O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti
Download 0.76 Mb.
|
O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti-fayllar.org (1)
Sanaladi, hisoblanadi. Bu fe’llar garchi o‘z lug‘aviy ma’nolarini yo‘qotmagan bo‘lsa-da, ism kesimlarda yordamchi qism vazifasida qo‘llanadi, ega – kesimni tutashtirishda asosiy vosita sanaladi: U talaba sanaladi – U talabadir. Men talaba hisoblanaman – Men talabaman.
Demak, bog‘lamalar nafaqat ega va kesimni tutashtiruvchi vosita, balki gapning funksional – struktural elementi bo‘lib, gap sintaksisini o‘rganish muammosining uzviy qismi hamdir . Turkiy tillarda mayl va zamon shakllarining yasalishi, qo‘shimchalarining etimologiyasi, bu shakllarning ma'no va qo‘llanishlaridagi xususiyatlari haqida ko‘plab ilmiy ishlar yozligan. Mayl va zamon shakllarining zich aloqada ekanligini deyarli barcha tilshunoshlar e'tirof etadilar. Turkiyshunoslar ularning juda yaqinligini aytib o‘tib, ushbu shakllarga yaxlit bir butunlik sifatida qarash lozimligini uqtiradilar. Chunki zamon shakllari harakatning nutq momentiga, mayl shakllari harakatning voqelikka munosabatini ifodalaydi. Mayl va zamon ma`nolari bir-birini taqozo etadi: harakatning bajarilish zamoni haqida tushuncha uning shu zamonda bajarilgan yoki bajarilmaganligi (endi bajarilishi, umuman bajarilmasligi, bajarishga intilish, undash, bajarishni xohlash, bajarilishidan gumonsirash) tushunchasi bilan albatta bog`lanadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida zamon va mayl ifodalash uchun xoslangan ko‘rsatkichlarning birortasi zamon yoki faqat mayl ifodalamaydi. N.A.Baskakovning ta`kidlashicha, mayl va zamon kategoriyalari genetik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lganligi tufayli hozirgi turkiy tillarda ularning faqat semantik emas, balki morfologik jihatdan ham qat`iy differensitatsiyalashmaganligi ko‘rinadi [4, 24;]. Darhaqiqat, bir vaqtning o‘zida mayl va zamon ma`nolari uchun ikki qo‘shimcha qator ishlatilmaydi. Bir shakl bir tomondan mayl ma`nosini ifodalash uchun xizmat qilsa, ikkinchi tomondan ish-harakatning zamonga munosabatini ko‘rsatadi. Ya`ni bir shaklda ham zamon, ham mayl ma`nosi o‘z ifodasini topadi: "O‘qidi" so‘zi aniqlik (xabar) maylida bo‘lgani holda, ish-harakatning o‘tgan zamonda ijro etilganligini ifodalaydi; "Borsam" so‘zi shart mayliga xos, lekin hozirgi-kelasi zamon tushunchasi ham mavjud. Xabar mayli boy va rang-barang zamon sistemasiga ega bo‘lsa, boshqa mayllar nisbatan kam sonli zamonlar tizimini o‘z ichiga oladi. Mayl-zamon morfologik kategoriyasining ma`noviy xususiyati so‘zlovchining harakatga va harakatning nutq momentiga munosabatini ifodalash tashkil etsa, sintaktik xususiyati gap kesimini shakllantirish, kesimga turli valentliklar berish, mikromatn tarkibiy qismlarini bog`lashdir. O‘zbek tilida, asosan, uch xil mayl bor: xabar mayli, buyruq-istak mayli, shart mayli. Xabar mayli nutqda keng qo‘llanuvchi zamon shakllaridan iborat. Bu zamon shakllari o‘tgan, hozirgi, kelasi zamon guruhlariga bo‘linadi. Har bir guruhda bir necha zamon shakllari mavjud. Har bir zamon shakli o‘ziga xos qo‘shimchalar yordamida hosil qilinadi, o‘z tuslanish va ma`no xususiyatlariga ega. Dastlab, o‘tgan zamon shakllari tizimini ko‘rib chiqamiz: Demak, zamon kategoriyasining umumiy ma`nosi kesim ifodalagan harakat, holatning nutq momentiga munosabatini ifodalashdan iborat bo‘lsa, o‘tgan zamon shakllarida nutq jarayonidan oldin sodir bo‘lganlik umumiy ma`nosi mavjud. Biroq shakllar orasidagi farq harakatning davomiyligini ifodalash (o‘qirdim), bu belgiga ega emaslik (o‘qidim), harakatning kutilmaganda sodir bo‘lishi (o‘qibman) yoki bu ma`noga nisbatan neytralligidadir. Hozirgi zamon (hozirgi-kelasi zamon) shakllari va ularning ma`nolarini quyidagi gaplarda ko‘rib o‘tamiz: Yuqoridagilardan hozirgi zamon shakllarining umumiy grammatik ma`no (UGM)si kelib chiqadi: nutq jarayonida va undan so‘ng ham davom qiladigan ish-harakat (holat)ni ifodalash. Bu ma`no nutqda turli shakllarda turlicha hozirgi-kelasi zamon ma`nolarida reallashadi. Kelasi zamon shakllariga quyidagilar mansub: Demak, kelasi zamon shakllari nutq paytidan so‘ng bajariladigan harakatni bildiradi va bunda gumon, istak, ta`kid, qat`iylik ma`nolari yuzaga chiqadi. Kelasi zamon ma`nosini ifodalash bilan aloqador shakllarning barchasi (-r, (-ar), -gay, -moqchi, -gum zamon qo‘shimchalari, buyruq va shart mayllari shakllari) edi to‘liqsiz fe`li bilan birikkanda armon-ushalmagan orzu, reja, tilak, imkoniyat ma`nolarini ifodalaydi: Men sizga uylanmoqchi edim. (O.Y.) Ot-kesimli gaplarda ham zamon shakllari ifodalanadi, bunda bo‘lmoq bog`lamasi va edi to‘liqsiz fe`li keng ishlatiladi. -a (-y) qo‘shimchali hozirgi- kelasi zamon fe`li bilan bog`lama vazifasida kelgan bo‘lmoq fe`li ham hozirgi va kelasi zamon ma`nolariga ega bo‘ladi. -a,-y zamon shakli kelasi zamon ma'nosini ifodalaganda bog‘lama zarur bo‘ladi: ... Kelar yili tuqqaning, o‘zingga yo‘ldosh bo‘lur (Qo‘shiqdan). Hozirgi zamon ma'nosida kelganda tushib qolishi, shaxs-son qo‘shimchalari esa ot-kesimga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shilishi mumkin: Men shogird bo‘ldim Men shogirdman; Sen shifokor bo‘lding Sen shifokorsan. Ot-kesim hozirgi-kelasi zamonning III shaxsida -dir qo‘shimchasini olishi mumkin: Bahor go‘zaldir; Samarqand qadimiy shahardir. Gapning egasi va kesimi ot turkumiga mansub bo‘lsa, kesim tarkibida -dir bog‘lamasi bo‘lmasa, u holda ega bilan kesim orasida tire () qo‘yiladi: Akam shifokor; Onam to‘quvchi. Agar ega va kesimdan biri boshqa so‘z turkumiga mansub bo‘lsa, tire qo‘yilmaydi: Bahor go‘zal; Men shifokor kabi.
Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling