Oʻzaro kelishuv asosida xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi №10- son shartnoma 2023 yil 18
Arxivda hujjatlar bilan ishlash uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish; 3.2.3
Download 31.04 Kb.
|
10 - son Sh.Rashidov tuman XTB
3.2.2. Arxivda hujjatlar bilan ishlash uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish;
3.2.3. Hujjatlarga ilmiy texnik ishlov berish uchun zaruriy materiallar (karton qogʻoz, ip, yelim, papka va boshqalar) bilan ta’minlash; 3.2.4. Saqlash uchun ajratilgan hujjatlarni idoraviy arxivga tashish va joylashtirish; 3.3. «Buyurtmachi» quyidagi huquqlarga ega: 3.3.1. Har qanday vaqtda “Ijrochi”ning faoliyatiga aralashmagan holda u tomonidan bajarilayotgan ishlarning borish jarayoni va sifatini tekshirish. 3.3.2. Bajarilgan ish-xizmatlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi imzolangunga qadar har qanday vaqtda shartnomani bajarishdan voz kechib, shartnomada belgilangan bahoning shartnomani bajarishdan voz kechganligi haqidagi xabarnomani “Ijrochi”ga taqdim etilgunga qadar koʻrsatilgan xizmatlar qismiga mutanosib qismini toʻlash. 3.3.3. Buyurtma ijrosi toʻliq bajarilgandan soʻng 15 kalendar kun mobaynida “Ijrochi”dan buyurtmaning bajarilganligi haqida ma’lumotnoma olish. 4. Taraflarning javobgarligi: 4.1. Mazkur shartnomaning 1.3-bandida koʻrsatilgan xizmatlar koʻrsatish muddatini buzganligi uchun “Ijrochi”, “Buyurtmachi”ga kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi koʻrsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Penyani toʻlash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni xizmatlarni koʻrsatmaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi. 4.2. Koʻrsatilgan xizmatlar haqini oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun “Buyurtmachi”, “Ijrochi”ga oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan toʻlov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorida penya toʻlaydi. 4.3. Taraflarning mazkur shartnomada koʻzda tutilmagan javobgarlik choralari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Download 31.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling