O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti
Download 0.76 Mb.
|
O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti-fayllar.org (1)
Sidiqjon shosha-pisha chiqib keldi (A.Q.). Tog‘ oralig‘idagi qalin qor eriy-eriy odam bemalol kira oladigan g‘or bo‘lib qolibdi (S.Anorboyev).
-b /ib; -a/y shaklli ravishdoshlar harakatining doimiyligi, uning takroriy va davomiyligi belgisi asosida ichki oppozitsiyada turadi. Chunki -b /ib shaklli ravishdosh bir belgiga ― bir fe’lni ikkinchi bir fe’l bilan bog‘lash belgisiga egadir. Qolgan barcha ravishdosh shakllari mazkur belgidan tashqari ravishdoshlarning ichki oppozitsiyalari asosida qo‘shimcha belgilarga ega: Toma -toma ko‘l bo‘lur (Maqol). Demak, ravishdosh shakllaridan -b/ib va -a/y davomli-davomsizlik belgisiga ko‘ra farqlanadi, -gach, -guncha, -ganda shakllari o‘zaro zamon ma’nosiga ko‘ra, -gani/gali esa maqsad ma’nosini ifodalashiga ko‘ra farqlanadilar1. Sifatdosh o‘zgalovchi kategoriya UGMsi “fe’lni otga (qisman fe’lga) bog‘lash va unga sifatlik belgisini berish” tarzida belgilanadi. Sifatlar ham, sifatdoshlar ham narsa - buyumning belgisini ifodalab keladi. Sifatlar turg‘un belgini (qizil gul , ko‘k daraxt) ifodalasa, sifatdoshlar esa belgini o‘zgarish, harakat natijasi (qizargan gul, ko‘kargan daraxt) sifatida ifodalaydi. Sifatdosh shakllari o‘zaro zamon kategariyasi ma’nolari asosida zidlanadi, ya’ni-gan (-kan, -g‘an) qo‘shimchali sifatdoshlar asosan o‘tgan zamon ma’nosiga ega: U yaratgan misralar bizni hayratga soladi…(E.V.) -yotgan, -ayotgan qo‘shimchali sifatdoshlar hozirgi zamon ma’nosiga ega: Xalqning uzoq yillar yashab kelayotgan yaxshi udumlari elning boyligidir (E.V.). -adigan, -ydigan qo‘shimchali sifatdoshlar esa kelasi zamon ma’nosini ifodalaydi: Biz bu cho‘qqiga … doimo intilib yashaydigan yuksaklik deb qaraymiz (E.V.). Sifatdoshning inkor shakli -mas inkor ma’nosi mavjudligi bilan yuqoridagi shakllardan farq qiladi. Sifatdosh shakllari qatorida o‘rganilib kelingan -(u)vchi, -(a)r qo‘shimchalari ayrim tadqiqotlarda ismi foil2 (faoliyat egasi nomi) sifatida baholanib, bu shakllarning ismi foillik tabiati ochib berilgan, ya’ni oqar (suv), keluvchi (kishi), so‘nmas (hayot), ishlovchi (odam) so‘z shakllar tarkibidagi -(a)r, -(u)vchi qo‘shimchalari mohiyatida ko‘proq grammatik jihatdan ko‘ra, mazmuniy tomon kuchaygan. Demak, ravishdosh va sifatdoshlar nutqda fe’lning boshqa so‘zlar bilan aloqaga kirishish vositasi ekan, ravishdosh va sifatdoshlarning faqat fe’llar bilan birika olish belgisi asosidagi zidlanish (oppozitsiya)da ravishdoshlar oppozitsiyaning kuchli (belgili) a’zosi bo‘lib, fe’lni faqat fe’l bilan bog‘lashga xizmat qiladi. Sifatdoshlar esa bu oppozitsiyada belgisiz a’zo bo‘lib, fe’lni fe’l bilan ham, ismlar bilan ham bog‘lay oladi. Chunonchi, Zulfiya shunday qudratni topa oldi (E.V.). Men keladigan bo‘ldim (A.Q.). Ko‘ngilda doimo qilolmagan ishlar, yozilmagan satrlar iztirobi yashaydi (E.V.). Ushbu oppozitsiyada sifatdoshlarning mavqei bu shakllarning bir qator boshqa xususiyatlarini ham ochib beradi: 1. Fe’lni fe’lga bog‘lash nafaqat ravishdoshda, balki sifatdoshda ham bor bo‘lgan imkoniyatdir. 2. Ravishdoshlarning shakllanishida sifatdoshlarning hissasi katta. Ularning tarixiy taraqqiyot natijasida sifatdoshlardan kelib chiqqanligi aniqlangan. Bu holatni -ganda, -guncha, -gancha shakllarida ko‘rish mumkin.1 3. Sifatdoshlar fe’lni har qanday mustaqil so‘zga bog‘lovchi forma bo‘lganidan, ular gapda so‘zlarni bog‘lashga xizmat qiluvchi barcha vositalar (kelishik, egalik, ko‘makchilar) bilan birikadi. Bunday xususiyat ravishdoshlarda yo‘q. 4. Sifatdoshlar gapda aniqlovchi, ega, to‘lduruvchi, hol, kesim vazifalarida kela oladi: Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar (Maqol). Sen uchun atalgan oppoq atirgullar (Qo‘shiqdan). Ertaga Botiralining onasiga jamoadan yegulik olib boradiganman (H.G‘ulom). O‘qiyotganini aytdi. Harakat nomi UGMsi “fe’lga ot xususiyarlarini berish” tarzida baholanadi. Harakat nomi shakllari fe’llarga otga xos bo‘lgan ma’noviy xususiyatlarni berishi bilan boshqa o‘zgalovchilardan farq qiladi. -sh, -ish, -v, -uv, -moq qo‘shimchalari bo‘lishli ma’noli harakat nomi yasaydi. Harakat nomlaridan bo‘lishsiz shakl hosil qilib bo‘lmaydi. Harakat nomlarida fe’l uchun xos bo‘lgan belgilar ravishdosh, sifatdoshga nisbatan kamdir. Harakar nomlari kelishik, egalik, son kabi kategoriyalar ko‘rsatkichlarini erkin qabul qila oladi va gapda turli sintaktik vazifalarni bajaradi: Tilim charchar, ajab, gohi seni tarjima qilmoqdan (U.N.). Aslida qo‘shiq aytishning shukuhi o‘zgacha (E.V.). So‘zida turish – mardning ishi. Harakat nomi shakllarida ham sifatdosh, ravishdosh shakllarida bo‘lgani kabi tarz kategoriyasining davomiylik/davomsizlik, takroriylik ma’nolari nutqda o‘z aksini topadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling