4-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga mos taqlid so‘zlarni qo‘yib ko‘chiring.
... suhbatga quloq solib o‘tirdi. 2. Dahlizdan ... ovoz eshitildi. 3. Olmalar ...to‘kildi. 4. Alamidan ... yig’lar edi. 5. Shamol ... esmoqda. 6. Miyangda aql ... bo‘lsa ham, ba’zan o‘zingni yo‘qotib qo‘yasan.7. etigining ... ini pasaytirish uchun oyoq uchida yurib keldi.
5-topshiriq. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Ravishning morfologik belgisi nimada?
2. Ravishning LMGlarini sanang.
3. Payt ravishi qanday morfologik belgiga ega bo‘ladi va payt oti, payt sifatidan farqli tomonlari nimada?
4. O‘rin ravishiga misollar keltiring. Misollardan xulosa chiqaring.
5. Holat ravishi hosil qiluvchi so‘z yasovchilarga qaysi qo‘shimchalar mansub?
6. Miqdor – daraja ravishlarining miqdor sifarlaridan farqli tomoni nimada?
7. Tilshunoslikda yaxlitlanish deganda nima tushuniladi? Ravishlar misolida tushuntiring.
8. Ravishlar gapda qanday sintaktik vazifa bajaradi?
Nima uchun taqlidlarga mustaqil so‘z turkimi sifatida yondashamiz?
9. O‘zbek tilidagi taqlidlarning o‘ziga xos xususiyati nimada?
10. Tovushga taqlid so‘zlar qanday ma’noviy va grammatik xususiyatlarga ega
bo‘ladi?
11. Holat, ko‘rinishga taqlid so‘zlarning semantikasi haqida nima deya olasiz?
GLOSSARIY
Ravishlar – mustaqil ma'noli o'zgarmas so'zlardir.
Payt ravishlari – ish-harakatning vaqtini, muddatini bildiradi: endi, saharlab….
O'rin ravishlari – ish-harakatining yuzaga chiqish o'rnini ifodalaydi: olg'a, uzra..
Holat ravishlari – ish-harakatning bajarilish usulini bildiradi. Tarz-tus ravishlari deb ham yuritiladi: bexosdan, astoydil….
Miqdor -daraja ravishlari –miqdoriy sifat va darajani ifodalaydi: ko'plab, sal…
Taqlidlar– turkiy tillarning, jumladan, o‘zbek tilining muhim ifoda va tasvir vositasidir. Ularning ifoda tomoni mazmun tomonidan ma’lum bir xabar, darak berib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |