O‘zbek adabiy tilining qadimgi turkiy davri e’tibor qaratiladigan masalalar
Download 43.03 Kb.
|
To‘nyuquq bitigtoshi. To‘nyuquq Ikkinchi turk xoqonligining barpo etilishi va saltanatning mustahkamlanishiga munosib ulush qo‘shgan davlat arbobi, tarixchi va adibdir. U Qutlug‘ (682–692), Bo‘gu (692–716) va Bilga (716–734) xoqonlar hukmronligi davrida yashagan hamda ularning maslahatchisi va qo‘shinida qo‘mondon bo‘lgan. To‘nyuquq bitigtoshida bu xususda quyidagilarni yozadi: “O‘shanda kengashchi ham mening o‘zim edim, urushuvchisi ham men edim”.
To‘nyuquqning tug‘ilgan va o‘lgan yili ma’lum emas. U 646-647-yillarda Tabg‘ach elida tug‘ilgan degan taxminlar bor. O‘sha davrlarda turk xalqi Tabg‘achga qaram bo‘lgan. O‘z davri tartibiga ko‘ra Tabg‘ach turk yigitlarini o‘z saltanati ostida tarbiyalab, so‘ngra ularni o‘z yurtiga lavozimli vazifalarga yuborib turgan. To‘nyuquq ham Tabg‘achda tarbiyalanib, ma’lum yoshga etgandan keyin u ota-bobolari yashaydigan yurtga Tabg‘ach hokimiyatiga xizmat qilish uchun yuborilgan. Biroq u Tabg‘achga xizmat qilish o‘rniga turkiy xalqlarning ozodligi uchun kurashadi. Toshbitik 712-716-yillarda To‘nyuquq tirikligi paytida yozilgan. Yodgorlikni 1897-yilda Yelizaveta Klemens eri Dmitriy Klemens bilan birgalikda Shimoliy Mo‘g‘ulistonning Bain-Sokto manzilidan topishgan. To‘nyuquq turkiylarning dushman qabilalariga qarshi kurashgan, donoligi, tadbirkorligi, jasurligi bilan ko‘p g‘alabalarni qo‘lga kiritgan sarkardadir. Bitikda uning xizmatlari ulug‘lanadi, turk xalqiga sodiqligi madh etiladi. To‘nyuquq bitigtoshida ajdodlarimiz erki xususida ta’sirchan va ibratli fikrlar ifodalagan. To‘nyuquq bitigi yonma-yon tiklangan ikkita toshga ko‘k turk yozuvida yozilgan. Yodnoma 62 satrli bo‘lib, uning 35 satri birinchi toshga, keyingi 27 satri esa ikkinchi toshga tepadan quyiga qarab bitilgan. Voqealar muallifning o‘z tilidan hikoya qilinadi. Bitigning yozilgan sanasi aniq emas, taxminlar bor, xolos. Ba’zi olimlar uni 712-716-yillar orasida, ba’zilar 720, boshqa birlari esa 725-726-yillarda yozilgan deb taxmin qiladilar. Bitigda To‘nyuquq o‘zining qaysi yurtda tug‘ilib ulg‘ayganligi, keyinchalik Eltarish boshliq xalq ozodligi harakatlariga qo‘shilganligi, mamlakatni bosqinchilar zulmidan qutqarganligi, mamlakat chegaralarini kengaytirishdagi ulushini, xalq tinchligi va farovonligi yo‘lida olib borgan kurashlarini hikoya qiladi. Bitigda muallif turkiy tilning boy imkoniyatlaridan, xalq maqollari, turli badiiy vositalardan unumli foydalangan. Uning uslubi judda sodda va ravon. Mazkur bitiglarda vatan mustaqilligini qo‘ldan bermaslik, yurt erki uchun kurashda jonni ayamaslik, har qanday yovuzlikka barham berish, xalqni parokanda bo‘lib ketishdan saqlab qolish kabi muhim ijtimoiy g‘oyalar aks ettirilgan va avlodlarga vasiyat qilingan Irq bitig (folnoma). Badiiy ijod namunasi sifatida qaraladigan bu asar qog‘ozga yozilgan bo‘lib, bashorat qilish, kelajakni aytib berish haqidagi kitob, ya’ni folnomadir. Qadimgi turkiy xalqlar og‘zaki ijodida bu xil mavzudagi asarlar yaratilgan bo‘lib, ular «Irq bitigi», islom davri atamashunosligida esa «Ta’birnoma» deb yuritilgan. Asar qo‘lyozmasini XIX asrning oxirida arxeolog A.Steyn Sharqiy Turkistonning Dunxuan degan joyidan topgan. Qo‘lyozmani V.Tomson ingliz, S.E.Malov esa rus tiliga tarjima qilgan. Asar IX asri boshlarida moniy jamoasidagi Isig Sangun va Itechuq nomli ikki bolaga bag‘ishlab yozilgan. Unda yaxshilik g‘oyasi ustuvorlik kasb etadi. Asarda oltmish beshta mustaqil she’r mavjud. Irq bitigda, asosan, tush ko‘rish va uning ta’biri bayon etilgan. Asarda turkiy xalqlarning turmush tarzi, urf-odatlar va estetik-axloqiy qarashlari o‘z ifodasini topgan. Bu qarashlar turkiylar uchun muqaddas sanalgan ilon, bo‘ri, burgut, yo‘lbars, ot kabi hayvon va qushlar orqali ifodalangan. «Irq bitigi»da badiiy qiymatga va allegorik xususiyatga ega bo‘lgan she’rlar ko‘p uchraydi.. SHu sababli ham bu asarga tush ta’biri nuqtai nazaridan emas, ko‘proq badiiy ijod namunasi sifatida yondoshish kerak. Download 43.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling