O’z-o’zini anglash Oliy maqsad tushunchasi Strategiya Taktika


Download 0.85 Mb.
bet20/26
Sana18.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1554255
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
1. O\'zlikni anglash!

Ikkinchidan, himmat tarbiya va atrof muhitga bog’liq. Napaleonni “turing janob, sizni buyuk ishlar kutmoqda…” deb uyg’otishgan. Ushbu ish orqali uning himmatini kengayishiga ta’sir qilishgan hamda ong ostiga ta’sir qilib, buyuk ishlarga tayyor bo’lib turishini, hokimiyat uni qo’liga o’tganida darrov buyuk ishlarga kirishishiga tayyorlashgan edi. Siz-u bizni bu dunyoda tutgan mavqeyimiz qanday darajada ekanligi bu bizga shu paytgacha aytilib kelingan e’tiroflar, samimiy gaplar va rag’batlantirishlar samarasidir. Bu yerda eng katta ahamiyatga molik insonlar bu shak shubhasiz bizning ota-onalarimizdir. Shu o’rinda bir savol tug’iladi: “Agar ota-onaning o’zini bundan xabari bo’lmasa-chi?”. Bu holatda mas’uliyat va harakat ikki karra oshadi va o’zingizga o’zingiz yordam berishingiz kerak bo’ladi. Buning yo’li esa, hozirgi kundagi Yevropada mashhur bo’lgan psixosomatikaning “afirmatsiya” usulidan foydalanish mumkin. Ya’ni bunda oynaga qarab, kulib, tabassum qilib, sen buni qila olasan, deya o’zingizga-o’zingiz ishonch va rag’bat berasiz.
Uchinchidan, ustoz omili. Bahouddin Naqshbandiy shogirdlariga shunday shart qo’yar ekan: “Agar kimiki, birinchi qadamini Boyazid Bistomiyning oxirgi qadamiga to’g’rilamas ekan, menga muridlikka kelmasin”, - degan edilar. Boyazid Bistomiy Bahouddin Naqshbandiydan bir necha yuz yil oldin yashagan bo’lsada, o’z zamonasining buyuk olimlaridan bo’lgan. Naqshbandiy ushbu gap orqali, siz ham ushbu olimni oxirgi qadamlariga qadamingizni to’g’rilab bir qadamda yetishni himmat qilmasangiz, ya’ni siz ham aynan mana shunday ilmli olim bo’lishni himmat qilmasangiz, shunday buyuk ishlarni qilishga ko’zingiz yetmasa meni oldimga kelib o’tirmang mazmunida gapirgan edi. Kuchli insonlarning ortida kuchli ota-ona, kuchli ustoz yoki kuchli ayol bo’ladi.
To’rtinchidan, duo omili. Inson taqdirini duo chalik hech bir aspekt o’zgartira olmaydi. Inson duoda iloji boricha kattaroq narsani so’rashi kerak. Bunda, maqsad, himmat, mansab bobida ham, boylik, jamiyatdagi o’rni va insoniyatga foyda keltirishi mumkin bo’lgan masalada ham kattaroq narsa so’rab duo qilishi kerak.
Farididdin Attorning “Tazkirat ul-avliyo” asarida Boyazid Bistomiyning Yahyo ibn Voz degan avliyoga yozgan xati shunday degan edi: “Ey Yahyo, agar otamiz Hazrati Odamning ravshanligi, Jabroilning pokligini, Ibrohimning sifatini, Musoning shavqini, Isoning tahoratini, Muhammad Mustafo (s.a.v) ning muhabbatini senga bersalar qabul etmagil. Hanuz ortig’ini tilag’ilkim, jannatda ajib va g’arib narsalar ko’pdir…”
Himmat qilsangiz hayotingiz, albatta, go’zal bo’ladi. Shu o’rinda himmat bo’yicha ajoyib bir insonning hayotidagi o’zgarishlaridan misol keltiramiz. Hindistonlik Sundar Pichai o’rta hol oilada tug’ilgan edi. Ammo 2015-yilda Google komlaniyasiga egalik qiluvchi Alphabet inc xoldingi tashkil etilgach, Sundar Pichai Google kompaniyasiga rahbar etib tayinlanadi.
Go‘zal hayot o‘zi kelmaydi. U o‘qib-o‘rganish, muntazam intilish, qattiq mehnatning natijasidir. Bu baxtli hayotga berilgan eng munosib ta’rif. Aks holda, Janubiy Hindistonning uzoq Maduray shahrida, oddiy oilada dunyoga kelgan bolakay 2016 yilda okean ortining eng ko‘p haq to‘lanadigan rahbarlaridan biriga aylanmas edi.
Sundar Pichai 1972-yilda Hindistonning Tamil Nadu shtatida, injener-elektrik xonadonida tavallud topgan.
Googlening bo‘lajak rahbari yoshligidanoq ilmga chanqoqligi bilan tengdoshlaridan ajralib turgan. U maktabda kamgap, ammo so‘zlari ma’noga to‘la, uyatchan o‘quvchi bo‘lgan. Elektronika mahsulotlarini "titkilash" uning uchun eng sevimli mashg‘ulot edi.
Uni insoniyat hayotiga yengillik olib kelayotgan kompaniyaning dahosi deyishadi.
Sundar juda kamsuqum va kamtarin inson. U bilan suhbatlashayotgan oddiy inson ham uning xalqaro ahamiyatga ega kompaniyaning rahbari ekanini his qilmaydi.
2016 yilning ilk oyida Las-Vegasda o‘tgan Elektronika mahsulotlari iste’molchilari ko‘rgazmasi chog‘ida ham janob Pichai ko‘rgazmani yolg‘iz o‘zi aylanib, yangi mahsulotlar bilan tanishib chiqadi. U bilan suhbatda bo‘lganlarning ko‘pchiligi nafaqat dunyoning eng salohiyatli insonlaridan biri bilan suhbatlashginini, qarshisida Google'ning rahbari turganini ham sezishmaydi.
Sundar Pichai Hindistonning Xaragpur texnologiyalar instituti (bakalavr), AQShning Stenford universiteti (magistr), shu bilan birga Pensilvaniya universitetida tahsil olgan.
U xotini Anjali Pichai bilan bakalavrda o‘qib yurgan kezlari tanishib qolgan va ayni vaqtda 2 farzandlari bilan birgalikda Kaliforniyada istiqomat qilishmoqda.
O‘rta hol hindistonliklar kabi bolaligi 2 xonali uyda o‘tgan Pichai oilasi bugun 5 yotoqxonali, ichida tennis korti, futbol maydoniga ega hovlida istiqomat qiladi.
2004 yilda Google kompaniyasidagi faoliyatini oddiy menejerlik lavozimidan boshlagan Pichai 2015 yilda 66 milliard AQSh dollari kirim bo‘ladigan, 16 milliard dollar daromad ko‘radigan kompaniyaning rahbariga aylandi.
Menejerlikdan so‘ng u vitse-prezident, so‘ngra bosh vitse-prezident, so‘ngra Google ilovalari uchun ma’sul shaxsga aylandi.
Janob Pichai Google Chrome, Chrome OS, shuningdek Google Drive kabi dasturiy mahsulot va loyihalarning menejmenti bo‘yicha mas’ul lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. U kompaniyaning Gmail hamda Google Maps loyihalarining rivojiga katta hissa qo‘shgan.
Google tomonidan ishlab chiqilgan Google Search, Google Toolbar, Google Pack, Google Gears, Gmail Apps, Maps ilovalari, Android One mobil operatsion tizimini yaratishda ham Sundar Pichaining sa’y-harakatlari yuqori.

Janob Pichaini hamkasblari mohir diplomat, deb bilishadi. Rahbar sifatida u har bir xodim bilan muomalani maromiga yetkazadi. Kompaniyada uni yomon ko‘radigan, undan ozor chekkan biror xodimni topish mahol.


Sundar Pichaining bolaligi ilmiy kitoblar bag‘rida o‘tdi. Ularning oilasida televizor ham, avtomobil ham bo‘lmagan. Sundar Google kompaniyasiga ishga kirganidan so‘ng ota-onasi o‘g‘li bilan gaplashib turish uchun uyga telefon tarmog‘ini torttirishadi.
Sundarning otasi o‘g‘lini AQShda o‘qitish maqsadida, bankdan qarz oladi.
MasterCard, Microsoft, PepsiCo kabi dunyoning yetakchi kompaniyalarini Sundar Pichaiga o‘xshagan kelib chiqishi hindistonlik bo‘lgan insonlar boshqaradi.
Nyu-Hempshir universiteti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, hindistonliklarga xos xokisorlik va yuksak ilmiy salohiyat qorishmasi va kasbiy intilish ularning muvaffaqiyat siri ekan.
Pichai bolaligida kompyuter mutaxassisi bo‘lishni reja qilmagan. U boshqa hindistonliklar singari kriket muxlisi bo‘lgan kriketchi bo‘lishni maqsad qilgan. U maktab jamoasining sardori bo‘lgan.
Pichai doimo oddiy oiladan kelib chiqqanini, ota-onasi uning uchun hayotning qulayliklarini o‘tkazib yuborganlari, o‘g‘illari ta’lim olishi uchun ular kezi kelganda qulay hayotdan voz kechganlarini ta’kidlaydi.
Shuningdek, Pichai iqtisodiy qiyinchilik sabab maktabni ham bitirmagan onasiga o‘xshagan yuz minglab hindistonlik ayollarning o‘qib-izlanishlari uchun internet orqali maxsus loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. U shu yo‘l orqali ota-onasiga barchasi uchun rahmat aytmoqchi.
Alphabet xoldingi rahbari Larri Peyj mehnatkash Sundarni doimo kompaniyaning tog‘laridan biri deb bilgan. Shu sababli ham, uni rahbar lavozimiga ko‘tardi. Qolaversa, unga kompaniya aksiyalaridan ajratib, mehnatiga nisbatan yuksak hurmat ko‘rsatdi.
2016-yilning 3-fevral kuni 43 yoshli Sundar PichaigaAlphabet xoldingining $199 million dollarga teng bo‘lgan 273,328 dona aksiyasi topshirilgan. Aksiyalardan tushgan navbatdagi mukofot puli bilan birga Pichay narxi taxminan $650 million dollarga teng aksiyalar egasiga aylandi. Natijada Sundar Pichai AQShda eng ko‘p haq to‘lanadigan inson degan sharafli nomga ega bo‘ldi.

Guvohi bo‘lganingizdek, Sundar Pichai muvaffaqiyatdan umidvor bo‘lib harakat qildi, mehnatiga muvaffaqiyat bilan nazar soldi, muvaffaqiyatni his qila oldi. Natijada, uning ijobiy natijalaridan butun dunyo hayratga tushmoqda. Ushbu natijalarga erishishda Sundar Pichayining ota-onasining ko’zga ko’rinmas xizmati bor edi. Bu ko’zga ko’rinmas xizmat shunday iborat bo’ldiki, ular o’z farzandlari uchun, uning kelajagi uchun banklardan qarz olib bo’lsa-da, uni ta’lim olishiga, ilm olishiga sarmoya kiritdilar va himmat qildilar. Himmat esa, ularning farzandlarini butun dunyoga mashhur inson qildi va dunyo bo’yicha har bir oilaga virtual tarzda kirib brogan Goodle kompaniyasiga rahbar qildi. Demak, siz himmatingizni baland qilsangiz, himmat sizni baland “nuqtalar”ga olib chiqar ekan.




  1. Download 0.85 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling