O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti


Download 0.76 Mb.
bet109/118
Sana31.01.2024
Hajmi0.76 Mb.
#1817561
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   118
Bog'liq
O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti-fayllar.org (1)

MAVZU: SOʻZ-GAP.
Reja:
1. So‘z-gaplar. Ularning ma'no turlari va vazifasi.
2. So‘z-gaplar va modal, undov so‘zlar orasidagi munosabat.
3. So‘z-gaplarning sintaktik xususiyatlari.
4. Umumiy xulosalar.
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar:
So‘z-gap, bo‘laklarga ajratilmaydigan gap, semantik-funksional shakllangan so‘z -gap (SFSHSG), [WPm] qolipi, [W] qolipi, modal so‘z- gaplar, undov so‘z- gaplar, tasdiq/inkor so‘z – gaplar, taklif/ishora so‘z-gaplar,
sof so‘z-gaplar, so‘z-gaplashgan so‘zlar, so‘z-gaplashayotgan so‘zlar, so‘z- gapsimon so‘zlar, so‘z- gaplarning boshqa so‘z turkumlari bilan aloqalari.
O‘zbek formal tilshunosligida so‘z - gaplarning mohiyati, turlari, ularning leksik materiali tavsifi, qo‘llanish xususiyatlari yetarlicha emperik asosda o‘rganilgan [5; 6, 582 – 601; 7, 135-136;]. Shakl - vazifaviy tilshunoslikda gapning eng kichik qurilish qolipi [WPm] sifatida talqin qilingach, ziddiyatli, izohtalab nuqtalarga ega bo‘lgan so‘z - gaplarga ham lison / nutq ixtilofi nuqtai nazaridan yondashish zarurligi ayon bo‘lib qoldi va har bir gapning til bosqichida o‘z qolipi mavjud bo‘lgani kabi so‘z-gaplarning ham o‘ziga xos muayyan bir lisoniy qurilish qolipi bo‘lishi shart va zarurligi e`tirof etildi.

“Bo‘laklarga ajratilmaydigan gaplar” yoki so‘z - gaplar umumiy atamasi ostida birlashtiriladigan gaplarning alohida belgilari mavjudki, ular shu belgilari bilan mustaqil so‘zlardan, yordamchi so‘zlardan, sodda yoxud qo‘shma gaplardan farq qiladi. Bular quyidagilar:


1.Mustaqil holda gap bo‘la olish belgisi.
2.Gap tarkibida shu gapning biror bo‘lagi bilan sintaktik aloqaga kirisha olmaslik belgisi.
3.O‘ziga xos g`ayrioddiy ma`noga ega bo‘lish belgisi.
4.Bog`lamalar bilan birika olmasligi va shuning uchun mayl, zamon, shaxs/son shakllariga ega emaslik belgisi. So‘z - gaplar deganda shu to‘rt asosiy belgi bilan bir majmuaga birlashtiruvchi hodisalar tushuniladi.
1.Mustaqil holda alohida gap bo‘la olish belgisi. Bu belgi 4-belgi bilan chambarchas bog`langan. O‘zbek lisoniy tizimi gapda ma`lum bir axborotni tashuvchi tasdiq/inkor, mayl/zamon va shaxs/son ma`no va munosabatlarini ifodalovchi tarkibiy qismlar zarur bo‘lishini talab etadi. So‘z- gaplarda bunday tarkibiy qismlarni alohida - alohida ajratish mumkin emas. Lekin ular ham gap bo‘la oladi, chunki kesimlik shakllari ma`no va munosabatlari so‘z-gaplarning o‘zida mujassamlangan va ularning ichki mohiyatini tashkil qiladi. “Bunday gaplarda kesimlik kategoriyasi ma`nolari va kesimlik ─ gap markazi vazifasida kelish ─ fikrni shakllantirish, uni ifodalash yo‘q emas, bor. Ular gap sifatida voqelanuvchi so‘zning leksik ma`nosida mujassamlashgan. Shu sababdan bunday gaplarda kesimlik mavjud, ammo kesimlik shakli ifodalanmagan” [3, 20-21].

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling