O‘zbek adabiy tili me’yorlari
Download 133.49 Kb.
|
Ish yuritish tili va uslubi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiy til me’yorlariga mutaxassislar shunday ta’rif beradilar
- O’zbek adabiy tilidagi me’yorlar
- Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki…
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
O‘ZBEK ADABIY TILI ME’YORLARI
REJA:1. O‘zbek adabiy tilining shakllanishi 2. Adabiy til me’yorlari 3. Adabiy tilda mavjud muammolar Adabiy til “umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, ma’lum normaga solingan, xalqning turli madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi formasidir”. (Anvar Hojiyev “Lingvistik terminlarning izohli lug’ati, Toshkent “O’qituvchi” 1985, 12-bet”)O’zbek adabiy tilining shakllanishi o’zbek xalqining buyuk mutafakkir shoiri Alisher Navoiy nomi bilan bog’liq. Navoiy “Xamsa”, “Xazoyin ul-maoniy”, “Mahbub ul-qulub”, “Muhokamat ul-lug’atayn” kabi asarlari bilan o’zbek adabiyotini yuksaklikka ko’tardi. Ayni paytda xuddi shu ulkan va bebaho ijodi bilan yagona o’zbek xalq adabiy tiliga asos soldi. Adabiy til tizim sifatida mavjud bo’lganligi sababli o’z me’yorlariga ega va bu me’yorlar zamon va davr voqea-hodisalari, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum, yashash tarzi belgilariga ko’ra vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadi.Adabiy til me’yorlariga mutaxassislar shunday ta’rif beradilar:“Til hodisalaridan adabiy til qoida talablariga mos holda, namunali tarzda foydalanishni, tilning adabiyligini ta’minlovchi vositalarni saralashni belgilovchi me’yor adabiy til me’yoridir”. “Adabiy me’yor tilning tovush tizimi, grammatik qurilishi va lug’at tarkibidagi eng tipik hayotiy va zaruriy elementlarni tanlab olish asosida tashkil topadi. Adabiy me’yor tilning eng yuksak ishlangan, silliqlashgan shakli hisoblanadi. Me’yor – jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan, ma’qullangan va ularga tushunarli bo’lgan til birliklarining nutq jarayonida qo’llanish holati va imkoniyatidir. Til va nutq tizimida me’yor o’ziga xos o’ringa ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan paytdanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar kun tartibiga qo’yilgan.O’zbek adabiy tilidagi me’yorlar1.Fonetik me’yorlar 2.Talaffuz me’yorlari 3.Grammatik me’yorlar 4.Leksik-semantik me’yorlar 5.Uslubiy me’yorlar 6. Aksentologik me’yor (urg’u) 7. So’z yasalishi me’yorlari 8.Imloviy me’yorlar 9. Grafik (yozuv) me’yorlari 10.Punktuatsion me’yorlar Til elementlarini me’yorlashtirish jarayonida eskilik va yangilik o’rtasida kurash hamisha davom etadi. Tilda yashab turgan so’z va iboralar ularning o’rniga kelayotgan yangilariga osonlikcha o’rnini bo’shatib bermaydi. Ma’lum muddat ular teng darajada parallel yashab turishi va vaqtlar o’tishi bilangina o’rnini bo’shatib berishi mumkin.Til – o’zgaruvchan ijtimoiy hodisa, uning me’yorlari ham barqaror bo’lmay, tilning (adabiy til) taraqqiyoti bilan o’zgarib boradi. Masalan, XV asrda leksik norma bo’lgan chug’z (boyqush), ulus (xalq), cherik (qo’shin, askar), oshyon (makon) so’zlari, bundan tashqari XVIII – XIX asrga xos rasta (do’kon), navkar (askar) so’zlari hozirgi kun o’zbek tili leksikasidan (lug’at boyligidan) chiqib ketgan.Keyingi 10-15 yil orasida tilimizda sintaktik jihatdan gaplarning qurilishi murakkablashdi. Inversiya (gap bo’laklarining o’rin almashishi) hozir prozada ham kuchayib bormoqda.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki…Hozirgi kunda og’zaki va yozma adabiy nutqning me’yorlari mukammal ishlanib, tugal hal qilingan deyish mutlaqo noto’g’ri. Lug’atlarda hali ham lotincha imlosi bo’yicha noaniqliklar, ya’ni so’zlarning ikki xil berilishi uchraydi. Bundan tashqari jamoat joylaridagi turli chaqiriqlar, murojaatlar, turli korxona va idoralarning nomini yozishdagi kamchiliklar hali tugal bartaraf etilmagan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Download 133.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling