O'z va o'zlashgan qatlam mundarija: Kirish i-bob. Lug’at sathining qo’llanish doirasiga ko’ra tasnifi
Download 36.58 Kb.
|
O\'Z VA O\'ZLASHGAN QATLAM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijroiya qo‘mita
Lug‘at maqolalarining tuzilishi
Har bir maqolaning bosh so‘zlari Lug‘atda alifbo tartibida joylashtirilgan. Bosh so‘z va uning muayyan xususiyatiga doir barcha ma‘lumotlar va belgilar, unga berilgam izohlar lu‘at maqolasini tashkil etadi. Bosh so‘z katta harflar bilan berilgan bo‘lib, undan so‘ng katta qavs ichida so‘zning etimologiyasi, ya’ni qaysi tilga mansub ekanligi haqida, keyin esa mazkur so‘z yoki atamaning qaysi sohaga oidligi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Agar so‘z tilimizga o‘zlashtirish jarayonida turli fonetik o‘zgarishlarga uchrab, uning o‘zbek tilidagi hozirgi ko‘rinishi o‘zining asl shaklidan uzoqlashib ketgan bo‘lsa, katta qavs ichida etimologik ma’lumotning yonida so‘zning asl ko‘rinishi ham ko‘rsatilgan. Masalan: VAJ [a vajh] … yoki ASTOYDIL [f-t az tahi dil]… Bir tildan o‘zlashgan omonimlar, ya’ni shakldosh so‘zlar hamda turli tillardan o‘zlashib ominimik munosabat hosil qilgan so‘zlar alohida-alohida maqolalarda bosh so‘z sifatida berilgan va bir-biridan farqlanishi uchun rim raqamlari bilan belgilangan. Masalan: GAZ I [f-t] esk. 1 Ilgari amalda bo‘lgan, 0,71metrga teng uzunlik o‘lchovi; arshin. GAZ II [goll] Zarralari o‘zaro kuchsiz bog‘langan, shu sababli o‘zi ishg‘ol qilgan bo‘shliqni bir tekis to‘ldirib turadigan yengil modda; yonilg‘i. O‘zlashma so‘zlarning aksariyati tilimizga rus tili orqali kirib kelganligi sababli, ularning talaffuzi ham ko‘p hollarda rus tilidagi talaffuzidan farq qilmaydi va bu hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun me’yor hisoblanadi. Shuning uchun Lug‘atda so‘zlarning transkripsiyasi, ya’ni talaffuziga doir maxsus ko‘rsatmalar keltirilmagan. Biroq o‘zbek tilida urg‘u turg‘un bo‘lib, u asosan so‘zlarning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi, hind-yevropa oilasiga mansub tillarning aksariyatida esa urg‘u erkin bo‘lgani uchun, so‘zning har qanday bo‘g‘iniga tusha oladi. Shuningdek, hindcha, yaponcha, portugalcha va ayrim arabcha so‘zlarda ham urg‘u so‘zning birinchi yoki ikkinchi bo‘g‘iniga tushishi mumkin. Shu bois so‘zlarning oxirgi bo‘g‘iniga tushmagan hollarda urg‘u yozuvda ko‘rsatildi. Alohida maqolalarda bosh so‘z vazifasida kelgan, shaklan o‘xshash, talaffuzda farqlanuvchi so‘zlar (omograflar)ning esa har ikkala shaklida ham urg‘u belgisi qo‘yilgan. Masalan: AKADÉMIK [r] … AKADEMÍK [r akademicheskiy] … Ma’nodosh (sinonim) so‘zlarning har biri mustaqil ravishda alifbo tartibida o‘z o‘rnida berilib, izohlangan. Ayrim hollarda so‘z izohi o‘rnida ayn. belgisi bilan uning faol sinonimi keltirilgan: RIYOZIYOT [a] esk. ayn. Matematika. Lug‘atda so‘zlarning asosan hozirgi o‘zbek adabiy tilida keng qo‘llanadigan ma’nolari qisqa izoh bilan bayon etilgan. Polisemantik (kopma’noli) so‘zlarning har bir mustaqil ma’nosi tartib bilan alohida-alohida izohlangan va bir-biridan farq qilishi uchun arab raqamlari bilan ajratilgan. Ko‘chma ma’noda qo‘llanadigan so‘z oldidan ko‘ch. belgisi qo‘yilgan. Agar shakldosh so‘zlar yoki kopma’noli so‘zning alohida ma’nolari turli turkumlarga oid bo‘lsa, u holda izohlanayotgan so‘zning kelib chiqishiga oid ma’lumotlardan keyin uning qaysi turkumga oid ekanligi ham ko‘rsatilgan. Masalan: TAAJJUB [a] 1 sft. Kishini hayratda qoldiradigan, ajablanarli, g‘alati. 2 ot. Ajablanish, hayronlik. 3 kirsh.s. Ajab, qiziq. O‘zbek tilida boshqa so‘z bilan turg‘un birikma shaklida qo‘llanadigan o‘zlashmalar tik to‘g‘ri chiziqdan keyin birikma shaklida qora harflar bilan berilib, izohlangan. Masalan: IJROIYA [a] | Ijroiya qo‘mita – xalq deputatlarining hokimiyat organlari qarorlarini bajaruvchi, amalga oshiruvchi organi. Lug‘at hajman kichik, ixcham va foydalanishda qulay bo‘lishi uchun, unga turli iboralar, maqol hamda matallardan misollar va sitatalar kiritilmadi. Lug‘atdan foydalanishdan avval shartli qisqartmalar bilan tanishib chiqish lozim bo‘ladi. LUG’AT SATHI TARAQQIYOTIDAGI ICHKI OMILLAR. SO’Z YASALISHI So’z yasash yo’llari, usullari so’z yasalishi bahsida o’rganiladi. So’z yasalishi asosan ikki usul bilan amalga oshadi: affiksatsiya usuli va kompozitsiya usuli. 1. Affiksatsiya usuli mustaqil ma’noli morfemaga, so’zning o’zak-negiziga so’z yasovchi qo’shimchalarni (affikslarni) qo’shish orqali yangi so’z yasashdir. So’zning o’zak-negiziga yasovchi qo’shimchalar qo’shish bilan hosil bo’lgan yangi so’z yasama so’z deyiladi (sodda so’zlar tuzilishi jihatdan ikki xil bo’ladi; tub va yasama so’z. Tarkibida so’z yasovchi qo’shimcha ishtirok etmagan so’z tub so’z deyiladi.) Ot, sifat, fe’l, ravish yasovchi qo’shimchalar so’z yasovchi hisoblanadi. Affiksatsiya so’z yasashda unumli usuldir: chiroy-li-chiroyli; mulk-dor-mulkdor; qahramon-ona-qahramonona, qahramon-larcha-qahramonlarcha. 2. Kompozitsiya usuli (so’zlarni qo’shish) orqali qo’shma so’zlar hosil qilinadi. Birdan ortiq mustaqil ma’noli morfemaning (mustaqil so’zning) birikib, yaxlit bir lug’aviy ma’noni ifodalashi qo’shma so’z deyiladi: oqqush, toq qaychi, molboqar, temir yo’l, asalari, oshqozon, tomorqa, qizilishton, bo’rikalla, karnaygul. Ko’rpacha, qattiq, suyuq, silliq, quyuq, tirik, tiril, moddiy, siyosiy, maishiy, emakla, g’ovla, o’dag’ayla, tarashla, ko’chmanchi, tiqmachoq, bo’g’iz, bosqich, zarurat, po’stloq, quloqchin, qoldiq, shodiyona, biror (biron), bezor, oqliq, sholcha, qishloq, qizg’in, chirkin... kabi so’zlar hozirda yasama deb emas, tub so’z sifatida qaraladi. Bulardan tashqari so’z yasashning quyidagi usullari ham uchraydi. 3. Fonetik usul: ko’r-ko’z, bo’r-bo’z. So’z urg’usini ko’chirish orqali so’z hosil qilish ham fonetik usul hisoblanadi: yangi (sifat)-yangi(ravish). 4. Semantik usul; so’z ma’nosining o’zgarishi asosida yangi so’zning hosil bo’lishi: to’garak-aylana, to’garak-mashg’ulot, uloq (hayvon) uloq(sport turi). ko’k-rang, ko’k-osmon, yupqa-qalin emas, yupqa-taom nomi; kun(sutkaning yorug’ qismi)- kun(quyosh). 5. Abbreviatsiya usuli (so’zlarni qisqartirish) rus tilidan qabul qilingan: Tosh MI, MDH, BMT. Qisqartirib yangi so’z hosil qilishning bir necha ko’rinishlari bor: bosh harflarni qisqartirib olish (AQSh); birinchi so’zning dastlabki bo’g’ini va keyingi so’zlarning bosh harfini olish (SamDU) kabi. So’zning ma’lum bir grammatik ma’no ifodalovchi shakli so’zning grammatik formasi (shakli) deyiladi. Grammatik ma’noni ifodalovchi morfema grammatik ( morfologik) ko’rsatkich ham deyiladi. Masalan, ko’plikning grammatik ko’rsatkichi-lar; bosh kelishik va bo’lishlilik ko’rsatkichi yo’q (nol ko’rsatkichli). Grammatik shakl (so’z formasi) ning uch xil turi mavjud: 1. Affikslar (qo’shimchalar): uyni, uydan, uyga; o’qiyapman, o’qiyapsan, o’qiyapti. Affikslar yordamida yasaluvchi forma sintetik forma deyiladi. 2. Yordamchi so’zlar orqali hosil bo’luvchi forma; ukam uchun, park tomon, o’qib ko’r, o’qib chiq. Yordamchi so’z vositasida yasaluvchi forma analitik forma deyiladi. 3. Juft va takroriy shakl: qozon-tovoq, yaxshi-yomon juft formalari umumlashtirish ma’nosini; baland-baland, qator-qator, kula-kula kabilar ko’plik, takror, ta’kid ma’nosini ifodalaydi. Download 36.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling