Ozb tilining izohli lugati


Download 10.22 Kb.
bet1/4
Sana26.10.2023
Hajmi10.22 Kb.
#1724889
  1   2   3   4
Bog'liq
узбек язык мт

O’zbek tilining izohli lug‘ati.So‘zlarning shakl va maʼno munosabatiga ko‘ra turlari bilan ishlash. Omonim, sinonim, antonim, paronim. Lug‘atlar bilan ishlash, ular vositasida matn yaratish.

Rasulov N

Reja

  • Sinonimlar
  • Omonimlar
  • Paronimlar

Sinonimlar

1.Sinonimlar (ma’nodosh so‘zlar) - shaklan har xil bo‘lsa-da, bir-biriga yaqin ma’noli so‘zlardir. Bunda so‘zlar bir xil ma’no anglatishiga ko‘ra guruhlanadi. Sinonimlar faqat bir xil so‘z turkumiga mansub boiadi: katta, ulug‘, ulkan, buyuk; (kattaymoq - fe’lga mansub bolganligi uchun sinonim emas). Sinonimlar — ma’nodosh so‘zlar - bitta sinonimik qatorni tashkil etadi: inson, kishi, odam, shaxs. Sinonimlar til boyligi bo‘lib, shaxs va predmetlam ng eng nozik ma’no bo‘yoqlarini ifodalash uchun xizmat qiladi va gapda takroiga yol qo‘ymaydi. Sinonim lar adabiy tilni boyitish manbalaridan bo‘lib,o‘z imkoniyatlarimizdan tashqari, boshqa tillardan so‘zlarni o‘zlashtirish orqali ham sinonimik qatorlar kengayib boradi: shamol, yel, nasim; botir, mard, jasur kabi. Sinonimik qatorda bitta so‘z dominanta bo‘lib, barcha uslublarda (kitobiy, so‘zlashuv uslublarida) qo‘llana oladi: odat, rasm, urf; kishi, odam, inson. Demak, dom inanta yoki uslubiy betaraf so‘z barcha uslublarda qo‘llana oladigan so‘zdir. Bir so‘z bir necha sinonimik qatorda bo‘la oladimi? Agarda so‘z ko‘p ma’noli bo‘lsa , har bir ma’nosi bilan boshqa-boshqa sinonimik qatorlarda ishtirok etishi mumkin

,

Masalan: "Yaqin" => yonma-yon; tez (kunlarda) Sinonimlarning quyidagi turlari bor: 1. Leksik sinonimlar - so‘zlar orasidagi sinonimlikdir. Shakli har xil, lekin bitta birlashtiruvchi ma’noga ega boigan so‘zlar lug‘aviy sinonimlar deyiladi.: yuz, aft, bashara, chehra, oraz. Lug‘aviy sinonimlar o‘z navbatida to iiq va ma’noviy sinonimlarga bo‘linadi. To‘liq sinonimlar birorta ma’no qirrasi bilan farq qilmaydi, ular leksik dubletlar deb ham ataladi. Ko‘pincha turli tillardan o‘zlashgan so‘zlar to iiq sinonimlar bo‘la oladi: tema-mavzu, kosmos-fazo. Ma’noviy sinonimlar esa biror ma’no qirrasi bilan farq qiladi, lekin birlashtiruvchi ma’nosi bir xil bo‘ladi:


Download 10.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling