O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti


Download 0.78 Mb.
bet12/118
Sana09.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1469389
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   118
Bog'liq
ишланилаётган

MAVZU: GRAMMATIK MA’NO. UMUMIY GRAMMATIK MA’NO (UGM), XUSUSUY GRAMMATIK MA`NO (XGM) VA ORALIQ GRAMMATIK MA`NO (OGM). ULARNING MUNOSABATI. UMUMIY MA’NONI OCHISH YO‘LLARI.


Reja:
1. Umumiy grammatik ma'no (UGM).
2. Xususiy grammatik ma'no (XGM).
3. Oraliq grammatik ma'no (OGM).
4. UGM, XGM, OGM tushunchalarining sharhi, ularning mohiyati.
5. Umumiy ma'noni ochish yo‘llari.
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar:

Grammatika, grammatik ma’no (GM), xususiy grammatik ma‘no (XGM), umumiy grammatik ma‘no (UGM), oraliq grammatik ma‘no (OGM), son shakllarining XGM va UGMlari, UGM ni ochish yo‘llari, bo‘lunavchan yoki bo‘linmas tushunchalari, aniq miqdor, noaniq miqdor, noaniq miqdoriy ko‘rsatkich (NMK).


Grammatik ma`no deganda nima tushuniladi?
Grammatik ma`no deganda har bir tilning qurilish tizimi nutqda ifodalanishini zaruruy va majburiy deb talab etadigan va turli xil shakliy ko‘rinishlar bilan beriladigan umumlashgan ma`nolar tushuniladi. Chunonchi, "Bolalar qiziqarli kitobni o‘qiydilar" gapini olsak, "Bolalar" so‘zida 2 xil ma`no ajralib turadi: 1) lug`aviy ma`no-ya`ni bu so‘zning borliqdagi odam jinsiga mansub bo‘lgan, yosh jihatdan voyaga yetmagan shaxsni yoki voyaga yetgan kimsaning farzandi, avlodini atab kelish;
2) ko‘plik sonda, bosh kelishikda, gapda ega vazifasida kelgan turdosh ot. Bu ma`nolardan birinchisi lug`aviy, leksik ma`no bo‘lsa, ikkinchisi grammatik
umumlashgan ma`nodir. Grammatik ma`nolar har bir til uchun shu til uchun o‘ziga xos bo‘ladi va rang-barang shakliy usullar bilan (biz bularni navbatdagi mavzuda ko‘rib o‘tamiz) ifodalanadi.
Grammatik ma`noni yangicha talqin qilishda ham til va nutq farqlanishi mezoniga yondashiladi. Zohiriy narsa tez - tez yo‘qolib, o‘zgarib turadi. Lekin u mohiyatning yashash usuli sifatida ahamiyatlidir. Nutq hech qachon til haqida to‘liq ma`lumot berolmaydi. Bizning til haqida nutq orqali olgan ma`lumotlarimiz hamisha noto‘liq. Nazariyotchi ularni umumlashtirar ekan, til haqida ma`lumotga ega bo‘ladi.
Grammatik ma`no (GM)ning an`anaviy talqini nutqiy hodisalarga tayanadigan empirik talqindir. An`anaviy talqindagi /GM/ ni /XGM/ desak to‘g`ri bo‘ladi.
UGM XGMga qarama-qarshi turadi. UGM XGM orqali voqelanadi. UGM hamma XGMlarni o‘z ichiga oladi. UGM va XGMlar haqida gapirishdan oldin, biz umumiylik va xususiylik nima,umumiy va xususiy ma`noning o‘zi nimaligi haqida bahs yuritaylik.
Biz ko‘ra oladigan, seza oladigan, o‘lchay oladigan, kuzata oladigan narsa, belgi, voqea - hodisa xususiylikdir. Masalan; daraxtni biz ko‘ra olamiz, paypaslaymiz, shoxlari va barglarini, mevasini sanay olamiz. Daraxtning moddiyligi uning ildizi, tanasi, shox-shabbasida. Har bir daraxt takrorlanmas, chunki bir yilda ekilgan 2 ta olma daraxti 2 ta alohidalikdir- mevasi, tanasi bir xil bo‘lsa-da, barglar miqdori bilan farqlanishi mumkin. Demak, yer yuzida nechta daraxt bo‘lsa, shuncha xususiy daraxt bor. Ularning hisobi nisbiy, chunki sanaguncha nechtasi quriydi, nechtasi yonib ketadi va hokazo...
Bir ashulani san`atkor 2 marta aytar ekan, bu bir emas, ikki xususiylikdir. "Men ma`ruza o‘qiyapman" gapini 2 marta takrorlasak, bunda ikki xususiylik voqelangan bo‘ladi. Chunki bu ikki gap hech bo‘lmaganda zamonda farqlanadi.
Umumiylik nima?
Xohlagan xususiylikda umumiylikning belgisi yotadi. Minglab daraxtlar uchun (olma, anjir, chinor... daraxtlari) umumiy bo‘lgan tomon - tanasi, shoxi bor o‘simlik. Bizning ongimizda daraxt xuddi shu ma`no bilan yashaydi. "Umumiylik - bevosita kuzatishda berilgan alohida xususiyliklardagi belgilarning ongimizdagi obrazi" [1,8;] .
Umumiyliklar mayda - chuyda belgilarni o‘z ichiga olmaydi, umumiylik xususiyliklarda takrorlanib turadi. Demak, xulosa shuki: xususiylik - takrorlanmas, chegaralangan; umumiylik - takroriy, chegaralanmagan.
Istalgan butunlik shakl va ma`no tomondan iborat bo‘ladi. Yana daraxt misoliga qaytamiz. Daraxtning shakl tomoni bizga ma`lum: qattiq tanali o‘simlik.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling