4-topshiriq Gaplar ichidan bilan, ham so‘zlarining qaysi o‘rinlarda bog‘lovchi, qaysi o‘rinlarda boshqa yordamchi so‘z vazifasida qo‘llanganini aniqlang, undagi farqni tushuntirib bering.
1. Kumushbibi endi o‘n yettini qo‘yib, o‘n sakkizga qadam bosganida, bo‘yi ham onasiga yetayozgan, ammo jussasi onasidan ko‘ra to‘laroq ko‘rinar edi.
2. Muloyim kishida insof ham, diyonat ham, e’tiqodga sodiqlik ham, vijdon ham, sadoqat ham — hammasi bo‘ladi.
3. Ahmad Yassaviy ko‘ngil va til birligini qadrlagan.
4. Binolar qurildi, biroq tadbirkorlik ishlari qanday olib borilmoqda?
5. She’r bilan kuyning hamohangligiga erishmoq zarur.
6. Ona ba’zan farzandi boshida parvona bo‘lardi, ba’zan beshikka bosh qo‘yganicha uxlab qolardi.
5-topshiriq. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Leksemalarning ma`noviy jihatdan tasnifi so`zlarni necha guruhga ajratadi?
2. Mustaqil so`zlar hamisha mustaqil ma`no ifodalaydimi?
3. Yarim ko`makci, yarim bog`lovchi, yarim yuklamalarning paydo bo`lish sabablari nimada?
4. Yordamchi so`zlar shakliy xususiyatiga ko`ra necha turga bo`linadi?
5. Yordamchilarni so`zlarga yaqinlashtiruvchi belgilar qaysilar?
6. Yordamchi so`zlarning grammatik morfemalar bilan o`xshash va farqli tomonlari nimada namoyon bo`ladi?
7. Qo`shimchasimon yordamchi so`zlarning lug`aviy shakl hosil qiluvchi, yangi ma`noli so`z hosil qiluvchi qo`shimchalardan farqli tomoni nimada?
8. Yarim ko`makchilarning “oraliq uchinchi” tabiatiga ega ekanligini qanday tushunasiz?
9. Qo`shimchasimon ko`makchilarning ma`no va vazifaviy xususiyatini nima belgilaydi?
10. “Bilan” ko`makchisining ko`makchi-bog`lovchilik tabiatini qanday izohlaysiz?
11. Ko`makchilar qaysi jihatlari bilan kelishiklar bilan ma`nodoshlik hosil qiladi?
12. Ko`makchilar miqdori qaysi yo`llar bilan nutqimizda kengayadi?
13. Ko`makchilar mavzui qaysi olimlarning tadqiqot manbai bo`lgan?
14. Yordamchi so`zlar lisoniy tizimda qanday iyerarxik tuzilishga ega?
Do'stlaringiz bilan baham: |