Oʻzak va uchta yoki undan ortiq muqobil javoblar
Muqobil javoblarning grammatik oʻxshashligi
Download 19.05 Kb.
|
3-4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toʻgʻri javobning koʻrinishi.
- Muqobil javob
Muqobil javoblarning grammatik oʻxshashligi. Tanlangan muqobil javoblarning grammatik oʻxshashligini ta'minlash zarur. Bir javob harakat nomi bilan tugadimi hammasi shu shaklda tugashi kerak. Biri inkor biri tasdiq shaklida boʻlsa ham testning validligini tushirib yuboradi.
Toʻgʻri javoblarning tartibi. Tuzilgan testlarda toʻgʻri javoblar faqat bir oʻrinda (hammasi A) yoki ma'lum bir ketma-ketlikda (A, B, A, B yoki A, B, C, D) kelib qolmasligi zarur. Topshiruvchi qonuniyatni anglab qolsa qolgan savollarni oʻqimay ham yechib qoʻya oladi. Toʻgʻri javobning koʻrinishi. Toʻgʻri javobda oʻzakda ishlatilgan soʻzlar, ularning sinonimlari ishlatilmasligi kerak. Bunday testlarni topshiruvchi juda oson topib oladi. Natijada testning validligi tushib ketadi. Shuning kalitda "doim", "hech qachon", "eng" kabi soʻzlarni ishlatish ham tavsiya etilmaydi. STATISTIKA Davlat test markazining “Testologiya, pedagogik o‘lchovlar va ilmiy-metodik kadrlar tayyorlash” bo‘limi mutaxassislari belgilangan chora-tadbirlar asosida test savollarini sifatli tayyorlashga kirishdi. 2017 yili oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga qabul uchun qo‘llanilgan 37 mingdan ortiq test topshirig‘i distraktor muqobillari tahlil qilindi. Test sinovlarini o‘tkazish uchun umumiy o‘rta ta'lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining DTS va o‘quv dasturlari asosida abituriyentlar tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan talab kodifikatori hamda test topshiriqlari tafsiloti ishlab chiqildi. Yangi tayyorlangan test topshiriqlari ekspertlar tekshiruvidan so‘ng aprobatsiya(sinov)dan o‘tkazildi. Aprobatsiya natijalarini statistik tahlil qilish jarayonida topshiriqlarning murakkabligi, ballar variatsiyasi (o‘zgaruvchanligi, farqlanishi), savollarning boshqasi bilan bog‘liqligi, test topshiriqlariga qo‘yilgan asosiy talablar aniqlandi. Statistik tahlillar ba'zi testlarda ishonchlilik koeffitsiyenti talab darajasida emasligi, 79 ta topshiriqda ayrim distraktorlar (muqobil javoblar) o‘z funksiyasini bajarmasligi ma'lum bo‘ldi. Tahlillar asosida ekspertlar ishonchlilik koeffitsiyenti bo‘yicha 61 ta test savolida o‘zgarish qilgan. Savollarning ayrimlari butunlay o‘zgartirildi. Talabga javob bermagan 16 ta test savoli bazadan olib tashlandi. Shuningdek, 113 ta murakkab savol soddalashtirildi. Psixodiagnostika metodikalarining ilmiy xarakterini ta’minlovchi komponentlardan biri validlik hisoblanadi. Validlikning asosiy xususiyatiini tushunishda uning ta’rifini keltirib o’tishga to’g’ri keladi. Validlikning eng sodda ta’rifini keltirib o’tamiz. «Testning validligi — test nimani o’lchashi va u buni qanday yaxshi bajara olishini ifodalovchi tushuncha». Validlik turlari: 1. mazmuniy validlik; 2. oshkora validlik; 3. empirik validlik; 5. prgonostik validlik; 7. konstrukt validlik. Muqobil javob- Testning variantlarida so’zlarni keraksiz takrorlamaslik, shuningdek, tushunarli aniq va qisqa bo’lishi talab etiladi. Download 19.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling