O’z-o’zini anglash Oliy maqsad tushunchasi Strategiya Taktika
Download 0.85 Mb.
|
1. O\'zlikni anglash!
Jim Ron
Natijamizning qanchalik tubdan o‘zgarishi bizning fikr yuritishimiz bilan o‘lchanadi. 1960-yilda kosmik kemada parvoz qilish texnik jihatdan bir imkonsiz narsa edi. Bir yildan so‘ng birinchi inson kosmosga uchdi va oyga qadam qo‘ydi. Ana shu olamshumul voqea millat ruhini uyg‘otdi va kelajakdagi muvaffaqiyat urug‘ini unumli fikrlash tuprog‘iga ekdi. Bu ajoyib jarayon bashar orzusini ro‘yobga chiqardi. Bir so‘z bilan aytganda, inson oyga qadam bosgani ilmiy tarzda isbotlandi vafanning oldinga siljishiga sabab bo‘ldi. Shu tamoyilni hayotning turli jabhalarida qo‘llash mumkin. Kambag‘al odam mol-mulk egasiga aylanishi, boy-badavlat bo‘lishi mumkinmi? Albatta! Kuchli xohish, rejalashtirish va intiluvchanlik uyg‘unligi bilan ajoyib moʻjiza yaratish mumkin. Gap "Muvaffaqiyat formulasi ishlarmikin?" deb o‘ylashda emas, inson uni ishlatishidadir. Odam - anglab bo‘lmas mavjudot. Bu har birimizga tashlangan chaqiriq. Biz o‘tirgan joyimizdan turib xohlagan tomon ketishimiz mumkin. Har qanday orzuni amalga oshirsa bo‘ladi, faqat shunga ishonishga o‘zimizda kuch, mardlik topa olsak, bas. QAT’IYLIK Har qanday san’at asarini yaratish uchun vaqt kerak. Hayot qurish, shaxs sifatida o‘sish, rivojlanish uchun ham vaqt talab etiladi. Demak, o‘zingizga, o‘zingizning oilangizga, biznesingizga vaqt ajrating, ular shunga arziydilar, shunga muhtojlar. Sabrsizlik va xasislik muvaffaqiyat uchun bir xildagi qotillikdir. Qancha bilim olish mumkin? Toki muvaffaqiyatga erishmaguncha! Ba’zilar bahorda ekadilar, yozda esa ketib qoladilar. Agar siz bir mavsumni mo‘ljallagan bo‘lsangiz, oxirigacha ish olib boring. Bir umrga qolib ketishga majbur emassiz. Lekin boshlangan ishingizni tugating. Bir mashhur yozuvchiga shunday savol berildi: “Men sizning asarlaringizni o‘qiganman, kassetalaringizni eshitib ko‘rganman. Hamisha ulardan katta qoniqish olaman va sizning falsafangizga qo‘shilaman. Kitoblaringizning birida agar inson 50 yoshlarda ham qandaydir muvaffaqiyatga erishmagan bo‘lsa, buni o‘zi xohlamagan, deb yozgansiz. Hayotingiz davomida, umr o‘tgan sayin qandaydir maqsadga yetish uchun kech bo‘lganini, yoshingiz bir joyga borib qolganini anglay boshlaysiz. Odam keksaygan sari ruhlanish, biror narsadan ilhomlanish murakkablashib, qiyinlashib boradi. Shu fikrga qo‘shilasizmi? Aytaylik, u 50 yoshlarda, lekin hali ham muvaffaqiyatga erishishni istaydi. Unga buning uchun aniq imkoniyat bormi? Yoki vaqt o‘tdimi?” Javob: Umringizning qaysi yoshida bo‘lmang, agar siz muvaffaqiyat tomon to‘g‘ri harakat qilsangiz, albatta erishasiz. Men bunga haqiqatdan ham ishonaman. Ba’zan katta sumkadagi pullar yoki nafaqaga chiqish sanalari to‘g‘risida xayollarga berilsak, hech qachon muvaffaqiyatga erisha olmaymiz, deb o‘ylaymiz.- Haqiqat shuki, hech qanaqa pul yoki insonni sizga tenglashtirib bo‘lmaydi. Faqat siz bugundan boshlab bajara olgan ishingizni shunchaki qila boshlaysiz. Hayotingizning qaysi jabhasida bo‘lmasin, muvaffaqiyatga olib boruvchi to‘g‘ri qarorni chiqaring. Quvonarlisi shuki, muvaffaqiyat ketidan muvaffaqiyatni yaratadi. Xuddi bog‘ingizdan begona o‘tlarni yulib tashlab, o‘rniga yangi, foydali, ma’naviyatingizni oshiradigan o‘simliklar o‘rnatganingiz kabi. Ularga ishlov berib, o‘zingiz oddiygina bajarilgan ish natijasiga amin bo‘lasiz. Shu ishni bir hafta, bir oy va bir yil davom ettirsangiz-chi! Bog‘ingiz qanaqangi ajoyib meva beradi, ya’ni siz o‘zingizda talaygina insoniy ko‘nikmalar hosil bo‘lganiga guvoh bo‘lasiz, kundan kunga yaxshi odatlaringiz oshib boradi. Shunaqangi xislatlarni odat qilib olish inson umrining biror yoshiga to‘g‘ri kelmaydi, deb bo‘ladimi? Yo‘q, albatta! Parvardigor bizni boshqa jonzotlardan shunday ustun qilib yaratganki, baxt va xursandchilik tuyg‘usini his qilish sharafi faqat insonlarga nasib qilgan. Ilgari biz yuqorida aytilgan xislatlarga ega bo‘lmaganmiz, hattoki shu oddiy haqiqatning yonginasidan o‘tib ketganmiz, ko‘pincha fahmiga ham yetmaganmiz. Endi tarix yozishni boshlang. Bu sizning tarixingiz. Unga yuzlab, minglab odamlarni birlashtiring. 40, 50, 60, hattoki 70 yoshlilarni. Ular hayotlarining ajoyib lahzalarini o‘tkazib yuboryaptilar. Faqat bir marta beriladigan hayotda haqqoniy muvaffaqiyatga erishish baxtini qo‘ldan boy bermasinlar. Esimda bor, bir kuni men ustozimga "Agar menda katta pul bo‘lganida edi, zo‘r bir reja tuzardim", dedim. Ustozim darrov: "Menimcha, senda zo‘r reja bo‘lsa, o‘shanda ko‘p puling bo‘ladi", deb javob berdi. Ko‘ryapsizlarmi, pulning summasi emas, yaxshi bir reja muhimdir. Qachon siz bir narsani xohlasangiz va bu istagingiz juda kuchli bo‘lsa, unga erishish yo‘lini ham topasiz. Xo‘sh, o‘z tarixingizni yozishni boshlang. Baxt - bu kelajakka qoldiriladigan narsa emas. U bugun, hozir siz qurayotgan narsadir. Omadsizlik – bu bir martada yoki ba’zida sodir bo‘ladigan talofot emas. Aksincha, omadsizlik - insonning noto‘g‘ri fikrlashi va qator xatolarning har kun takrorlanishining muqarrar natijasidir. Muvaffaqiyatning 20 foizi ustomonlikdan, qolgan 80 foizi strategiyadan tuzilgan. Siz ko‘p narsa o‘qishingiz mumkin, lekin muhimi bu emas, muhimi rejali ravishda o‘qish kerak. Biz istagan vaqtda hamma narsani o‘zgartira olamiz. Istasak, kitobni ochamiz, undagi yangi bilimlar bilan ongimizni boyitamiz. Istasak, yangi faoliyat boshlashimiz, hayotimizni o‘zgartirishimiz mumkin. Biz buni tez qilishimiz yoki kelasi haftada yo kelasi oyda yoxud kelasi yil ham bajarishimiz mumkin. Biz hech nima qilmasligimiz ham mumkin. Bu ishni qilishdan ko‘ra qilmaslikni afzal ko‘ramiz. Bajarmaslik uchun ayyorlik, mug‘ombirlik qilamiz. Agar shu ishni amalga oshirish fikri noqulaylik (diskomfort) tug‘dirsa, shundayligicha qoldiramiz. Biz ishlashdan ko‘ra dam olishni tanlaymiz. Haqiqatdan bilim olishdan ko‘ra vaqtichog‘lik va o‘yin-kulgini, to‘g‘rilikdan ko‘ra xomxayollikni, ishonchdan ko‘ra shubhalanishni tanlaymiz. Bu bizning tanlovimiz. Keyin oqibatni la’natlab, har xil sabablar bilan o‘zimizni oqlashga tushamiz. Biz istagan vaqtda hamma narsani o‘zgartira olamiz. Istasak, kitobni ochamiz, undagi yangi bilimlar bilan ongimizni boyitamiz. Istasak, yangi faoliyat boshlashimiz, hayotimizni o‘zgartirishimiz mumkin. Biz buni tez qilishimiz yoki kelasi haftada yo kelasi oyda yoxud kelasi yil ham bajarishimiz mumkin. Biz hech nima qilmasligimiz ham mumkin. Bu ishni qilishdan ko‘ra qilmaslikni afzal ko‘ramiz. Bajarmaslik uchun ayyorlik, mug‘ombirlik qilamiz. Agar shu ishni amalga oshirish fikri noqulaylik (diskomfort) tug‘dirsa, shundayligicha qoldiramiz. Biz ishlashdan ko‘ra dam olishni tanlaymiz. Haqiqatdan bilim olishdan ko‘ra vaqtichog‘lik va o‘yin-kulgini, to‘g‘rilikdan ko‘ra xomxayollikni, ishonchdan ko‘ra shubhalanishni tanlaymiz. Bu bizning tanlovimiz. Keyin oqibatni la’natlab, har xil sabablar bilan o‘zimizni oqlashga tushamiz. Vaqt Oltindan qadrli, javhardan qimmatli bir narsa bor bo’lsa, u ham bo’lsa vaqtdir. Vaqt bizning har turli ishni qilishga kuchimiz yetadigan fursatdir. Bir soatning bekor o’tgani - ixtiyorimizda bo’lgan fursatning zoye bo’lganini bildiradi. Holbuki, shu fursat ichida foydali ishlarga ixtiyorimiz bor edi. Fursatni g’animat bilgan odam vaqtidan unumli foydalana oladi. Vaqt qadrini bilgan odam havoyi nafsdan tiyila oladi. Vaqt qadrini bilgan odam buyuk bo’lishga haqlidir. Aqlsizlikning eng yomon ko’rinishi - vaqtni bekor o’tkazishdir. Odamlarning o’zaro muomalalarida "bo’sh vaqt" degan ibora tez-tez tilga olinadi. Aslida vaqtning ham isrofi bo’lib, vaqtning isrofi bu - umrning isrofidir. Umr behuda sarf bo’ldimi, demak odam yaxshi ishlarni amalga oshira olmabdi. Insonlar uchun, jamiyat uchun foyda bermabdi. Vaqtning isrofi xuddi mevasiz daraxt kabi umr kechirishdir. Vaqtdan oqilona foydalanishni hamma o’zicha belgilaydi. Birov kitob o’qishni yaxshi ko’rsa, yana boshqasi sportdan bahra oladi. Olimlarimiz: "Vaqt hayotdir. Inson hayoti esa uning tug’ilgan vaqtidan toki vafot etgunicha yashab o’tadigan vaqtidir. Eng yaxshi vaqt, hayotini manfaatli ishlar bilan to’ldirgan odamdir", deganlar. Vaqt bu dardimizga malham bo’ladigan bepul davodir. Vaqtning sog’liqqa nima aloqasi bor deb o’ylashingiz mumkin, albatta. Misol uchun agar kimdur kasal bo’lib qolsayu o’z vaqtida davolanmasa vaqtni o’tkazib yuborsa, dardiga da’vo topa olmasligi va hattoki hayotdan ko’z yumishi ham mumkin. Aksincha davolanish choralarini o’z vaqtida ko’rganlar tez tuzalishlari va sihat salomatlikda uzoq umr ko’rishlari mumkin. Agar kimningdur boshiga musibat tushib tushkinlikka tushib qolsa ham “dardingga vaqt da’vo bo’ladi” deb ovutamiz. Kishi umrining hamma soatlarini, hattoki daqiqalarini foydali va sog'liqqa muvofiq mashg'ulotlar bilan to'ldirishi kerak, toki qayg'u-alam bosh suqadigan bo'sh joy qolmasin. Vaqt bu - daromad. Xalqimizda “Vaqting ketdi-naqding ketdi” degan purhikmat gap bor. Darhaqiqat, Vaqtni pulga sotib olib bo’lmaydi yoki uni orqaga qaytarishning ham imkoni yo’q. Ba’zi insonlar qimmatbaho vaqtlarini behuda sarflaydilar, va bu bilan vaqtni to’g’ri sarflash orqali foyda qilishi mumkin bo’lgan daromaddan quruq qoladilar, ba’zi buyuk odamlar esa vaqtdan unumli foydalanadilar va har daqiqadan foyda ko’radilar. Bu qanday bo’lishi mumkin dersiz. Hech hisoblab ko’rganmisiz sizning bir soat vaqtingiz qanchaga tushishini, deylik ba’zilar bir kunda 8 soat ishlaydi va kuniga 200 000 sum pul topadi, demak ular soatiga 25 ming topayapti. Yoki aksincha umuman ishlamaydiganlar shuncha miqdordagi daromaddan mosuvo qolishmoqda. Bundan kelib chiqadiki har birimiz vaqtning qanchalik qadrli ekanini va uni to’g’ri sarflamasak qanchalik zarar ko’rishmiz mumkin ekanligini tushunib olishimiz kerak. Vaqt nafaqat sog’lik balki boylik topishda ham eng muhim hisoblanadi. Biz sarflagan pulimizni topishimiz mumkin, ammo yo’qotgan vaqtimizni qaytarib ololmaymiz. Demak, vaqtni puldan ko’ra qimmatliroq ekanligini va biz vaqtdan maksimal darajada foydalanishimiz kerak ekanligini anglatadi. Har nafasimiz, har kunimiz uchun ALLOHga shukur qilib, uni qadriga yetaylik. Chunki bu vaqt barchamiz uchun omonatdir. Oʻrtacha yetmish besh yil umr koʻrgan insonning asosiy vaqti quyidagilarga sarflanadi: - Oʻn besh yil atrofida vaqt bolalik va oʻsmirlik bilan oʻtadi. - Agar bir sutkada sakkiz soatdan uxlasangiz, yigirma besh yil umr uyqu bilan oʻtadi. - Agar bir sutkada sakkiz soat kasb-kor bilan mashgʻul boʻlsa, yigirma besh yil umr ishlashga sarflangan boʻladi. - Agar bir sutkada uch mahal ovqatlansa, har ovqatlanishga yarim soat vaqt sarflasa, toʻrt yarim yildan ortiq umr ovqatlanishga ketadi. Qolgan besh yildan ortiq umr hammaning oʻzi yaxshi koʻrgan sevimli mashgʻulotlariga sarflanadi. Ulamolar o’tayotgan vaqt haqida shunday deganlar: “vaqt betaraf bo’lmaydi, yo senga qadrdon do’st yoki ashaddiy raqib bo’ladi”. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling