O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti


Download 0.78 Mb.
bet86/118
Sana09.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1469389
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   118
Bog'liq
ишланилаётган

Maqsad/sabab OGMsi yuqoridagi kelishiklarda quyudagi ko‘rinishlarda voqealanadi:
II.1. Jo‘nalish kelishigi.
II.1.1. Maqsad ma'nosi: o‘qishga kelmoq, ko‘rishga bormoq;
II.1.2. Sabab ma'nosi: gapirishga qo‘rqmoq, chekishga odatlanmoq;
II.2. Chiqish kelishigi
II.2.1. Sabab ma'nosi: og‘irligidan cho‘kmoq, betobligidan nolimoq;
II.2.2. Maqsad ma'nosi: ishdan ketish uchun, ovqatdan yegani;
II.3. O‘rin kelishigi. Bu kelishik shakli makon kelishiklari orasida o‘ziga xos ham sintaktik, ham ma'noviy xususiyatga ega. Uning sintaktik o‘ziga xosligi shundaki, bu kelishik ixtisoslashgan sintaktik vazifaga - gapda hol bo‘lib kelishiga asoslangan va gapda hol ham, to‘ldiruvchi ham bo‘lib kela oladigan jo‘nalish, chiqish kelishiklariga zid turadi. O‘rin kelishigi tushum, jo‘nalish, chiqish kelishiklaridan farqli o‘laroq boshqarilmaydi ham va barqaror o‘rin yoki payt statik ma'nosiga ega va buni quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
ga · dan
→ →
→ →
da
Shuning uchun bu kelishik shaklida makon kelishiklari OGMlarining voqelanishi o‘ziga xosdir. Shularga asoslanib ba'zi tadqiqotchilar o‘rin kelishigi shaklini hattoki kelishiklar shaklidan chiqarib, o‘rin-payt ravishlari yasovchisi, yuksak unumdorlikka ega bo‘lgan derivatsion formant deb ham baholaydilar
[4, 5-6;] .
III.1. Jo‘nalish kelishigi. (Manba/jo‘nalish OGMsi)
III.1.1. Harakat natijasida biror narsa qo‘shiladigan manba/obyekt: dengizga quymoq, qozonga solmoq, ovqatga aralashtirmoq.
III.1.2. Harakat va holat yo‘nalgan shaxs yoki predmet: o‘rtog‘iga tutqazmoq, qalbiga yo‘l topmoq, ukasiga yozmoq.
III.1.3. Harakat yo‘nalgan manba emas, balki vosita bo‘ladigan predmetni anglatadi: sababiga qiziqmoq.
III. 2. Chiqish kelishigi
III.2.1. Harakatning o‘rinlashish, joylashish o‘rni: labidan o‘pmoq, qo‘lidan ushlamoq, qulog‘idan cho‘zmoq.
Chiqish kelishigining bu ma'nosi jo‘nalish kelishigining III.1.1. ma'nosi bilan mutanosibdir va buni qo‘liga yopishmoq, qo‘lidan ushlamoq/tutmoq birikmalarini qiyoslash bilan ilg‘ab olish mumkin.
Jo‘nalish va chiqish kelishiklarida qiyoslash OGMsi (IV) ham turlicha ko‘rinishlarda voqelanadi: uchga teng, uch so‘mga olmoq, tomdan baland, uchdan ko‘p.
Ikkinchi guruh kelishiklar (bosh, chiqish, tushum)da kelishik kategoriyasining UGMsi quyidagi OGMlarda voqelanadi:
Tobe so‘zning hokim so‘zga nisbatan distant, ya'ni ajralgan holda joylashganligi.
Tobe so‘z anglatgan predmetning aniqligi.
Hokim so‘zning ot yoki fe'l ekanligi. Bu OGMlarning kelishik shakllarida voqelanishi ham o‘ziga xosdir.
Birinchi OGM voqelanishida bosh kelishik tushum va qaratqich kelishiklari bilan oppozitsiyada turadi, bunda bosh kelishik kontakt (yonma-yon) joylashgan to‘ldiruvchi va aniqlovchi shakli, tushum kelishigi distant (hokim so‘zdan ajralib) to‘ldiruvchi, qaratqich distant ot-aniqlovchi shakli sifatida chiqadi: maktab bog‘i - maktabimiz bog‘i. Lekin "maktabning yangi bog‘i", "maktabimizning yangi bog‘i" birikmalarida tobe-hokimni bir-biridan ajratganda qaratqich kelishigi zarur bo‘ladi va ma'no konkretlashadi. Xuddi shunday hollarni "kitob o‘qimoq", "kitobni o‘qimoq" birikmalarida ham kuzatamiz.
Tushum kelishigi bilan qaratqich kelishigi o‘zaro biri vositasiz to‘ldiruvchi shakli, ya'ni ismni fe'lga tobelantirish shakli, qaratqich kelishigi esa ism / aniqlovchi-ismni boshqa ismga tobelantiruvchi shakl sifatida chiqadi. Rang-barang nutqiy ma'nolar tushum kelishigida ham yuzaga chiqadi. Chunonchi, harakat to‘la qamrab oladigan manba/obyekt (suvni ichdi, kinobni o‘qidi); harakat natijasida yaratiladigan obyekt (xat yozmoq, bino qurmoq); harakat natijasida yo‘qotiladigan manba/obyekt (pulni yo‘qotmoq, pulni oldirmoq, uyni buzmoq); harakat natijasida sifati, rangi, shaklini o‘zgartiradigan manba/obyekt (yog‘ochni yormoq, derazani bo‘yamoq, labini bo‘yamoq). Egalik kategoriyasi bo‘limida ko‘rib o‘tganimizdek qaratqich kelishigida ham so‘z birikmalari tarkibidagi so‘zlar va ularning lug‘aviy ma'nolari so‘zlar anglatgan narsa, belgi, xususiyatlarning o‘zaro hayotiy aloqalari bilan belgilanadi va grammatikaga aloqador emas.
So‘zlarning sintaktik shakllaridan biri bu kesimlik kategoriyasidir. Kesim gap bo‘lagi sifatida dunyodagi barcha tillarning sintaktik sistemasida alohida o‘rin tutadi. Uning mavqei turkiy tillarda, ayniqsa, ustun.
Turkiy tilshunoslikda, xususan, o‘zbek tilshunosligida maxsus morfologik kategoriya sifatida kesimlik kategoriyasini ko‘rsatish odat tusiga aylanib bormoqda. Turkiy tilshunoslikda kesimlik kategoriyasini alohida morfologik kategoriya sifatida ajratgan olim N.K.Dmitriyev bo‘ldi. U “Kesimlik qo‘shimchalari tarixiga oid” maqolasida quyidagilarni yozadi: “Qo‘shimchalardan iborat morfologik kategoriya mavjud, ammo kesimlik kategoriyasi to‘liq sintaktik funksiya bajaradi. Turkiy tillarning xususiyati shundadir”. Darhaqiqat sintaktik shakllardan kelishik va egalik kategoriyasi so‘zlarni bog`lashga xizmat qilsa, kesimlik shakllari esa so‘zlarga alohida sintaktik vazifa belgilaydi. Kesimlik kategoriyasini maxsus morfologik kategoriya sifatida formal- funksional tezis mualliflari ham ishlatgan [3, 3-9;]. Kesimlik kategoriyasining turkiy tillar grammatik kategoriyalari ichidagi o‘rni Sh.Shahobiddinova tomonidan maxsus o‘rganildi va biz quyida uning nomzodlik dissertatsiyasi ilovasidagi kesimlik kategoriyasi haqidagi xulosalarini alohida keltiramiz: “Kesimlik kategoriyasi. Bu kategoriya shakllarining ma`nolari murakkab bo‘lib, ularni quyidagicha ko‘rsatish mumkin:

  • Shaxs ma`nosi.

  • Son ma`nosi.

  • Zamon ma`nosi.

  • Mayl – munosabat ma`nosi.

  • Tasdiq - inkor ma`nosi.

  • Kesimlikni shakllantirish va gapning egasi bilan bog`lash vazifasi.

Birinchidan beshinchigacha bo‘lgan ma`nolar kesimlik kategoriyasi mohiyatining ma`noviy tomonini tashkil etadi. Oltinchi ma`no esa uning mohiyatida sintaktik tomonni tashkil etadi. Shu turdagi ikki xil ma`no birikishidan kesimlik kategoriyasining UGMsi (umumiy lisoniy grammatik ma`no) hosil bo‘ladi. Bu UGM o‘n minglab xususiy ma`nolar shaklida nutqda voqelanadi” [6, 70;].
Kesimlik kategoriyasi shakllari uchun tasdiq-inkor, mayl-zamon, shaxs-son ma`nolarining birikkan holda ifodalanishi xos bo‘lib, bu ma`nolar so‘zshakl tarkibida bitta qo‘shimcha bilan ham bir necha qo‘shimcha bilan ham ifodalanishi mumkin. Masalan, “gulni ol” gapida “ol” so‘zshakli tasdiq, buyruq mayli, ikkinchi shaxs, birlik son, hozirgi zamon ma`nolarini voqelashtirib kelmoqda va bu ma`nolar bitta [0] bilan ifodalanmoqda. “Otam ishchi” so‘zshaklida ham tasdiq, aniq mayl, hozirgi-kelasi zamon, uchinchi shaxs, birlik ma`nosi [0] bilan ifodalanmoqda. “Gulni olmadingiz” gapida inkor ma`nosi [-ma] qo‘shimchasi bilan, mayl-zamon ma`nosi [-di] bilan, ko‘plik ma`nosi [-iz] bilan ifodalanmoqda. “Gulni olma” gapida esa inkor ma`nosi [-ma] bilan, mayl-zamon, shaxs-son ma`nolari [0] bilan berilib, gap kesimi shakllantirilmoqda. Misollardan ko‘rinib turganidek, mayl, zamon, shaxs-son, tasdiq-inkor, ko‘rsatkichlari fe`lgagina emas, kesim vazifasini o‘tashga xoslangan har qanday so‘zga mansub bo‘lib yig`iq yoki yoyiq holatlarda voqelanadi. I.I. Meshaninov yozadi: “…shaxs-sonda… so‘z turkumi emas, balki gap bo‘lagi o‘zgaradi. Albatta, so‘z turkumiga (fe`lga) ham shaxs-sonda tuslanish xos, biroq bu mutlaq uning o‘zigagina xos belgi emas; fe`lning o‘zi ham shaxs-sonda shuning uchun o‘zgaradiki, tilda har qanday kesim shaxs-sonda o‘zgaradi” [ 2, 38;]. Bu yerda yana bir narsani ta`kidlash zarurki, boshqa so‘z turkumi bilan ifodalangan kesim bilan fe`l bilan ifodalangan kesim orasida tuslanish darajasi bo‘yicha farq bo‘lishi mumkin. Chunki boshqa so‘z turkumi bilan ifodalangan kesimning tuslanish darajasi sust, mayl/zamon tushunchalarini aniqroq ifodalash zarurati tug`ilganda, aynan fe`lga ehtiyoj seziladi. Masalan, Men ishchiman //Men ishchi bo‘lganman// Men ishchi bo‘lsam…; Bahor// Bahordir // Bahor edi // Bahor bo‘lgan… kabi. Bundan ko‘rinadiki, fe`lda kesimlik imkoniyati kengroq. Fe`llarda mayl, zamon, shaxs va son, tasdiq – inkor ma`nolarini ifodalashga xizmat qiladigan shakllarning o‘ta keng rivojlanganligining sababi shundaki, kesim juda ko‘p hollarda fe`l bilan ifodalanadi. Ammo bu shakllar fe`lning fe`lligini belgilovchi, so‘z turkumi sifatida farqlovchi shakllar emas. Bu shakllar so‘z turkumini emas, gap bo‘lagini farqlaydi. O‘z mohiyatini sintaktik qatlamda ochuvchi shakllar faqat bulargina emas. Masalan, kelishik kategoriyasi ko‘rsatkichlari ham shu hil xususiyatga ega. Kelishiklar muyyan gap bo‘laklarini shakllantirish uchun xizmat qiladi: Qaratqich kelishigi qaratqich aniqlovchini, tushum kelishigi vositasiz to‘ldiruvchini, o‘rin, jo‘nalish, chiqish kelishiklari to‘ldiruvchi va holni, bosh kelishik ega, kesim va boshqa gap bo‘laklarini. Shu tufayli kelishikni ham muayyan so‘z turkumi, xususan, otga bog`lab bo‘lmaydi. Demak, turkiy tillarda, jumladan, o‘zbek tilida vositasiz to‘ldiruvchini shakllantiruvchi tushum kelishigi, ot aniqlovchini shakllantiruvchi qaratqich kelishigi morfologik formalariga o‘xshab, gap kesimini shakllantiruvchi maxsus morfologik shakllar sirasi borki, ular so‘zning alohida bir sintaktik vazifadagi shaklinikesimlik shaklini yasashga xizmat qiladi. Kesimlik kategoriyasi mohiyatini semantik jihatdan mayl-zamon, shaxs-son, tasdiq-inkorlik ifodalash, sintaktik jihatdan gap kesimini shakllantirish tashkil etadi. Jumladan, mayl-zamon kategoriyasining ma`noviy xususiyatini so‘zlovchining harakatga va harakatning nutq momentiga munosabatini ifodalash tashkil etsa, ushbu morfologik kategoriyaning sintaktik imkoniyatini gap kesimini shakllantirish, kesimga turli valentliklar berish, mikromatn tarkibiy qismlarini bog`lash kabilar belgilaydi. Yoxud shaxs-son ko‘rsatkichining ma`noviy xususiyati harakat bajaruvchisining shaxs va sonini, aniq-noaniqligini, bor-yo‘qligini ifodalashda bo‘lsa, sintaktik xususiyati gap kesimini shakllantirishidadir.
Kesim vazifasida kelgan barcha so‘zlar shaxs-son shakl ko‘rsatkichiga egadir. Har qanday voqea, hodisa ma`lum zamon dourasida sodir bo‘ladi. Demak, ifodalangan voqea, hodisalar uch grammatik zamondan birini ko‘rsatadi (zamondagi umumiylik ham shunga kiradi). Zamon ma`nosi turli vositalar orqali ifodalanadi. Masalan, ma`ruza o‘qildi (o‘tgan zamon ), ma`ruza o‘qilyapti (hozirgi zamon), ma`ruza o‘qiladi (kelasi zamon) gaplarida zamon ma`nosi fe`lning zamon shakllari vositasida ifodalangan. Zamon kategoriyasi bilan mayl kategoriyasi birgalikda bir butunlikni tashkil qiladi. Mayl kategoriyasi faqat tuslangan fe`llargagina xosdir. Zamon kategoriyasi esa mazmuniga qarab qisman sifatdosh va ravishdoshlarga o‘xshab ketadi. Ravishdosh va sifatdoshlardagi (zamon bilan tuslangan fe`llardagi) zamon bilan tuslangan fe`llardagi zamon bir – biridan keskin farq qiladi. Ulardagi farq shundaki, tuslangan fe`1lardagi zamon harakat sodir bo‘lish paytining nutq momentiga munosabatini ifodalasa, ravishdosh va sifatdoshlardagi zamon harakatning sodir bo‘lish paytining kesim bilan ifodalangan harakatning paytiga munosabatini ifodalaydi. Shunday qilib, zamon kategoriyasini quyidagi chizma orqali ifodalasa bo‘ladi:
Real nutq momenti ideal

o‘tgan zamon hozirgi zamon kelasi zamon


Kesimi ot bilan ifodalangan gaplar ham zamon ma`nosini anglata oladi: Dilshoda – talaba. Otam – iqtisodchi kabi. Shamol! Odam! kabi bir tarkibli gaplar ham zamon (hozirgi zamon) ma`nosi bilan bog`langan.

Shaxs kategoriyasi gapdagi mundarijaning voqelikka munosabatini ko‘rsatishda qatnashadi, gapda shaxsga munosabat ifodalanadi. Shaxs kategoriyasi son kategoriyasi bilan bog`liq. Har bir shaxsda son bor:

Birlik Ko‘plik


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling