O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti


Download 0.76 Mb.
bet88/118
Sana31.01.2024
Hajmi0.76 Mb.
#1817561
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   118
Bog'liq
O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti-fayllar.org (1)

Predikatsiya va kesimlik. Darhaqiqat, kesimlik sof morfologik kategoriya hisoblanadi. Shu sababdan uni predikativlik tushunchasidan farqlash zarur. Predikativlik sof mantiqiy kategoriya bo‘lib, harakat va uning sohibi kabi voqelikdagi munosabatlarning inson ongida aks etishidir. Predikativlik asosida hukm yotadi. Shuning uchun ham u gapning grammatik asosini belgilashga xizmat qilmaydi. Hukm tafakkurning muayyan bir shakli, uni umumlashtiruvchidir. Hukmda voqelik, ya`ni predmet va hodisalar yakka-yakka holda emas, balki o‘zaro munosabatda, bir-birlari bilan bog`liq holda aks etadi. Fikrlashda (hukm yuritishda) hukm elementlari bo‘lgan subyekt, predikat, ba`zan bog`lama bo‘lishi shart. Gap esa bir necha bo‘lakdan iborat bo‘lganidek, bir bo‘lakdan ham iborat bo‘lishi mumkin. Tafakkurning murakkab shakli bo‘lgan hukm tilning murakkab shakli bo‘lgan gap orqali ifoda qilinadi. Gap hukmning ifoda shaklidir. Demak, predikativ aloqa bo‘llishi uchun hukm bo‘lishi kerak. Har qanday predikativ aloqa hukmni ifodalaydi (hukm tasdiq yoki inkor shaklida ifodalanadi). Predikativ aloqa  tushunchalarning mantiqiy munosabati. Predikativ aloqa gapning materiali bo‘lib xizmat qiladi.

1-topshiriq. Quyidagi test topshiriqlarini mustaqil bajaring.
1. Tushum kelishigining qisqargan shakli berilgan gapni aniqlang.
1.Har oila o‘chog’in o‘z qutlug’ tarixi bor ; 2.Olmazorlar gulin to‘kadi, meva bog’lab shoxin g’azal yozadi:
A. 1,2 B. 1,2,4 C. 2,4 D. 2,3
2.Otning grammatik xususiyatlaridan qaysi biri uning
sintaktik vazifasini begilashda rol o‘ynamaydi?
A. kelishik B. egalik C. son D. A,B
3. Turlanish qaysi so‘zlarga xos?
1.sifatdosh; 2.son ;3.ravishdosh; 4.ot; 5.harakat nomi; 6.olmosh;
A. 3 B. 1,3,4,5,6 C. 3,6 D. 4,5,6
4. Qaysi gapda kelishiklar belgisiz qo‘llangan?
A. U chollar suhbatini eshitmas edi.
B. Bunda bulbul kitob o‘qiydi, bunda qurtlar ipak to‘qiydi.
C. Bunda ari ketiradi bol, bunda qushlar topadi iqbol.
D. A,B va C

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling