Oʻzak va uchta yoki undan ortiq muqobil javoblar
Qoʻyilgan muammoning domen uchun muhimligi
Download 19.05 Kb.
|
3-4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻzakda inkor ishlatilmasligi.
- A. Toshkent
- Muqobil javoblarning uzunligi.
- Hammasi toʻgʻri.
Qoʻyilgan muammoning domen uchun muhimligi. Tuzgan testingiz ahamiyatsiz muammodan iborat boʻlib qolmadimi? Bu ham testning asosiy qoidalaridan biridir. Masalan, biror asardagi biror voqea sodir boʻlganda qahramonning qaysi kiyimda boʻlgani haqidagi savollar adabiyot fani uchun, umuman olganda keraksizdir.
Oʻzakda inkor ishlatilmasligi. Test tuzganingizda uning oʻzagida inkor ishlatilmagani ma'qul. Bu test topshiruvchini chalgʻitib qoʻyib, bilgan narsasini topa olmay qolishi mumkin. Testning vazifasi yiqitish emas, baholash ekanini unutmaslik zarur. Muqobil javoblarning bir-biridan mazmunan uzoq boʻlmasligi. Chalgʻituvchi javoblar va kalit javob oʻrtasida mazmuniy farq juda yiroq boʻlmasligi zarur. Aks holda, topshiruvchi bu testni juda osonlik bilan yechib qoʻyadi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasining poytaxti ... shahridir. A. Toshkent B. Yusuf xos Hojib D. Nyu-York E. Buxoro Bu testda yuqoridagi qoida buzilgan. Ya'ni muqobil javoblarning ikkitasi kalit boʻlishga yaroqli xolos. Qolganlari umuman savolga bogʻliq emas. Muqobil javoblarning uzunligi. Muqobil javoblar uchun tanlangan misollarning uzunligi bir-biriga oʻta yaqin, deyarli teng boʻlishi kerak. Aks holda topshiruvchi eng uzun yoki eng kalta javobni tanlab qoʻyishi mumkin. Bu ham testning validligini tushirib yuboradi. Chalgʻituvchilarning ahamiyati. Chalgʻituvchi muqobil javoblar orqali yaxshi oʻzlashtiruvchi va past oʻzlashtiruvchi oʻquvchini aniqlab olish mumkinmi? Ya'ni test oluvchi notoʻgʻri javob tanlanganiga qarab ham topshiruvchining qayerda xato qilayotganini bilishi va u boʻshliqni toʻldirishga urinishi zarur. Hammasi toʻgʻri. Muqobil javoblarda "Barcha javob toʻgʻri", "Toʻgʻri javob yoʻq" kabilardan foydalanish mumkin emas. Bunday testlarda topshiruvchi odatda shu shakldagi javoblarni tanlab qoʻya qoladi. Taxmini ham toʻgʻri boʻlib qolishi mumkin. Bunday javoblar, aslida, notoʻgʻri javob sifatida ishlatilgan boʻlsa ham undan foydalanmaslik kerak. Topshiruvchini ortiqcha chalgʻitish yaxshi emas. Download 19.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling