O‘zbek adabiy tilining qadimgi turkiy davri e’tibor qaratiladigan masalalar


Download 43.03 Kb.
bet2/6
Sana23.02.2023
Hajmi43.03 Kb.
#1223969
1   2   3   4   5   6
Kul tigin (Shahzoda Kul) bitigtoshi. Bu bitigtosh turk xoqoni Eltarish xoqonning kichik o‘g‘li Kul tigin qabriga qo‘yilgan. Qul tigin 731-yilda qirq etti yoshida vafot etadi. Bitigtosh bir yildan keyin o‘rnatilgan, u juda yaxshi saqlangan.Bitigtoshni rus sayyohi N.M.Yadrinsev 1889-yilda Mo‘g‘ulistonning O‘rxun daryosi irmog‘i atrofidan topgan. Kul tigin bitigining balandligi 3 metr 25 sm bo‘lib, u marmarga o‘yib yozilgan. Bitigtoshining tiklangan vaqti noma’lum. Ayrim olimlar uni 735-yili tiklangan deb taxmin qiladi. Bitigda tarixnavis va adib Yo‘llug‘ tigin uni 34 kunda toshga yozdirganini ta’kidlab o‘tgan. Eslatib o‘tish o‘rinliki, Yo‘llug‘ (lug‘aviy ma’nosi yo‘li yorug‘) tiginning ikkita bitigi ma’lum. Ularning ikkalasi ham Ikkinchi turk xoqonlig‘ining asoschisi Eltarishning o‘g‘illari xotirasi uchun bitilgan. Biri Eltarishning kichik o‘g‘li, sarkarda Kul tigin, ikkinchisi katta o‘g‘li Bilga xoqon bitigidir.
Kul tigin bitigida tasvirlangan voqealar Kul tiginning akasi Bilga xoqon (asli ismi Mo‘g‘uliyon) tilidan hikoya qilinadi. Bitigni Kul tiginning jiyani Yo‘llug‘ tigin yozgan. Mazkur bitigda Bilga xoqonning og‘a-inilari, qarindosh-urug‘lari va eldoshlariga murojaati bayon etilgan. Bitigda turkiylarning adashishlari, harbiy yurishlari, qo‘shni bo‘lgan tabg‘achlarning bosqinchiligi va hiylakorligi natijasida xalq boshiga tushgan kulfatlar afsus-nadomat bilan hikoya qilinadi. Eldoshlarining har xil aldovlarga ishonmasliklari, hokimiyatni mustahkamlashlari, o‘zaro urush-janjallarga chek qo‘yishlari, ittifoq bo‘lib yashashlari kerakligi bo‘yicha ularga qarata murojaat qiladi. Badiiyat nuqtai nazaridan o‘z davrida yuksak saviyada yozilgan bu bitig turkiy xalqlarning keyingi davr yozma adabiyoti rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgani, shubhasizdir.
Bilga xoqon bitigtoshi. Bu xoqonning asli ismi Mo‘g‘ulon bo‘lib, Bilga uning laqabidir. Bilga so‘zining ma’nosi qadimgi turkiy tilda “dono, donishmand”dir. Bilga xoqon 716-734-yillarda Turk xoqonligida xoqon bo‘lgan. U Ikkinchi turk xoqonligining asoschisi Eltarish (asl ismi Qutlug‘, Xitoy obidalarida Gudulu) xoqonning o‘g‘lidir. Bilga xoqon o‘zining hukmronligi davrida Kulteginni bosh qo‘mondon, To‘nyuquqni esa bosh maslahatchi etib tayinlaydi. Uning xoqonlik davrida turkiy qabilalar o‘rtasidagi o‘zaro janjal va nizolarga qisman chek qo‘yiladi, mustahkam yagona davlatni shakllantirishga muyyan darajada erishiladi. Bilga xoqon 734 yilda dushmanlari tomonidan zaharlab o‘ldiriladi.
Ushbu bitigtoshni N.M.Yadrinsev 1889-yilda Kul tigin bitigtoshi bilan birga Mo‘g‘ulistonning O‘rxun daryosi irmog‘i atrofidan topgan. Bu bitigtoshni V.V.Radlov Kul tigin bitigtoshi bilan birga nashr ettiradi. Bitigda matnning asosiy qismi muallif Yo‘llug‘ tilidan emas, uning otasi Bilga xoqon tilidan hikoya qilinadi. Xoqon barcha turkiy xalqlarni birlashishga, o‘z elini saqlash va sevishga, tinch-totuv yashashga chaqiradi. O‘z xalqini o‘tmishdan saboq olib, dushmanning turli hiyla-nayranglariga aldanmasdan, hushyor bo‘lishga undaydi. Bitig matni, asosan nasrda bitilgan bo‘lib, ayrim she’riy shaklda bitilgan o‘rinlar ham bor. Bitigning tuzilishi va uslubi xalq dostonlariga o‘xshab ketadi.

Download 43.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling