1. Aziz ham bu savolni kutmaganligi uchun hatto ancha vaqtga qadar javob berolnay qolgan edi. Ushbu gapda mustaqil lug’aviy ma’no anglatmaydigan nechta so‘z bor?
A. 4 ta B. 3 ta C. 6 ta D. 5 ta
2. Qaysi qatorda o‘xshatish qo‘shimchasini ko‘makchi bilan almashtirish mumkin?
A. qanday xislatlarni rivojlantirish lozimligini bilish zarur
B. jinday kuting hozir majlis tugaydi
C. bunday befarosatlar onda-sonda uchrab turadi
D. unday demang hamma ham birday emas
3. Qaysi javobda kuchaytiruv- ta’kid yuklamalari berilgan?
A. –da, -gina (-kina, -qina) B. ham, g’irt
C. -ki, -dir D. faqat, -oq, (-yoq)
4. Qaratqich kelishigi shaklidagi ismlarga qo‘shilib keladigan vazifadosh ko‘makchilarni aniqlang.
A. old, ost, ust B. qadar, sayin beri
C. haqida, to‘g’risida, qarshisida D. bilan, kabi, tomon
5. U faqat shoirgina emas, balki adabiy tanqidchi ham edi. Mazkur gapda atash ma’nosiga ega bo‘lmagan so‘zlar miqdorini toping.
A. 3 ta B. 4ta C. 5 ta D. 6 ta
6. Qaysi gapda teng bog’lovchini ergashtiruvchi bog’lovchi bilan almashtirish mumkin?
A. yigitlar, mehmonlarni o‘lka bo‘ylab kezdiring va bog’imizni ko‘rsating
B. biz yaxshi tayyorlandik va birinchi g’alaba qo‘lga kirdi
C. kasalning kelishi oson, lekin ketishi ancha qiyin
D. tig’ yarasi tuzaladi, lekin dil yarasi tuzalmaydi
7. Qaysi gapda sof ko‘makchi ishtirok etmagan?
A. toshbaqa uyasi tomon sudraldi
B. Vatan ham ona kabi qadrlidir
C. bu uchun hammamiz ancha gap eshitamiz
D. yangiliklarni xat bilan ma’lum qilib turamiz
8. Atash ma’nosini tamoman yo‘qotib, faqat o‘zi birikkan so‘zni boshqa so‘zga tobelantirib bog’lash uchun xizmat qiladigan so‘zlarni toping.
A. uchun, singari, kabi, tufayli B. lekin, shuning uchun, hamda
C. tomon, keyin, misoli, qadar D. axir, nahotki, menimcha, chamasi
Do'stlaringiz bilan baham: |