O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti
Download 0.76 Mb.
|
O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti-fayllar.org (1)
Fe'l o‘zak yoki asosga qo‘shilib kelgan-sa qo‘shimchasi shart mayli shaklini yasaydi. -sa qo‘shimchasi fe'lda so‘z yasovchisi yoki nisbat, bo‘lishsizlik qo‘shimchalari bo‘lsa, shu qo‘shimchalardan keyin keladi: qurdirmasang, ishlasangiz kabi. Shart mayli shakllarining modal ma'nosi shart (Agar odam bo‘lay desang, ishda oqla o‘zingni (U)), istak (Koshki edi o‘sha yerga men ham uchsam), iltimos/maslahat (Menga ham so‘z bersangiz), hayratlanish (Nahotki Ilhom ham kelmagan bo‘lsa?), to‘siqsizlik (Tilim kelishmasa ham, dilim kelishadi(A. Q.)), faraz, gumon ( U bugun kelmasa kerak), imkoniyat, zaruriyat (Bugun o‘qishga bormasam bo‘lmaydi), qiyoslash, chog‘ishtirish (To‘y qandoq xursandchilik bilan boshlangan bo‘lsa, shundoq tugadi (A. Q.)) kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Qo‘shma gaplar tarkibida shart mayli shakli asosan, shart va payt ma'nolari bilan qo‘llaniladi. Lekin qani endi, koshki, yaxshi bo‘lardi, zora kabi tilak -istak ifodalovchi so‘z va birikmalar bilan birga kelgan hollarda shart mayli mustaqil sodda gapning kesimi bo‘lib kela oladi va tilak-istak ma'nolarini ifodalaydi: Qani endi murodiga yetsa. Yuqoridagilardan shunday xulosaga kelish mumkin: Nutq momenti shunday real harakatlarni ideal harakatlardan ajratib turadi. Ideal harakatlar so‘zlovchi uchun hamisha qorong‘i bo‘lganligi uchun ular hamma vaqt modal ma'nolar ifodalaydi. Buyruq - istak, shart-istak barcha kelasi zamon shakllari uchun ma'no umumiyligi shundan iboratki, ular hamisha ideal harakatlarni ifodalab, modal ma'no xususiyatlariga ega bo‘ladi. Shu xususiyati asosida ba'zan bu shakllardan biri ikkinchisi o‘rnida qo‘llanila oladi: Ukam o‘qisin (o‘qisa, o‘qigay) deb bu kitobni oldim. Ideal harakatlarni ifodalovchi barcha shakllarga edi (erdi) to‘liqsiz fe'li qo‘shilganda o‘tgan zamondagi modallik irreal (bo‘lishsiz shaklda sodir bo‘lgan) harakatni ifodalaydi: kelsaydim, kelgaydim, kelardim kabi [2, 31-34;]. Bir zamon shaklining boshqa zamon shakliga xos ma'noda qo‘llanishi zamon shakllarida omonimiya va sinonimiya shakli nutqimizda ma'lum uslub talabi bilan bo‘ladi. Harakatning qaysi zamonga oidligi esa umumiy holatdan sezilib turadi: 1.-di qo‘shimchasi yordamida yasaladigan shakl kelasi zamon va hozirgi zamon ma'nolarida qo‘llanadi: Hozir qorong‘ida qayoqqa bordigu, nimayam qildik. 2.-di shakli -gan shakl o‘rnida ko‘p qo‘llanadi: A.Navoiy 1447 yilda tug‘ildi/ tug‘ilgan. 3.-gan shakli ba'zan hozirgi zamon ma'nosida qo‘llanadi: Ayrimlari imtihondan o‘tgan, ba'zilari esa e`lonlar taxtasi yonida. 4.-yap shakli kelasi zamonga oid harakatni ifodalaydi va bu, asosan, ket, bor, yubor boshla kabi fe'llar doirasida uchraydi: Ertaga urushga ketyapman, uka. (O.Y.) 5.-yotib shakli o‘tgan zamonga oid harakatni ifodalaydi: Tunov kun opamni ko‘raman deb kelayotibdi. 6.-yapti va -di shakllarining zamon xususiyatida ham yaqinlik bor: Hozir soat o‘ndan oshyapti. -Hozir soat o‘ndan oshdi. Shunga o‘xshash zamon shakllari orasida shakldoshlik va manodoshlik holatlari nutqda keng qo‘llaniladi. Qisqasi, turkiy tillarda mayl va zamon kategoriyalari o‘zaro uzviy bog‘langan bo‘lib, harakatning obyektiv borliqqa munosabati (uning real yoki ideal e'kanligi) aniq ko‘rsatilgan (ya'ni faqat ideal harakatlarni ifodalaydigan) mayllarda harakatning nutq momentiga munosabati, ya'ni zamon ma'nosi qorong‘ilashtiriladi (buyruq-istak, shart-istak mayllarida); harakatning obyektiv borliqqa munosabati aniq ko‘rsatilmagan (ya'ni ham real, ham ideal harakatlarni ifodalay oladigan) aniqlik maylida keng taraqqiy e'tgan zamonlar sistemasi yozaga chiqadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling