O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti


Download 0.76 Mb.
bet79/118
Sana31.01.2024
Hajmi0.76 Mb.
#1817561
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   118
Bog'liq
O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti-fayllar.org (1)

Mayl-zamon

so‘zlovchining harakatga va harakatning nutq momentiga munosabatini ifodalash


gap kesimini shakllantirish, kesimga turli valentliklar berish, mikromatn tarkibiy qismlarini bog`lash




Shaxs-son

harakat bajaruvchisining shaxs va sonini, aniq-noaniqligini, bor-yo‘qligini ifodalash


gap kesimini shakllantirish


Usbu morfologik kategoriyalarga mansub shakllar ikki guruhga ajratib o‘rganiladi:



1.Leksik – morfologik (lug`aviy) shakllar
2.Funksional – morfologik (sintaktik) shakllar
Bu ajralishning mohiyati shundaki, lug`aviy shakllar (bularga qisman an`anaviy forma yasovchilar kiradi) o‘zi qo‘shilib kelayotgan so‘zga yangi sintaktik vazifa bermaydi, lug`aviy ma`noga qisman ta`sir etib, uni muayyanlashtiradi. Lug`aviy shakl yasovchi qo‘shimchalarga fe`l nisbatlari, fe`l turlari (ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi), harakat tarzi, otlarda son, kichraytirish-erkalash, shaxsiy munosabat, sifat darajalari, sonning turlari qo‘shimchalari kiradi. Masalan, ot turkumida lug`aviy ma`noga ta`sir qiluvchi grammatik vositalar sifatida kichraytirish va erkalash ko‘rsatkichlari bo‘lgan [-cha], [-choq], [-chak] qo‘shimchalari o‘zbek an`anaviy tilshunosligida otlarning kichraytirish-erkalash shakllari sifatida atroflicha o‘rganilgan. [6, 274-275;] Kichraytirish shakllari otlarga qo‘shilar ekan, avvalo ularning lug`aviy ma`nosiga muayyanlik kiritadi. Masalan, kitob, qush, mushuk, hovuz so‘zlarida “kattalik” belgisi ham, ”kichiklik” belgisi ham mavjud bo‘lib, so‘z ma`nosi bu jihatdan neytraldir. Ya`ni bu so‘zlar turli kattaliklar ([katta], [o‘rta], [kichik], [yirik]) ni ifodalovchi so‘zlar bilan erkin birikaveradi. Kichraytirish shakli [-cha] esa so‘zni shakllantirar ekan, uning semantikasidagi ma`lum nuqtalarni oydinlashtiradi. Bu qo‘shimchani olgan sememada “katta” semasi so‘nadi. Semantikada yuz bergan o‘zgarish leksemaning sintaktik qobiliyatini ham o‘zgartirib yuboradi. Ya`ni, kitobcha so‘zshakli [o‘rta], [katta], [ulkan] kabi leksemalar bilan birikish imkoniyatiga ega bo‘lolmaydi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling