O‘zbek adabiy tilining qadimgi turkiy davri e’tibor qaratiladigan masalalar


Download 43.03 Kb.
bet4/6
Sana23.02.2023
Hajmi43.03 Kb.
#1223969
1   2   3   4   5   6
Moyun Chur bitigi. Bu bitigtosh 759-yilda o‘rnatilgan. Bu bitigni fin olimi G.I.Ramstedt 1909-yilda Shimoliy Mo‘g‘ulistonning Selenga daryosi bo‘yidan topgan. Moyun Chur uyg‘ur xoqoni bo‘lib, uning jangavor yurishlari tafsilotlari bitigda o‘z tilidan hikoya qilinadi. Moyun Chur bitigi tarixiy qimmatga ega bo‘lib, unda jang yillari, joy nomlari, xoqon va sarkardalarning nomi va unvonlari bo‘yicha ma’lumotlar keng berilgan.
Run yozuvida yozilgan yana Kuli chur bitigtoshi ham bor. Bu bitigtoshni 1912-yilda polshalik professor V.Kotvich Ulan-Bator yaqinidagi manzildan topgan va uning matnini A.Samoylovich bilan birgalikda chop ettirgan. Undan keyin bitigni H.N.Orqun, S.E.Malov, G.Aydarov kabilar o‘z kitoblarida nashr ettirganlar9.
Mazkur yozuvda bitilgan yodgorliklar turkumiga Ungin bitigtoshi ham kiradi. Aksariyat toshbitiklar Mo‘g‘uliston, Germaniya, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya, Shvetsiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda saqlanadi. Runiy yozuvda bitilgan adabiy tarixiy bitiklar Sibir, Mo‘g‘uliston, Sharqiy Turkiston, Markaziy Osiyo, Kavkaz, Volga bo‘yi, shuningdek, Yevropadan topilsa-da, u tarixda O‘rxun-Enasoy yodgorligi nomi bilan yuritiladi. Mazkur yodgorliklar til xususiyatlariga ko‘ra umumiy belgilarga ega.
Alohida ta’kidlash o‘rinliki, toshbitiklar turkiy xalqlar tarixida favquloddagi yozma adabiyot emas. Ular qadimgi turkiy xalqlar og‘zaki ijodining mantiqan davomi, o‘zidan avvalgi manbaning mazmuni, ruhi, g‘oyasini rivojlantirgan o‘ziga xos bo‘lgan adabiyot namunalaridir. Toshbitiklar qadimgi turkiy xalqlar og‘zaki ijodi va taxminan aytishimiz mumkinki, yozma adabiyotining davomi sifatida yuzaga kelgan. Bu toshbitiglar barcha turkiy xalqlarning adabiy yodgorliklaridir.
Ma’lumki, uyg‘ur yozuvi VI asrdan tortib XV asrgacha turkiy xalqlarda va buddachilar orasida hatto XVIII asrgacha ishlatilib kelingan. Qadimgi turkiy tilning uyg‘ur yozuvidagi yirik namunalariga Xuastuanift (“Monaviylarning tavbanomasi”), Shahzodalar Qalyanamqara va Papamqara haqida qissa, Oltun yoruq, Sekiz yukmak, Atavka devi haqida afsona kabilarni aytib o‘tish mumkin.
Uyg‘ur yozuviga tegishli yodgorliklar tosh va qog‘ozlarda bitilgan. Yag‘laqarxon qabridan topilgan namuna Suji yodgorligi, Moyun chur qabridan topilgan namuna Selenga yodgorligi, qog‘ozda topilgani esa Turfon yodgorligi deb ataladi. Ma’lumki, uyg‘urlarning ko‘pchiligi qadimda budda diniga sig‘inganlar va bu borada o‘zlarining yozma yodgorliklarini yaratganlar. Ular bu yodgorliklarni «Suvarna» yoki «Oltin yorug‘» deb yuritganlar. Uyg‘ur yozuviga tegishli yodgorliklarni dastlab ingliz olimi A.Shteyn, nemis olimi A.Lekok, fransuz olimi P. Pelli topib, fan olamiga ma’lum qilgan. Budda yodgorligi «Suvarna»dan ba’zi parchalarni nemis olimi F.M.Myuller 1908-yilda e’lon qilgan.

Download 43.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling