O’z-o’zini anglash Oliy maqsad tushunchasi Strategiya Taktika


Bir kuningga yetkulik, suv olgusi…


Download 0.85 Mb.
bet19/26
Sana18.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1554255
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
1. O\'zlikni anglash!

Bir kuningga yetkulik, suv olgusi…
Tasavvur qiling ummon (okean)ga hammaning suv olish imkoniyati bor, ammo kimdir ko’proq, kimdir kamroq hajmda suv oladi. Hamma gap ko’zaning hajmida. Demak ko’zalarni kattaroq qilishimiz kerak.
Himmatni ko’chani tili bilan aytganda “dux” deb olsak bo’ladi. Fridrix Shillerning fikriga ko’ra, insonning maqsadi ulug’lashgani sari o’zi ham buyuklashib boradi. O’sha maqsad qo’yish chog’ingizda ichingizda qanchalik kuch topa bilishingiz bu – himmatdir. Ko’chada nur sochib turgan chiroq hamda oy misolida misol keltiramiz. Chiroq 10-20 metr radiusda o’zining atrofini yoritsa, oy esa deyarli yer yuziga nur sochib turadi. Insonlarning himmatini ham shunga qiyos qilsak bo’ladi. Ayrim insonlar bor, tug’ilganidan beri o’zining yoki oilasining farovonligi bilan cheklanadi xalos. Hayotdan maqsadi eson-omon yashab olish, nasl qoldirish, uy qurish, mashina olish. Ayrim insonlar bor, tug’ilganidan beri yuqoridagilar bilan cheklanib qolmaydi, balki butun boshli tuman, yoki viloyat va butun respublika miqyosida hamda butun dunyo miqyosida insoniyatga, jamiyatga foydam tegsin deydi. Mana shu kesim-qamrov qanchalik kengayib borar ekan, sizning himmatingiz ham shunga qarab kattalashib kengayib boraveradi.
Hozirgi kunda ko’pchilik biznes trenerlar himmmatni maqsad qo’yish bilan bog’lashadi. Ammo, aslida, maqsad ham himmatning mahsuli evaziga qo’yiladi. Abraham Linkonl aytginek, agar menga daraxt kesish uchun 10 soat vaqt berilsa, uning birinchi to’rt soatini boltamni charxlashga sarf qilaman. Ya’ni biz buyerda qanchalik buyuk ish qilishimiz muhim emas, qanday boshlab olishimiz, qanday reja qilishimiz muhimroq hisoblanadi. Demak, rejalar va maqsadlar to’g’ridan-tog’ri himmatga bog’liq ekanligini ko’rib chiqdik.
Himmatning katta-kichikligi nimalarga bog’liq?
Birinchidan, gen (irsiyat) omiliga bog’liqdir. Masalan, gapida turadigan, qat’iyatli ota-onalardan qat’iyatli farzandlar dunyoga keladi. Va aksincha kuchsiz insonlardan kuchsizlar tug’iladi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling