O’z-o’zini anglash Oliy maqsad tushunchasi Strategiya Taktika


Xoja Ahror Valiy “Tabarruk risolalar” kitobidan


Download 0.85 Mb.
bet22/26
Sana18.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1554255
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
1. O\'zlikni anglash!

Xoja Ahror Valiy “Tabarruk risolalar” kitobidan.
Ey birodar qil o’zingga e’tibor
Sendadir har dam xazon birla bahor.
Jaloliddin Rumiy
Intizom
Intizom - bu qo‘yilgan maqsad va unga erishgan kunning bog‘lovchisidir. Biz hammamiz hayotda o‘z-o‘zidan va beixtiyor ikki og‘riqdan qiynalishimiz kerak: yo samarali intizomdan, yo intizomsizlikning pushaymonlik og‘rig‘idan, ya’ni afsuslanishdan. Farq shundaki, intizomli bo‘lishning og‘irligi grammlarda o‘lchansa, pushaymonlikning og‘irligi tonnalarda belgilanadi. Har qanday intizom bir-biriga bog‘liq, bir-biriga ta’sirini o‘tkazadi. Inson qulay fursatdan foydalanmadim, endi kech, deb aytsa, adashadi. Bu noto‘g‘ri. Har qanday e’tiroz butun jarayonda o‘z aksini topadi. Bunday sodda va go‘l fikr yuritmaslik kerak.
Intizom - bu butun muvaffaqiyat qurilishi mumkin bo‘lgan poydevordir. Intizomning bo‘lmasligi esa muqarrar muvaffaqiyatning barbod bo‘lishiga olib keladi. Axir intizom kelajakda o‘zi bilan moʻjiza yaratish imkonini beradi. Intizomni yo‘lga qo‘yish uchun eng yaxshi fursat g‘oya "toza", endigina kelganidadir. Bir intizom hamma vaqt o‘zi bilan ikkinchisini olib keladi. Intizomdan voz kechish sizni maqsadga olib boruvchi yo‘ldan adashtiradi. Adashdingizmi, orzuingiz ushalmaydi. Bular orasidagi farqni sezish uchun ko‘p narsani o‘zgartirishning hojati yo‘q. Bir necha oddiy intizomlar yo‘lga qo‘yilsa, oxirgi 90 kun ichida sezilarli ijobiy natijalar ko‘rish mumkin. Endi shuni bir yil yoki uch yil davomida olib borsak-chi, bu to‘g‘rida gapirmasa ham bo‘ladi. Ammo ozgina intizomning yetishmasligi o‘zingizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotadi.


Savol: Ustoz, men yozuvchiman. O‘zimning ishimni yoqtiraman. Yaxshi odamlar bilan ishlayman. Kelajakda yaxshi karyeram bor. Shu g‘oyalarimni kengaytirmoqchiman.
Buning uchun qo‘limdan kelgan ishlarni yuqori darajada bajaryapman. Nashriyotga buyurtmalar berdim. Bir qancha mualliflik ishlarim va loyihalarim bor. Bundan tashqari, sizning ilhom beruvchi, ruhlantiruvchi ko‘p kitoblaringizni o‘qiyman. Seminarlaringizga qatnashaman. Lekin eski muammo, bu ham bo‘lsa, ishimda siljish kam. Negadr orqaga surilib ketyapti. Shunga nima maslahat berasiz?
Javob: Har qanday maqsadni amalga oshirish uchun, asosan, ichki turtki bilan ko‘tarinki ruhda harakatni boshlash zarur, deb hisoblayman. Negaki, birinchi harakatdan so‘ng ilk qadamni qo‘ydingizmi, zerikish, charchash, har xil to‘siqlar, ichki kechinmalar, qo‘rquvlarga nisbatan o‘zingizda energiya sezasiz. Shundan boshlab hamma narsaga boshqacha ko‘z bilan qaray boshlaysiz. Men hayotda ko‘p odamlarni ko‘rganman. Ishlari orqaga surilganidan zorlanib yuruvchilar - bular bir umr, mangu talabalardir. Ular hamma vaqt o‘qiydilar, o‘rganadilar, hech qachon aniq bir harakat qilmaydilar. Men o‘qib-o‘rganishning katta tarafdoriman. Lekin maqsadim shu: o‘qib-o‘rganish, keyin harakat qilish, so‘ng yana ozgina o‘rganish va harakat qilish kerak. Shuningdek, hamma loyihalarni birlashtirishni taklif qilaman. Qaysi biri ayni vaqgda e’tiborga loyiq bo‘lsa, shularni jamlang va asosiysidan, yaqinda amalga oshirish mumkin bo‘ladiganidan boshlang. Ba’zida ko‘p, katta ishlarni birdan bajarmoqchi bo‘lamiz. Natijada hech narsaga erisholmaymiz. Shuning uchun avval orzular ro‘yxatini tuzish lozim. Aks holda hammasini boshlab, oqibatda hech nimani qo‘lga kiritolmasligimiz mumkin. Donishmandlarning so‘zi borki, yuz kilometrli sayohat ham birinchi qadamdan boshlanadi. Xuddi mana shu asta qo‘yiladigan odimlar ulkan ishlarga olib boradi. Siz hamma vaqt o‘zingiz uchun javobgar bo‘ling. Ish beruvchi sizning ish haqingizni belgilab bermasin, o‘zingiz aniqlang. Bo‘lmasa, u qadr-qimmatingiz ustidan ham hokimlik qilishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymang! Siz shamolning yo‘nalishini, yil fasllarini o‘zgartira olmaysiz. Biroq o‘zingizni o‘zgartira olasiz. Mana shunga siz haqiqatdan ham javobgarsiz. O‘zingizni rivojlantirish
uchun qanaqa kitoblar o‘qish, qanday yaxshi bilimlar olish, qanaqa semenar-darslarga borish kerakligini bilasiz.
Muvaffaqiyatni ushlab bo‘lmaydi. Uni faqat o‘zimizni yaxshi tomonga o‘zgartirgan holda o‘zimizga jalb qilishimiz mumkin.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling