O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti


CH.k. -vositali to‘ldiruvchi yoki hol


Download 0.78 Mb.
bet80/118
Sana09.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1469389
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   118
Bog'liq
ишланилаётган

CH.k.

-vositali to‘ldiruvchi yoki hol

O‘-p.k.


Egalik shakllari esa qarashlilik, mansublik ma`nosini, ya`ni bir narsaning ma`lum shaxs yoki narsaga mansub ekanligini ifodalab, sintaktik jihatdan “keyingi SSHning oldingi SSHga munosabatini” ko‘rsatadi. An`anaviy tilshunoslikda forma yasovchi deb qaraluvchi mayl va zamon shakllari ham sintaktik shakl sifatida baholanilmoqda. Buning sababi shundaki, mayl va zamon shakllari bo‘lishli-bo‘lishsizlik, shaxs-son shakllari bilan birgalikda gapning kesimiga xos bo‘lib, shu mavqe`da qanday so‘z kelishidan qat`iy nazar, bu kategoriya ma`nolari voqelanadi. Masalan: “Men talabaman” gapida ham, talabaman so‘zshakli kesimlik shaklidir, bo‘lishli, aniqlik mayli, hozirgi-kelasi zamon, I shaxs, birlik son shaklidadir. Yoki “Men yozaman” gapi yuqorida sanab o‘tilgan shakllarda o‘zgaradi. Shu sababli, kesimlik kategoriyasi alohida kategoriya sifatida ajratilib, mayl, zamon, shaxs-son shakllari fe`l shakllari tizimidan chiqarilgan va kesimlik kategoriyasi tizimida o‘rganilmoqda. So‘zlarga alohida sintaktik vazifa belgilovchi kategoriya bo‘lgan kesimlik shakllari (mayl-zamon, shaxs-son, tasdiq-inkor)ning ma`noviy tomonini so‘zlovchining harakatga va harakatning nutq momentiga munosabatini ifodalash, harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini, bor-yo‘qligini ifodalash tashkil etsa, uning sintaktik tabiati gap kesimini shakllantirishidadir. Aloqa-munosabat qo‘shimchalari bilan birikish xususiyatiga ko‘ra so‘zlar ikki guruhga ajraladi:o‘zgaradigan so‘zlar;o‘zgarmas so‘zlar;O‘zgaradigan so‘zlar guruhiga ot, sifat, son, taqlid, olmosh, fe`lning kesimlik shakli, sifatdosh, harakat nomi kiradi. O‘zgarmas so‘zlar tarkibiga ravish, ko‘makchi, bog`lovchi, yuklama, ravishdosh, so‘z – gaplar kiradi.
Egalik kategoriyasi. Sintaktik shakllardan biri bo‘lgan egalik kategoriyasining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilar sanaladi:
[-(i)m], [-(i)miz], [-(i)ng], [-(i)ngiz], [-(s)i]. Ushbu shakllar ismlarga (ot, sifat, son, taqlid so‘z, olmosh, sifatdosh, harakat nomlariga) qo‘shiladi va qaralmishni ma’lum bir shaxsga (predmetga) tegishli ekanligini ifodalaydi. Egalik qo‘shimchalari tarkibida ko‘rsatiluvchi [-lar] shakli egalik qilinayotgan narsalarning ko‘pligiga ishora qiladi, ammo ega shaxs haqida ma’lumot bermaydi: …Buni olim o‘z tadqiqotlarida yuksak ilmiy darajada yoritib bergan (A. Hayitmetov). Egalik shakllarining ifodalanish usullarida quyidagi holatlar kuzariladi:
1. Morfologik usul, ya’ni egalik ma’nosi, egalik shakli orqali ifodalanadi, ammo qaratuvchi so‘z keltirilmaydi: kitobim, kitobing, kitobi.
2. Morfologik-sintaktik usul, ya’ni egalik subyekti (qaratuvchi so‘z) qaratqich kelishigida, egalik obyekti (qaralmish) egalik shaklida keladi: mening kitobim, sening kitobing, uning kitobi.
3. Sintaktik usul. Bunda 1) egalik subyekti qaratqich kelishigida, egalik obyekti affikslarsiz keladi: bizning kitob, sizning uy kabi; 2) egalik subyekti shaklsiz, egalik obyekti egalik shaklida keladi: ota mehri, o‘zbek tilshunosligi; 3) egalik subyekti chiqish kelishigida, egalik obyekti egalik shaklida keladi: ulardan biri, o‘quvchilardan beshtasi. Tilshunoslikda egalik shakllarining yana boshqa ifodalanish holatlari ham kuzatilgan va atroflicha o‘rganilgan.
Morfologik kategoriyalar sintaktik qobiliyatlarining yo‘nalishlariga ko‘ra sodda va murakkab shakllarga bo‘linar ekan, egalik kategoriyasi murakkab kategoriya bo‘lib, unda bir necha kategoriyalarga mansub bo‘lgan ma’nolarni ajratish mumkin:
a) lisoniy va nolisoniy munosabatlarni ifodalash (egalik kategoriyasi uchun kategorial ma’no);
b) shaxs ma’nosi (nokategorial ma’no );
v) son ma’nosi (nokategorial ma’no );
g) modal ma’no ( nokategorial ma’no);
d) butun-qism ma’nosi (nokategorial ma’no).
Shaxs ma’nosi uch xil ko‘rinishga ega: I shaxs (so‘zlovchi), II shaxs (tinglovchi), III shaxs (o‘zga). Hamma shaxsning o‘z qo‘shimchasi bor:


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling