Oʻzaro kelishuv asosida xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi №10- son shartnoma 2023 yil 18


Download 31.04 Kb.
bet4/5
Sana15.06.2023
Hajmi31.04 Kb.
#1486156
1   2   3   4   5
Bog'liq
10 - son Sh.Rashidov tuman XTB

5. Fors-major holatlari
5.1. Hech bir taraf ikkinchi taraf oldida oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra va yengib boʻlmas kuch mavjud boʻlgan taqdirda ushbu shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlari boʻyicha javobgar emas. (Urush e’lon qilinishi yoki boshlanishi, fuqarolar tartibsizligi, epidemiya, embargo, yer qimirlashi, suv toshqini, yongʻin va boshqa tabiiy ofatlar shular jumlasidandir.)
5.2. Taraflar ushbu shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarni bajarmaslik sabablari toʻgʻrisida albatta ikkinchi tarafni ogoxlantirishi shart.
5.3. Agar bartaraf qilib boʻlmaydigan kuch uch oy uzluksiz davom etsa, taraflar bir-birini yozma ravishda ogoxlantirib, shartnomani bekor qilishi mumkin.
6. Nizolarni xal etish tartibi
6.1. Mazkur shartnomani bajarishda yuzaga keladigan nizolar va kelishmovchiliklar taraflar oʻrtasida imkon qadar muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
6.2. Nizolarni taraflarning muzokaralari yoʻli bilan hal etish imkoni boʻlmagan taqdirda, taraflar kelishmovchiliklarni bartaraf etish borasida qonunchilikda koʻzda tutilgan sudgacha boʻlgan jarayonlarni amalga oshirilganlaridan soʻng nizo Jizzax viloyat iqtisodiy sudida koʻrib chiqiladi.
7. Korrupsiyaga qarshi kelishuv
7.1. Shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishda tomonlar korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qoidalarga, shu jumladan amaldagi qonunlarga rioya etilishini ta’minlaydi, yani ular, ularning xodimlari, kafillangan shaxslar, benifisiyalari va shartnomani amalga oshirishdagi xamkorlari, pudratchilari tomonidan bir-biriga yoki Davlat ishtirokidagi tashkilot xodimiga pora berish yoki pora berishda vositachilik qilish moddiy yoki nomoddiy naf olishdan tiyilishi lozim. Tomonlar ushbu harakatlarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilinishini kafolatlaydi.
7.2. Tomonlar korrupsiyaga qarshi qoidalar buzulganda yoki asosli gumonlar yuzaga kelganida darxol yozma ravishda (elektron pochta orqali) yoki ishonch telefoni (78 150 26 03) orqali bir-birini xabardor qilish majburiyatini oladi. Bunda tomonlar yuzaga kelgan xolatga oydinlik kiritish maqsadida yozma izoxtalab qilish xuquqiga ega va murojaatini olgan tomon 10 (oʻn) ish kuni mobaynida tushintirish berishi yoki oʻz fikrini bildirishi mumkin.
7.3. Mazkur bobning talablari bajarilmaganda, shu jumladan belgilangan muddatda korrupsion xavf-xatar barataraf etilmasa, tomonlar amalga oshirgan choralar korrupsion holatni pasayishiga olib kelmasa, boshqa tomon shartnomani bekor qilish xuquqiga ega yoki uning ijrosini toʻxtatib qoʻyishi mumkin.
7.4. Ushbu bobda koʻrsatilgan asoslar boʻyicha shartnomani bir tomonlama bekor qilish talab qilgan tomonga yetkazilgan zararlarni qoplash qonunchilikda koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi, ushbu bobning majburiyatlarini buzgan tomon esa shartnomaning birtomonlama bekor qilinishi oqibatida koʻrilgan zararlar qoplashni talab qilishiga xaqli emas.

Download 31.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling