir kun avvaldan tayyorlab oling. Jadvalni butunlay toʻldirib tashlashingiz shart emas. Unga asosiy ishlarni yozib qoʻysangiz yetarli, jadvalni ertasi kuni ham toʻldirib, tizimlashtirib borsangiz boʻladi. 2. Avvaliga maʼlum bir kun uchun moʻljallangan ishlaringizni bitta qogʻozga yozing. Ularni tahlil qiling va muhimlik darajasiga qarab baholang. Hayolingizdagi ishlar qogʻozga tushirilgan vaqtda ularni tahlil qilish nisbatan osonroq boʻladi. 3. Roʻyxatdagi har bir ishga alohida eʼtibor qarating. Ijodiy jarayonlar, oʻylash va fikrlash talab etiladigan vazifalar uchun koʻproq vaqt ajratish lozim ekanligini unutmang. 4. Ishlarning bir qismini ertangi kunga qoldirishga majbur boʻlsangiz ham tushkunlikka tushmang. Eyzenxaur jadvali oʻta muhim ishlarni zudlik bilan bajarish uchun yaratilgan, oʻzingizga boʻlgan ishonch darajasini pasaytirish uchun emas. 1 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 2 Yitzak Adizezning "Shaxsiy rivojlanish haqidagi yangi fikrlar" kitobi materiallari asosida. https://peskiadmin.ru/uz/zachem-nuzhny-celi-zachem-cheloveku-cel-v-zhizni-pochemu-ploho-zhit.html 3 https://www.yale.edu/ 4 https://www.youtube.com/watch?v=2ZvENBykX_w Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling