O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti
Download 0.78 Mb.
|
ишланилаётган
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar
Harakat tarzi shakllari fe’lning lug‘aviy ma’nosi bilan zich bog‘langan. Bu shakllar fe’llarni grammatik jihatdan shakllantirib, ularning lug‘aviy ma’nolarini muayyanlashtiradi: harakatning kutilmaganda sodir bo‘lishi (kulib yubordi), harakatning tugallanganligi (o‘qib chiqdi), harakatning davomiyligi (o‘qib yuribdi) kabi o‘nlab ma’nolarni ifodalaydi. Ushbu shakllar ko‘makchi fe’llar atamasi ostida o‘zbek tilshunosligida batafsil o‘rganilgan. Lekin bugungi kunda ko‘makchi fe’llarning lug‘aviy shakllar sifatida tutgan o‘rni va lisoniy mohiyati masalasi kun tartibida turgan muammolardan sanaladi. Lug‘aviy shakl yasovchilar guruhiga mansub bo‘lgan ko‘plik son shakli ot turkumiga mansub leksemalarda “belgilanmagan miqdor” semasini muayyanlashtiradi: U kitoblarini yig‘ishtira boshladi.
Yuqorida aytilgan fikrlardan shunday xulosaga kelinadiki, lug‘aviy shakllar sirasiga ma’lum bir turkumlar doirasidagina amal qiladigan son, kichraytirish – erkalash [ot turkumi], nisbat [[fe`l], daraja [sifat] kabi ko‘rsatkichlar kiritiladi . Sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar esa barcha turkumlar uchun umumiy bo‘lib, so‘zning lug`aviy ma`nosiga mutlaqo ta`sir etmay, so‘zlarni bir-biriga bog`lab, ularga ma`lum bir sintaktik vazifalar muyyanlashtirishga xizmat qiladi. Sintaktik shakllar guruhiga egalik, kelishik, kesimlik kategoriyasi qo‘shimchalari kiritiladi. Bular o‘z navbatida sintaktik imkoniyati nuqtai nazaridan yana ikki guruhga ajraladi: a) so‘zlarni bog`lashga xizmat qiluvchi shakllar (kelishik, egalik); b)so‘zlarga alohida sintaktik vazifa belgilovchi shakllar (kesimlik shakllari). Kelishik so‘zlarni o‘zaro bog`lashga xizmat qiluvchi aloqo-munosabat shakllaridan bo‘lib, asosan, tobe so‘zni hokimga bog`laydi. Kelishik kategoriyasi ma`lum shakllar orqali ifodalanadi va alohida bir paradigmani hosil qiladi. Kelishik kategoriyasi olti shakl (bosh kelishik, qaratqich kelishigi, chiqish kelishigi, tushum kelishigi, jo‘nalish kelishigi, o‘rin-payt kelishigi) ning sistemasi bilan shakllanadi, ularning har biri ma`lum ma`nolar kompleksini ifodalaydi. Kelishik shakllarida ma`lum bir sintaktik vazifa uchun xoslanganlik ham ajratiladi, ya`ni: B.k.-gapning egasi shakli Q.k.-qaratqichli aniqlovchi T.k.-vositasiz to‘ldiruvchi J.k. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling