O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti
Download 0.76 Mb.
|
O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti-fayllar.org (1)
Jo‘nalish kelishigining ko‘rsatkichiga. JK semantikasi xoslik, yo‘nalganlik, tenglashtirish kabi ma'no xillaridan tuzilgan: ukamga olmoq, maktabga bormoq… JK ning boshqa kelishik, xususan, BK bilan o‘rin almashish imkoni juda chegaralangan: quyiga bormoq- quyi bormoq, pastga bormoq- past bormoq. Mustaqil so‘zlarning deyarli barcha turi (a) va ko‘makchilar (b) JK li so‘zni boshqara oladi:
sizga mushtoq, uyga ketmoq, birga bir. buyruqqa binoan, kelishuvga ko‘ra. O‘rin kelishigining ko‘rsatgichida. O‘K ning BK bilan o‘rin almashishi JK va CHQ dagi kabi juda kam uchraydi: A.Navoiy bir ming to‘rt yuz qirq birinchi yil tug‘ilgan. O‘Kdagi so‘zda makon, zamon, obyekt, vosita kabi ma'nolar reallashadi: Ular mashinada qaytishdi (vosita) Vodiylarni yayov kezganda Bir ajib his bor edi menda (obyekt) (H.O.) Kechqurun yotar paytda kampir ikkovini yoniga chaqirib o‘z fikrini aytdi (zamon). (Cho‘lpon) O‘rin kelishigi gap tarkibida to‘ldiruvchi, hol, kesim vazifasida kelishi mumkin. Shu o‘rinda bir narsani ta'kidlash joizki, turkiy tillarda kelishiklarning semantik va funksional jihatlarini bir - biridan alohida va har xil mikrosistemalarda ko‘rib chiqib bo‘lmaydi, chunki turkiy til kelishiklarining ma'no va vazifasi dialektik birlikda yashaydi, kelishiklarning turli funksiyasi bir-biriga turli belgilari bilan qarama-qarshi qo‘yiladi [3, 51;]. Kelishik kategoriyasi egalik kategoriyasi bilan birgalikda sintaktik shakllarning so‘z birikmalariga xos guruhini tashkil etadi. Shuning uchun uning munosabati eng avvalo egalik kategoriyasi bilan bir. Egalik kategoriyasi UGMsining sintaktik mohiyati [H T] bo‘lsa, kelishik kategoriyasining sintaktik mohiyati teskari yo‘nalishdir: [TH], ya'ni tobe shakl sintaktik funksiyasidir. Shuning uchun kelishik sintaktik mohiyati (UGMsi) ni "tobeni hokimga bog‘lash" tashkil etadi. Kelishik shakllari o‘z ichida ikki guruhga ajratiladi. M.Qoshg‘ariydan boshlab hozirgi davr tilshunoslarigacha bu guruhlarni ajratishda mushtaraklik bor. 1-guruhni, odatda, makon kelishiklari deb ataydilar. Bular jo‘nalish, chiqish va o‘rin kelishiklaridir. 2-guruh tilshunoslikda ko‘pincha sof grammatik kelishiklar deb nomlanadi va ularga bosh, qaratqich, tushum kelishiklari kiritiladi. Ularning xususiyati sifatida aniq ma'noga ega emasliklari ta'kidlanadi. Makon kelishiklarining ma'noviy UGMsini makon /zamon, maqsad / sabab ma'nolar majmuasi tashkil etadi. Bosh, qaratqich, tushum kelishiklarida hokim yoki tobe so‘zning qaysi turkumga mansubligi, ma'noning muayyan yoki umumlashmaligi (aniq, noaniqligi), tobe so‘zning hokim so‘zga nisbatan joylashish xususiyati tashkil etadi. Bu umumiy grammatik ma'nolar bir necha OGMlarda voqealanadi. Makon kelishiklarida quyidagi OGMlarni ajratish mumkin: Makon / zamon ma'nosi. Maqsad / sabab ma'nosi. Manba / yo‘nalish ma'nosi. Qiyoslash ma'nosi. Makon kelishiklarining bu OGMlari har bir kelishik shaklida yana xususiylashadi va nisbiy XGMlar shaklida nutqda voqealanadi. Dastlab makon /zamon OGMsining kelishik shakllarida voqelanishini ko‘ramiz: I.1.Jo‘nalish kelishigi. I.1.1. Harakat yo‘nalgan manba / obyektni ifodalaydi: uyga kelmoq, ertaga qoldirilmoq, kechga yaqin, osmonga qaramoq, kitobga chizmoq va boshqalar. I.1.2. Yo‘nalgan harakatning oxirgi chegarasi: devorga tegmoq, qishloqqa kelmoq, auditoriyaga kirmoq, aeroportga qo‘nmoq… So‘z birikmasi tarkibidagi tobe va hokim so‘zning ma'nolari ular ifodalagan tushunchalar orasidagi hayotiy (real) aloqalar asosida bu ma'no behad katta rang-baranglik kashf etishi mumkin. I.2. Chiqish kelishigi. I.2.1. Yo‘nalishli harakatning bosh manbai bo‘lgan obyekt: uydan qishloqqa kelmoq, o‘qishni maktabdan boshlamoq, yozdan keyin / so‘ng kelmoq; I.2.2. Harakatning o‘rni va payti bilan bog`liq ma`nolarni ifodalash: orqadan kelmoq, oldindan rejalashtirmoq: I.3. O‘rin kelishigi. I.3.1. Makon yoki zamonda o‘rinlashish, barqarorlik: maktabda bo‘lmoq, yotoqxonada yashamoq, oyogi'da turmoq, tongda yig‘ilmoq. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling