O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
O`ZBEK ADABIY TILINING TARAQQIYOT BOSQICHLARI O'zbekistonda 1994-yili aholining soni 23 million edi, 1989-yil 12-yanvarda o'tkazilgan aholi ro'yxati ma’lumotlariga ko‘ra, O'zbekistonda 14 million 142 ming 500 o'zbek istiqomat qilgan. O'zbeklar Qoraqalpog'iston Respublikasida (397 ming 800), shuningdek, Tojikiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmanistonda ham yashaydilar. Afg'oniston, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Eron, Xitoyning Shinjon uyg'ur viloyatida va boshqa davlatlarda ham bor. O'zbek tili bugungi ko'rinishga kelgunga qadar juda katta tarixiy taraqqiyot bosqichi- ni bosib o'tgan. O'zbek tili qadimgi turkiy til, eski turkiy til, eski o'zbek tili hamda hozirgi o'zbek tili kabi bosqichlarga bo'linadi. QADIMGI TURKIY TIL miloddan oldingi davrlardan X asrgacha qo'llangan. Jamiyat oilalardan tashkil topganidek, tillar ham turli-tuman oilalarga bo'linadi. Til oilalari shu tilga asos bo'lgan til nomi bilan yuritiladi. Demak, hozirgi barcha turkiy tillar (o'zbek, uyg'ur, ozarbayjon.usmoriii turk, tatar, xakas, yoqut va boshqalar) uchun qadimgi turkiy til umumiy til (bobo til) sanaladi. Hozirgi turkiy tillarning shakllanish tarixini ko'pchilik olimlar bir necha davrlarga bo'ladilar: 1. Oltoy davri. 2. Eng qadimgi turk davri. 3. Qadimgi turk davri. 4. O'rta turk davri (hozirgi barcha turkiy xalqlar va ular tillarining shakllanish hamda rivojlanish davri). Mutaxassislar fikricha, turkiy tillar qadimda mo'g'ul va tungus-manjur tillari bilan birgalikda bitta oilani tashkil etgan va bu til oltoy tili deb atalgan. Keyinchalik oltoy tili tarmoqlanib ketgan. Afsuski, bu davrdan xabar beruvchi yozma yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan, lekin qadimgi turkiy til davriga oid bir qancha yozma manbalarga egamiz. O'rxun-Enasoy, uyg'ur (qisman moniy), sug'd yozuvlari shular jumlasidandir. Mazkur yozuvlar hozirgi turkiy tillarning barchasi uchun umumiy sanaladi. O'rxun-Enasoy yozuvi haqidagi dastlabki xabarlar N.K.Vidzen, S.U.Remezov, I.Tabbet-Stralenberg, D.G.Messershmidt, M.A.Kastren kabi tadqiqotchilar tomonidan e’lon qilingan. 1889-yili N.M.Yadrinsev Mo'g'ulistondagi Qoraqum shahristoni xarobalaridan ikkita katta bitiktosh topib oldi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, bu toshlar Kultigin va Bilga xoqon sharafiga qo'yilgan bitiktoshlar ekan. V.V.Radlov, V.Tomsen, P.M.Melioranskiy kabi olimlar bu sirli yozuvlami o'qishga qattiq kirishganlar. 1893-yil 25-noyabr kuni V.Tomsen birinchi bo'lib bitiktoshlar sirini ochganligini e'lon qildi. Bu vaqtda V.V.Radlov 10 ta harfni o'qib ulgurgandi. Mazkur sirli yozuvlar turk xalqiga tegishli ekan. Enasoy hamda O'rxun daryolari havzalaridan topilgani uchun ular O'rxun-Enasoy yozuvlari deb atala boshlandi. Hozirda ularning 700 ga yaqin namunalari fanga ma’lum. Qadimgi turkiy tilga oid matndan parcha: Biz qo'rqmadimiz, sungusdimiz - Biz qo'rqmadik, jang qildik. Neke qorqurbiz - Nimadan qo'rqamiz. Turk budun yoq bolmazun! Budun bolsun! - Turk xalqi yo'q bo'lmasin! Xalq bo'lsin! Qadimgi turkiy tilga oid so'zlar: budun -xalq; bilig-bilim; ingek—sigin yag'i-yov, dushman; batsiq - g'arb; ko'ch - urug', zot; o'kush - ko'p; o'z-jon, vujud; art — tepa, dovon; erik — mard, botir, erkin. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR: 1. Qadimgi turkiy til qaysi davrgacha o'rganilgan? 2. Til oilalarining nomlanishi nimaga asoslanadi? 3. Hozirgi turkiy tillarning shakllanish davrini ko'pchilik olimlar necha davrga va qaysi davrlarga bo'lishadi? 4. Qaysi davr hozirgi barcha turkiy xalqlar va ular tillarining shakllanish hamda rivojlanish davri hisoblanadi? 5. Turkiy tillar qadimda qaysi tillar bilan birgalikda bitta oilani tashkil etgan va qan- day nomlangan? 6. Hozirgi turkiy tillar uchun umumiy sanalgan yozuvlar qaysi? 7. O'rxun-Enasoy yozuvi haqidagi dastlabki xabarlar qaysi tadqiqotchilartomonidan e'lon qilingan? 8.1889-yili N.M.Yadrinsev qayerdan qaysi bitiktoshlami topgan? 9. Qaysi olimlar O'rxun-Enasoy yozuvlarini o'qishga kirishgan? 10. Qaysi olim O'rxun-Enasoy yozuvini o'qishga muvaffaq bo'lgan va bu qachon sodir bo'lgan? 11. O'rxun-Enasoy yozuvlarining siri ochilgani e’lon qilinganda Radlov nechta harfni o'qishga ulgurgan edi? 12. Hozirgi kunda O'rxun-Enasoy yodgoriiklarining qanchasi fanga ma’lum? 13. “Biz qo'rqmadimiz, sungusdimit. Ushbu parchaning bugungi kundagi ma’nosini toping. 14. Qadimgi turkiy tilga oid so'zlami ayting. 15. Qadimgi turkiy tilga mansub batsiq so'zi hozirda qanday ataladi? 16. Jon, vujud ma’nosini bildirgan qadimgi turkiy tilga oid so'zni ayting. 17. Qadimgi turkiy tilda yov, dushman so'zi qanday nomlangan? 18. Ko'p ma’nosini bildirish uchun qo'llangan qadimgi turkiy tilga oid so'zni ayting. 19. Erik so'zi hozirgi kunda qanday nomlanadi? 20. Art so'zining hozirgi kundagi ma’nodoshini toping. ESKI TURKIY TIL XI - XII asrlarda amalda bo'lgan. XI asrlardan qorluq qabila ittifoqi kuchaya boshladi va qoraxoniylar sulolasi hukmronligidagi o'z davlatini tashkil etdi. Qoraxoniylar Sirdaryo havzasi hamda somoniylarga qarashli bo'lgan Buxoro va Samarqandda ham o'z ta'sirini o'tkazadi. Qoraxoniylar davlati mayda uyg'ur qabilalari hamda Sirdaryo va Amudaryo oralig'idagi turk-eron aholisi yashaydigan madaniy yerlarni o'ziga bo'ysundirdi, X asr oxirlarida islom dinini qabul qilib Markaziy Osiyoning eng madaniy turk davlatiga aylandi. Qoraxoniylar tomonidan ikki rivojlangan madaniy markazning - sharqda uyg'ur madaniyatining va g'arbda, Markaziy Osiyoda, turk-eron madaniyatining birlashtirilishi uning yozma madaniyatida ham o'z ifodasini topdi. Qoraxoniylar davrining eng asosiy adabiy va lingvistik yodgorliklaridan biri Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug‘otit-turk» nomli qomusiy asaridir. Bu asar turkiy tillarning fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, dialektal xususiyatlari haqida to'la ma’lumot beruvchi qimmatli manba. Shu bilan birga, turkiy xalqlarning xalq og'zaki ijodi namunalarini aks ettirgan. Mahmud Koshg'ariy tilshunoslik tarixida ilk bor barcha turkiy tillarning bir necha guruhlarini tasniflab, ular o'rtasidagi umumiy jihatlar va farqlarini aniqlagan holda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik deb nomlanuvchi tilshunoslik yo'nalishiga asos soldi. Qoraxoniylar davrining ikkinchi yirik yozma yodgoriigi Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» (Baxt keltiruvchi bilim) asari hisoblanadi. Bu asar yirik badiiy-tarbi- yaviy asar bo'lib, turkiy adabiyot tarixida juda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, Xo'ja Ahmad Yassaviyning hikmatlari, Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» asariari shu davrning eng buyuk adabiy durdonalaridir. Qoraxoniylar davri adabiy tili hozirgi Markaziy Osiyodagi barcha turkiy tillarning shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo'lgan til sanaladi, shuning uchun bu davr tili ko'pchilik turkiyshunoslar tomonidan eski turkiy til deb yuritiladi. «Devonu lug'otit turk»da Mahmud Koshg'ariy Chindan tortib Rumga qadar yashagan turkiy qabilalar haqida shunday yozadi: «Turkiylar, aslida, 20 qabiladir. Har bir qabilaning allaqancha urug'lari bor. Men bulardan asosiylarini - ona urug'larini yozdim, shaxobchalarini tashladim. O'sha davrda bajanak, qipchoq, o'g'uz, boshqird, basmil, yabaqu, tatar, qirg'iz, chigil, tuxsi, yag'mo, ig'raq, uyg'ur kabi turkiy qabilalar tili umumturkiy adabiy tiini tashkil qilgan. Ulardan eng yengili - o'g'uz; eng to'g'risi, yaxshisi - yag'mo, tuxsi; eng ochiq, ravon til - Xoqoniy o'lkasida yashovchilarning tilidir». Eski turkiy til eski o'zbek tilining shakllanishi va rivojida muhim o'rin tutgan. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling