O`zbegim (Qasida) Tarixingdir ming asrlar
Download 72.7 Kb.
|
salom
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erkin Vohidov
O`ZBEGIM (Qasida) Tarixingdir ming asrlar Ichra pinhon, o‘zbegim, Senga tengdosh Pomiru Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim. So‘ylasin Afrosiyobu So‘ylasin O’rxun xati, Ko‘hna tarix shodasida Bitta marjon, o‘zbegim. Al Beruniy, Al Xorazmiy, Al Forob avlodidan, Asli nasli balki O’zluq, Balki Tarxon, o‘zbegim. O’tdilar sho‘rlik boshingdan O’ynatib shamshirlarin Necha qoon, necha sulton, Necha ming xon, o‘zbegim. Tog‘laring tegrangda go‘yo Bo‘g‘ma ajdar bo‘ldi-yu, Ikki daryo - ikki chashming, Chashmi giryon, o‘zbegim. Qaysari Rum nayzasidan Bag‘rida dog‘ uzra dog‘, Chingizu Botu tig‘iga Ko‘ksi qalqon, o‘zbegim. Yog‘di to‘rt yondin asrlar Boshingta tiyri kamon, Umri qurbon, mulki toroj, Yurti vayron, o‘zbegim. Davr zulmiga va lekin Bir umr bosh egmading, Sen - Muqanna, sarbador - sen, Erksevar qon, o‘zbegim. Sen na zardusht, sen na buddiy, Senga na otash, sanam, Odamiylik dini birla Toza imon, o‘zbegim. Ma’rifatning shu’lasiga Talpinib zulmat aro, Ko‘zlaringda okdi tunlar Kavkabiston, o‘zbegim. Tuzdi-yu Mirzo Ulug‘bek Ko‘ragoniy jadvalin, Sirli osmon tokiga ilk - Qo‘ydi narvon, o‘zbegim. Mir Alisher na’rasiga Aks-sado berdi jahon, She’riyat mulkida bo‘ldi Shohu sulton, o‘zbegim. Erkin Vohidov Erkin Vohidov Erkin Vohidov haqida vidio Erkin Vohidov Erkin Vohidov8 ta til Maqola Munozara lotin/кирилл Mutolaa Tahrirlash Manbasini tahrirlash Tarix Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Download 72.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling