O’z-o’zini anglash Oliy maqsad tushunchasi Strategiya Taktika


Download 0.85 Mb.
bet3/26
Sana18.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1554255
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
1. O\'zlikni anglash!

Yashashdan maqsad nima??
Hayotdagi maqsad sizning potentsialingizga erishish uchun kerak. Har qanday odamda kashf qilinishi, rivojlanishi va namoyish etilishi kerak bo’lgan ba’zi xususiyatlar yoki ko’nikmalar mavjud. Ular yuqoridan berilgan, bir sovg’adir. Ushbu sovg’ani yashirish mumkin emas, lekin bu dunyoni yaxshiroq qilish uchun boshqalarning manfaati uchun ishlatilishi kerak. Agar inson o’zidan biror bir iste’dodni kashf etsa va keyin uni boshqalarga bersa, u o’zini yer yuzidagi eng baxtli inson sifatida his qiladi2.
ORZU VA MAQSADNING FARQI NIMA?
Buni shunday ajratish mumkin. Bir daraxt misolida, aytish mumkinki, orzu bu daraxtning ildizi bo’lsa, reja daraxning tanasidir. Daraxtning mevalari esa bu maqsad hisoblanadi. Demak, meva olish uchun daraxtning ildizi mustahkam, tanasi baquvvat bo’lishi kerak ekan. Shuningdek, daraxtning tanasi qiyshayib ketishi natijasida mevaga erishish ham qiyin bo’ladi. Daraxtni o’z vaqtida sug’orish esa, bog’bonning vazifasidir. Shunday qilib, inson o’z maqsadiga erishish uchun, uning ustozi (bog’boni), orzusi (ildizi), rejasi (tana) va maqsadi (mevasi) bo’lishi kerak.
Orzu va maqsadning asosiy farqlaridan biri bu orzu insonning xayoliy kechinmalari evaziga uning miyyasida aylanadigan ma’lum bir erishmoqchi bo’lishi kerak bo’lgan tafakkuri bo’lsa, maqsad orzuning qog’ozga tushirilishi va ma’lum bir muddat ichida (deadline) bajaralishi tushuniladi.
ORZU+Qog’ozga tushirish+muddtat (deadline)=MAQSAD
Amaliy savol (o’quvchilarga beriladi): Tasavvur qiling, sizda $ 86400 dollar pulingiz bor, siz 6 soat ichida orzu, reja va maqsad asosida shuncha pulni qanday ishlatasiz deb, har bir bolaga yozdirish kerak. Bu pul ertaga yana beriladi sizga. Keying kun ham beriladi.
Keyingi savol: Kim o’qituvchiga bir soniyasini $ 1 ga sotadi. Masalan, 100 sekundini sotib, 100 sekund davomida o’qituvchi aytgan har qanday ishni qilishi kerak. Masalan, derazadan o’zini pastga tashlash. (Bunda o’quvchi tabiiy ravishda yo’q deydi va vaqtini bekorga sotganligini his qiladi.)
Amaliy misoldan xulosa: Har bir insoning 24 soati bor va bu 86400 soniyadan iborat. O’quvchi o’zining 1 soniyasini $1 ga sotmadimi, demak, unga vaqtning qadrini a niq tushuntirish kerak. O’quychining, har bir soniyasi nimaga sarflanayotganligini tushuntirish kerak. (Masalan, internetga, telefon o’yinlariga vahokazo)
Uxlab pul topadigan insonlar (Abdusattor Abdurahimov misolida) haqida misol aytish. Masalan, ular uxlasa ham ularga soniyasiga pul keladi. Bunga qanday erishilgan?
Chunki, ular o’z vaqtida orzu, reja va maqsadlarini aniq qo’yib olgan, vaqtini to’g’ri sarflagan va ilm olgan.
Hayotning ma’nosi orzu-niyatlar sari intilishning go’zalligi va qudratidadir, shuning uchun tiriklikning har daqiqasi o’zining yuksak maqsadiga ega bo’lishi kerak.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling