20.Ot turkumiga oid so‘zlar nutqda har doim qanday shaklda bo‘ladi?
A. egalik shaklinini olgani holda
B. egalik shaklini olgani holda va birlik yoki ko‘plik shaklida
C. birlik yoki ko‘plik shaklida
D. qaysidir kelishik shaklida va birlik yoki ko‘plik shaklida
2-topshiriq .Belgili va belgisiz qaratqich shaklli so‘zlarni aniqlang.
1.Maqtanganning uyini ko‘r,kerilganning to‘yini ko‘r.
2.”Boburnoma” qahramonlar tavsifi,ularning shakl-shamoyilini ta’riflashdan boshlanadi.
3.Dangasaning vaji ko‘p.
4.Hayotim lazzati,qalbim qo‘risan,Vatanim
5.Bir lahza jimlikdan keyin allaqayerdan qo‘ylarning,sigirlarning ma’rashi,ho‘kizlarning o‘kirishi eshitildi.
6.Boyagi yigitning,Avazning ,qo‘li gul ekan.(P.Qodirov)
3-topshiriq.Gaplarni o‘qing. Kelishik va ko‘makchilarning sinonimligiga e’tibor bering.
1.Abu Ali ibn Sino G’aznaga yo‘l oldi.
2.Begimga o‘xshashni xohlayman.
3.Beruniy indamay eshikka yo‘naldi.
4.Qaysi gunohlaringga seni qiynoqqa soldilar.
5.Navkar uning qo‘llaridan qayirib,eshikka sudradi.
6.Sizga atalgan tilaklarim bir jahon.
7.Inson qalbi bilan hazillashmang siz.
4-topshiriq. So‘z birikmalarini ajrating. Тobe bo‘lakdan hokim bo‘lakka chiziqcha tortib, chiziqning tepasiga ularning bog‘lanish usullarini yozib qo‘ying.
1. Тarixni anglash orqali insonda hayotni anglash qobiliyati shakllanadi. 2. Inson tarixning yaratuvchisi, ishtirokchisi va uni dunyoga keltiruvchi eng oliy xilqat ekanligini va bu rad etib bo‘lmas haqiqatligini tan olamiz. 3. Insoniyat tarixi bu har birimizga bog‘liq bo‘lgan, o‘zligimizni ko‘rsatadigan, bizning olis shajaramizni, nasl-u nasabimizni, insoniy qadr-u qimmatimizni belgilaydigan muqaddas va mo‘tabar voqelikdir. 4. Biz g‘olib chiqmoqchi ekanmiz, bunda bizga yangicha g‘oya kerak. Bu g‘oyaning zamirida xalqimizning o‘zligini anglashi yotadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o‘zlikni anglash mumkin emas. 5. Har bir yangi avlod yangi tarixni taqozo etadi, uni yaratadi, takomillashtiradi. O‘z dunyoqarashi va manfaatlari doirasida vujudga keltiradi.
(«Fidokor» gazetasidan)
Do'stlaringiz bilan baham: |