O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti
Download 0.78 Mb.
|
ишланилаётган
yig`lay uyga qaytdi (Ertakdan).
v) erkalash ma`nosini ifodalash: ... Endigi qolgan umrimni faqat seni izlash uchun sarflayman, deb ahd qilib qo‘ygan edim, bolaginam (A. Muxtor). 3. -(a) loq qo‘shimchasi ayrim otlarga qo‘shilib, erkalash, hurmat ma`nolarini bildiradi: bo‘taloq, qizaloq, toyloq kabi. Bu o‘rinda shuni eslatib o‘tish joizki, kichraytirish, achinish qo‘shimchasi bo‘lgan -gina, -kina, -qina qo‘shimchasi bilan shakldosh bo‘lgan -gina ajratish, ta`kid yuklamasi ham bor. Ajratish, ta`kid yuklamasi -gina hamisha so‘zning oxirida keladi, ya`ni egalik, ko‘plik qo‘shimchalari yuklamadan oldin qo‘yiladi: Mardlargina o‘z vatanlari uchun mardona kurasha oladilar. O‘rtog`imgina menga qarshi chiqmadi. Bundan tashqari, -gina yuklamali so‘zda urg`u o‘zak qismga tushadi. Yuklamali so‘zlar: Zumradgina, qovungina; kichraytirish, achinish qo‘shimchali so‘zlar: Zumradgina, qovungina. Yuqoridagilardan kichraytirish shaklining UGMsini quyidagicha tavsiflash mumkin: otlarning har bir ma`noviy turi, guruhiga qo‘shilib, so‘zning lug`aviy ma`nosini aniqlashtirish. Darhaqiqat, yuqorida qayd etilgan qo‘shimchalarning ma`nosi faqat matndagina reallashadi. Eski o‘zbek adabiy tilida kichraytirish shakli -choq va -chak qo‘shimchalari yordamida hosil bo‘lgan. Bu qo‘shimchalar hozirgi kunda ayrim so‘zlar tarkibida qotib qolgan. Masalan, arg`imchoq, toychoq, qo‘zichoq, o‘yinchoq, kelinchak, o‘rgimchak, belanchak... Ya`ni soddalashuv hodisasiga uchragan -cha qo‘shimchasini olgan ayrim so‘zlar haqida ham shu fikrni aytish mumkin. Ushbu qo‘shimchani olgan ayrim so‘zlar kichraytirish ma`nosini yo‘qotib, semantik o‘zgarish natijasida yangi leksik ma`no hosil qilgan: Nafisa opa ilgari bolalar bog`chasida murabbiya bo‘lib ishlardi (Mirmuhsin). Abdulla muzdek beqasam ko‘rpacha ustiga cho‘zildi (O‘.U). Bunday hollarda so‘z o‘zining dastlabki ma’nosini yo‘qotadi, affiks so‘zning asosidan ajralmas holatga keladi. [-cha] affiksining turli so‘zlardan sifat (o‘zbekcha, o‘rtancha, arabcha) yasash hodisasi tilshunosligimizda chuqur o‘rganilgan. Shaxsiy munosabat (erkalash) shakllari (-jon, -xon, -oy, -bonu, -gina) shaxs bildiruvchi atoqli otlarga, turdosh otlarga qo‘shilib erkalash, suyish ma’nolarini ifodalaydi: Ahmadjon, xolajon, Lolaxon, onaxon, Madinabonu, Nafisaoy kabi . Otlar borliqdagi qanday narsalarning nomini bildirishiga ko‘ra atoqli va turdosh otlarga bo‘linadi. Atoqli otlar umumiy tushunchalar bilan bog`liq bo‘lgan otlar sifatida narsa, predmet, buyum, voqea-hodisalarni mustaqil predmet sifatida ifodalaydi. Boshqacha qilib aytsak, atoqli otlar bir marta nomlangan predmetlardan bittasini ajratish uchun qayta nomlangan ikkilamchi nomdir. Ular yakka shaxs, narsa, joy, mahsulot, tashkilot, muassasa nomlarini ifodalab keladi. Atoqli otlar matndan, nutq vaziyatidan uzilgan holda atash ma`nosiga ega bo‘lmaydi va ular kontekstda reallashadi. Masalan, “Lobar” so‘zining turdosh ot yoki atoqli ekanligi shu so‘zning qurshovida bo‘lgan birliklardan anglashiladi. Bu jihatdan atoqli otlar olmoshlarga ― ishora so‘zlarga o‘xshaydi. Turdosh otlar ot turkumiga kirgan so‘zlarning asosiy qismini tashkil qiladi. Turdosh otlar bir turdagi narsa, voqea- hodisa, harakat- holat, o‘rin-joylarni atab keladi. Ular narsa -predmet, predmetlik kabi zotlarni (borliqning alohidaliklarini) nomlab kelganligi sababli bu kabi otlarda ma`no jihatidan zotlik (alohidalik) ma`nosi belgi ma`nosi bilan uzviy bog`langan bo‘ladi, chunki har qanday narsa bir belgi- xususiyatlarning majmuasi sifatida yuzaga chiqadi. Tilshunoslar ot turkumida zotiylik va sifat ma`nolarining bir-biridan ajralmaganligini ta`kidlashgan. Muayyan otlarda narsa turli sifatlarning barqaror butunligi , yaxlitligi tarzida talqin etiladi. Mavhum otlar turi turli narsalarda mavjud bo‘lgan bir xil yoki o‘xshash sifatlarni bir alohidalik tarzida ifoda etadi. Masalan, olma, qovun, shakar, qand va h.k. Muayyan otlarning muhim sifat belgisi "shirinlik" bo‘lsa, "shirinlik" mavhum otida yuqoridagi narsalarda mavjud bo‘lgan umumiy belgi bir alohidalik sifatida beriladi. Shuning uchun muayyan va mavhum otlarning farqli tomoni faqatgina ularning haqiqiy (kitob, olma, eshik) va xayoliy (sevgi, ishq, shirinlik), umumiy va yakka narsalarni ifodalay olishida emas, balki belgi, sifat ma`nosining qay usulda talqin etilishida hamdir. Atoqli otlar va ularning mazmuniy guruhi. Atoqli otlar borliqdagi nimalarning xususiylashtirilgan nomi ekanligi nuqtai nazardan quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1. Kishi, shaxs nomlari (antroponimlar)- Tursunoy, Mansur. 2. Hayvon nomlari (zoonimlar) - Olapar, To‘rtko‘z. 3.O‘rin- joy nomlari (toponimlar)- Markaziy Osiyo, Buxoro, Quyi Chirchiq, Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling