O’z taqdirimiz o’z qo’limizda Cho’pon yigit Santyagoning sayohatlari haqida hikoya qiluvchi
Download 27.04 Kb.
|
Alkimyogar
Alkimyogar O’z taqdirimiz o’z qo’limizda Cho’pon yigit Santyagoning sayohatlari haqida hikoya qiluvchi << Alkimyogar>asari zamiridagi asosiy tushuncha–“O’z taqdirim”–nima o’zi bu?Bu –hayotimizning oliy mohiyati –ro’yi zamindagi umrguzaronligimiz uchun tayyorlab qo’ygan yo’l .Biroq eng muqaddas orzulari istiqboliga ana shu yo’ldan borishga jura’t topish hammaga ham nasib etavermaydi . Nega hammaning ham orzu umidlari ro’yobga chiqavermaydi? Bunga yo’ldagi to’rtta g’ov halaqit beradi .Birinchisi shuki –odamzodga go’daklikdayoq hayotdagi eng kata orzulari–amalga oshmaydigan orzular deb singdiriladi.U ana shu tushuncha bilan ulg’ayadi,yillar o’ta borgan sari uning qaqlbi behisob istiholalar va qo’rquv dan qurum bog’lab boradi,gunohkotrlik hissiga to’lib qoladi.Bir kun shunday lahza keladiki,O’z taqdiri yo’lidan boorish istagi ana shu chirkin yuk tufayli unga o’limdan ham qo’rqinchliroq bo’lib tuyuladi va o’shanda inson o’zini bu dunyoga nima uchun kelganini anglash tuyg’usidan mahrum bo’lin qolganday his qiladi .Aslida o’shanda ham o’zining oliy mohiyati Borasida tushuncha hali qalbida jon saqlab turgan bo’ladi Mabodo insonga o’z qalbining tub-tubiga cho’kkan orzularini qutqarib qolishga jurat yetsa va uni ro’yobga chiqarmoq uchun kurashdan voz kechmaslikka ahd qilsa ,u odamni yangi bir sinov kutib turadi:Muhabbat!U hayotning qanday ne’matiga ro’baro’ kelganini ,qanday hissiyotlarni boshdan kechirish kerak ekanligini biladi,ammo hamma narsadan voz kechib , orzularimga ergashib kesam ,yaqinlarimni azob va iztirobga qo’yaman deb qo’rqadi.Bu esa o’sha odam to’siq emasligini,u halaqit bermasligini,aksincha ,olg’a intilishga madad berishini anglamaydi degan gap.Ammo o’sha insonga kimki ezgulik sog’insa ,unga qo’lini cho’zadi tushunishga va bu yo’lda uni qo’llab quvatlashga harakat qiladi . Qachonki inson muhabbat to’siq emasligini ,yo’ldosh ko’makchi ekanligini anglab yetgan chog’ to’rtinchi g’ov qarshi oladi :omadsizlik va mag’lubiyat qo’rquvi!O’z orzusi uchun kurashayotgan inson boshqalarga nisbatan ko’proq azob chekadi ,qaysidir amali aytganiday chiqmasa :”Sadqai sar,o’zim ham o’lib turganim yo’q edi”,qabilida qo’l siltashga ham haqqi yo’q .Chunki bu o’zining hohishi ekanligini va bu yo’lda borini tikkanligini ham yaxshi biladi.U yana o’z taqdiri belgilagan yo’l boshqa yo’llar singari mashaqqatli ekanligini,bu yo’lda “Qalbi o’zi bilan birga “o’zi bilan birga ekanligini anglaydi .Shuning uchun ham olam Jangchisi hayotning eng mushkul damlarida asqotadigan sabr-bardoshga ega bo’lmog’i va uning orzusi aql bovar qilmas taqdirda bo’lsa ham ushalmog’i butun olam yordam berishiga ishonmog’i lozim. Siz “Mag’lubiyatlar ham shunchalik zarurmi?”deb so’rashingiz mumkun.Zarurmi?yo’qmi–ular yuz beradi .Inson o’z orzulari uchun endigina kurashga kirgan chog’da tajribasizligi tufayli juda ko’p xatolarga yo’l qo’yadi/Hayotning mohiyati ham aslida shu–yeti marta yiqilib ,sakkiz marta turishda . Siz yana :”Agar shunday ekan ,o’z taqdirimizga ergashganligimiz tufayli boshqalarga nisbatan ko’proq azob chekar ekanmiz ,nima keragi bor ergashishning ?”deb so’rashingiz mumkun . Shuning uchunki,omadsizliklar va mag’lubiyatlar ortda qolgan kun– bir kuni albatta ortda qoladi–biz o’zimizni butunlay baxtli his qilamiz va o’zimizga ko’proq ishona boshlaymiz .Chunki qalbimizning tub-tubida biz o’zimizni g’ayrioddiy hodisalar yuz berishiga loyiq odam,deb hisoblaymiz .Hayotimizning har bir kuni ,har bir soati bu–Sharafli Jangning lahzalaridir .Sekin asta biz umrimizning har bir daqiqasidan zavqu-u shafq olishga har bir daqiqasidan rohatlanishga o’rgana boramiz.Kutilmaganda bosimizga tushadigan baloi qazodan tortadigan azobimiz naqadar kuchli bo’lmasin o’tib ketadi ,unutiladi .Lekin chidasa bo’ladigandek uncha kata fojea emasdek tuyuladigan boshqa azob bor:bunday azob yillab davom etadi,bilintirmasdan muttasil ravishda qalbimizni yemira boradi va hech qachon chora topib bo’lmaydigandek g’am bo’lib qalbimizda batamom o’rnashadi,hayotimizning so’nggigacha qora qayg’uga aylantiradi. Shunday qilib ,inson o’z qalbining tubiga cho’kib borayotgan oliy orzusini qutqarib olib,beqiyos mehr va muhabbat bilan parvarish qiladi,uni ro’yobga chiqarish yo’lida ortirganyuragidagi jarohatlar va chandiqlarga ham parvo qilmaydi,dafatan u shuncha uzoq intilgan orzusi ushaloyatganini,hatto erta indin ro’yobga chiqarish mumkunligini sezib qoladi.Ayni shu damda uni so’ngi g’ov,so’ngi sinov kutib turadi:hayotning eng oliy orzusiushalishi oldidagi qo’rquv. Oskar Uayld :”Odamzod doimo hayotidagi eng sevgan narsasini barbot qiladi”,deb yozgan edi.Haqiqatdan ham shunday .Inson umr bo’yi intilgan orzusi amalga oshayotganini anglagan daqiqada qalbi gunohkorlik tuyg’usiga to’ladi.Atrofga qarab orzu-umidlariga erisholmagan ko’plab odamlarni ko’radi va “Men ham bu baxtga munosib emasman”,deb o’ylay boshlaydi.Inson shu orzusini deb chekkan iztiroblarini,azoblarini,bergan qurbonliklarini unutadi.Men shunday odamlarni bilamanki ,o’z taqdirini yo’lidan borib,butun qalbi va vujudi bilan intilgan oliy orzulariga qo’l cho’zsa yetadigan darajada yaqin qolganlarida ,so’ngi lahzada shunday tentakliklar qilishganki,natijada orzulari orzuligicha qolib ketavergan . Ana shu to’rtta g’ovdan eng dog’ulisi,nomalum bir muqaddaslik,ilohiylik libosiga burkangandek tuyuladigani–muzaffarlik nashidasi va quvonchidan voz kechish tuyg’usidir !Agar qachonki inson,o’zi jiddu jahdi bilan kurashgan orzusiga o’zini munosib hisoblasa,ugo’yoki xudoning qo’lidagi qurolga aylanadi ,mana shu olamga ,kurrai zaminga tashrifining asl mohiyati unga ayon bo’ladi. “Alkimyogar “romani ana shular haqida ramziy bir shaklda hikoya qiladi. Poelo Koelo 2000yil,iyul
Download 27.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling