O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
TURKIY TILLAR TARMOG‘1 VA O'ZBEK TILI
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- OZBEK YOZUVLARI TARIXIDAN
- TIL HAQIDAGI QONUN
TURKIY TILLAR TARMOG‘1 VA O'ZBEK TILI
Turkiy tillar oilasi 30 ga yaqin jonli tillami o'z ichiga oladi. Butun dunyoda turkiy tillarda bir necha yuz million kishi gaplashadi. Turkiy tilli aholi Uzoq Sharqdan Markaziy Yevropagacha, Taymir yarimorolidan Bolqon yarimoroligacha tarqalgan. Bu tilda so'zlashuvchilar, asosan, Osiyo, shunirigdek, Yevropa, Amerika, Avstraliya mintaqalarida istiqomat qilishadi. Turkiy tillar agglyutinativ tillar sanaladi. Bu tillarda har qanday grammatik ma'no alohida qo'shimcha yordamida ifodalanadi. Qo'shimchalar, asosan, o'zakdan keyin qo'shiladi. Turkiy tillar tarmog'i bir necha ichki guruhlarga bo'linadi. O'zbek tili o'ziga eng yaqin bo'lgan uyg'ur tili bilan bu oilaning qartuq guruhini tashkil etadi. Ammo hozirgi o'zbek tilida qarluq lahjasidan tashqari qipchoq lahjasi va o'g'uz lahjasi xususiyatlari ham mujassamlashgan, chunki o'zbeklar tarkibida qipchoq va o'g'uzlar vakillari ham bor. Hozirgi turkiy tillar so'z boyligi va grammatik qurilishi jihatidan bir-biriga yaqin, shuning uchun o'zbek, uyg'ur, qozoq, qirg'iz, qoraqalpoq, turkman, turk, ozarbayjon, tatar, boshqird, bolqor, qo`rniq, no'g'oy millatlarga mansub kishilar so'zlashganda bir-birini bemalol tushunadilar. Turkiy tillar ichida faqat o'zbek tili «o»lovchi til sanaladi. Turkiy tillar oilasi qipchoq tillari guruhi, o'g'uz tillari guruhi, qorluq tillari guruhiga bo'linadi. O'zbek va uyg'ur tillari qorluq guruhiga; qozoq, qoraqalpoq, qirg'iz, tatar, boshqird, xakas, yoqut, chuvash kabi tillar qipchoq guruhiga; ozarbayjon, turkman, usmonli turk tillari esa o'g'uz guruhiga mansub. Jahonning ko'zga ko'ringan yozuvchilari tomonidan ishlatilgan so'zlar miqdori: Alisher Navoiy 26035 ta; Aleksandr Pushkin 21193 ta; Vilyam Shekspir 20000 dan ortiq; Mlgel de Servantes 18000 dan ortiq; Abdurahmon Jomiy 17600 ta; Abdulla To'qay 14000 dan ortiq. O'ZBEK YOZUVLARI TARIXIDAN Dastlab nutq faqat og'zaki bo'lgan. Kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum davrida zaruriyat natijasida asta-sekin yozuv yaratilgan. Markaziy Osiyodagi xalqlar, shu jumladan, o'zbek xalqi behad ko'hna yozuv madaniyatiga ega. Ular qadimda turli yozuvlardan foydalanib kelganlar. Bu o'rinda sug'd, O'rxun-Enasoy (runik), uyg'ur, arab yozuvlami esga olish kifoya. Har biri o'ziga xos bu yozuvlar muayyan darajada oromiy yozuvi bilan bog'liq. Bu tillarga mansub bizgacha yetib kelgan yozma yodgorliklar V asrda bitilgan «Xuastuanift», V - VII asrlarda yaratilgan O'rxun-Enasoy obidalaridir. Shuningdek, Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'otit turk» asarida ham eng qadimgi davrlarga oid juda ko'p adabiy parchalar bor. Turkiy tillarga oid eng qadimiy yozma matnlar milodiy V asrga tegishlidir. V - X asrlarda turkiy xalqlar orasida O'rxun yozuvi (boshqa nomlari: turkiy runik yozuv, dulbarchin yozuvi) keng tarqalgandi. O'rxun yozuvi turkiy tillarning xususiyatlarigajuda mos edi. Bu yozuv yodgoriiklari rang-barang bo'lgan, lekin ulardan bizgacha, asosan, qabrtoshlarga yozilgan bitiklargina yetib kelgan, chunki toshlar davr sinovlariga chidamlidir. Bu xat turkiy, jumladan, o'zbek xalqi XX asrgacha qo'llab kelgan yozuvlar ichida eng qulayi bo'lgan. XI asrdan keyin O'rxun yozuvi tamoman iste’moldan chiqdi. Qadimgi turkiy yozuv yodgoriiklari dastlab Janubiy Sibiming Enasoy daryosi havzalarida va Mo'g'ulistonning O'rxun vodiysida topilgan. Shunga nisbatan qadimgi turkiy yozuv O'rxun-Enasoy obidalarining yozuvi deb ham yuritiladi. Ilk yodgorliklar XVIII asr boshlarida topilgan bo'lishiga qaramay, ularning o'qilishi XIX asr oxirigacha noma'lumligicha qoidi. Nihoyat, 1893-yili daniyalik olim V.Tompsen va rus akademigi V.V.Radlov qadimgi turkiy yozuvni o'qishga erishdi. Keyinchalik qadimgi turkiy yozma yodgorliklar Markaziy Osiyoning turli joylaridan, xususan, Talas vodiysi, Farg'ona vodiysi, Yuqori Zarafshon vodiysi, hatto Qizilqum sahrosining ichkari qismidan ham topildi. 1970-yillargacha turkiy yozuv milodiy VI -VII asrlarda shakllangan degan fikr yetak- chi edi. 1988-yili Andijon viloyatining Lo'mbitepa yodgortigidan ko'za topildi. Uning ban- di sirtiga pastdan yuqoriga yo'nalgan qadimiy turkiy bitik VII - VIII asrga oid turkiy obidalardan I - II asrgacha qadimiyroqdir. Demak, O'rxun va Enasoy yodgoriiklari xatini yozuvning ancha keyingi - takomil etgan bosqichi deyish mumkin. O'rxun yozuvi bilan deyarli bir davrda o'zbek xalqining ajdodlari uyg'ur yozuvidan ham foydalanganlar. Uyg'ur yozuvi sug'd yozuvi asosida shakllangan bo'lib, u vatanimizda XV asrgacha iste’molda bo'lgan. Mashhur «Qutadg‘u bilig»ning bir nus- xasi, «Hibat ul-haqoyiq»ning bir necha nusxasi, Xorazmiy «Muhabbatnoma»sining bir nusxasi hatto XV asrda ko'chirilib, bir to'plamga kiritilgan. Lutfiyning bir necha g'azallari uyg'ur yozuvida yozilgan. O'rxun-Enasoy, uyg'ur, sug'd yozuvlari hozirgi turkiy tillarning barchasi uchun umumiy sanaladi. Arab yozuviga asoslangan eski o'zbek yozuvi esa VIII asrdan qo‘llanila bosh- lagan. Deyarli 800 yil mobaynida bu yozuv uyg'ur yozuvi bilan yon- ma-yon ishlatib kelindi. Ammo XVI asrdan, ya’ni shayboniylar hukmron- ligi davridan uyg'ur yozuvi iste’moldan chiqib ketdi. Arab yozuvida bitilgan eng eski turkiy yodgorliklar XI asrga taalluqlidir. Bular Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarining Namangan va Qohira nusxalari, Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug‘otit-turk» asaridir. Arab alifbosida 28 ta harf bor. Bu alifboni forslar qabul qilgach ular o'z tiliga xos to- vushlami ifodalovchi 4 ta harfni qo'shganlar. Arab alifbosidagi alifboda 8 ta harf o'zbek tilida bo'lmagan tovushlami ifoda etar, bunday harflar o'zbek tiliga arab tilidan o'tgan so'zlardagina ishlatilardi. O'zbeklar taxminan 1200 yil davomida arab alifbosidan foydalanganlar. Arab yozuvida bizning eng nodir yodgorliklarimiz, ming yillik tariximiz bitilgan bo‘lsa-da, bu yozuv o'zbek tili fonetikasi va tabiatiga mos kelmasdi. Shuning uchun XX asr boshlaridayoq eski o'zbek yozuvini isloh qilish, uni o'zbek tiliga moslashtirish uchun harakat qildilar. 1921-yildan lotin alifbosi asosidagi o'zbek yozuviga o'tish harakati boshlan- di. 1926-yil 26-fevralda Boku shahrida turkologlarning birinchi qurultoyi boshlangan. Bu qurultoyda O'zbekiston vakillaridan bin Nazir To'raqulov ham ma’ruza qilgan. Qurultoyda turkiy xalqlarning o'z alifbolari uchun lotin yozuvini asos qilib olishlari tav- siya etilgan. O'zbekistonda 1926 - 1930-yillarda lotin alifbosi asosidagi yangi yozuvga o'tilgandi. 1930-yildan o'zbek xalqi lotin alifbosiga asoslangan yozuvdan foy- dalana boshladi. Oradan ko'p o'tmay sobiq sho'rolar davrida millatlarni tenglashtirish, millatlararo farqlarni yo'qotish harakati boshlandi, ms tilining ta’siri kuchaydi. Natijada 1940-yildan o'zbek xalqi kirill alifbosi asosidagi yozuvga o'tdi. Bizning davrimizda jahondagi xalqlar 220 xil yozuvdan foydalanadilar. Ana shu yozuvlardan dunyoda eng keng tarqalgan yozuv lotin yozuvidir. Bu yozuvdan dunyo aholisining 30 foizi foydalanadi. Ana shulardan kelib chiqib O'zbekiston Respubiikasi Oliy Kengashi 1993-yil 2-sentyabrda «Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to‘g'risida»gi Qonun- ni qabul qildi. Unga ko'ra, yangi alifboda 31 harf va 1 ta tutuq belgi- si joriy qilindi. O'zbekiston Respubiikasi Oliy Majlisi 1995-yil 6-may- da bu qonunga ayrim o'zgartirishlar kiritish haqida qaror qabul qildi. Bu hujjatlarga binoan, yangi alifboga o'tish bosqichma-bosqich, ya’ni 1996-yil 1-sentyabrdan 2005-yil 1-sentyabrga qadar amalga oshiriladi deb ko'rsatilgan. Ushbu alifbo 26 harf va 3 ta harf birikmasidan iborat. TIL HAQIDAGI QONUN O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida shunday deyilgan: «O'zbekiston Respublikasining davlattili o'zbek tilidir. O'zbekiston Respubiikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millatlarva elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”. O'zbekiston Respubiikasi Oliy Kengashining 1989-yil 21-oktyabrda bo'lib o'tgan sessiyasida ona tilimizga davlat tili maqomini berish to'g'risidagi Qonun qabul qilindi. Shu davrdan boshlab har yili bu kunni til bayrami sifatida nishonlaymiz. Milliy munosabatlarni yaxshilash maqsadida va osoyishtalikni ko'zlab, «Davlat tili haqida»gi Qonunga ba’zi o'zgartirishlar kiritildi va 1995-yilning 21-dekabrida O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirda «Davlat tili haqida»gi Qonuni e’lon qilindi. O'zbek tili O'zbekiston Respublikasining davlat tili sifatida tan olinar ekan, bu narsa respublika hududidagi boshqa tillarning faoliyat ko'rsatishi, rivojlanishi, O'zbekistonda yashovchi barcha millat vakillarining o'z ona tillarida erkin aloqa qilishlari uchun aslo monelik qilmaydi. Qonunning 2-, 4-, 6-, 10-, 14-moddalarida boshqa millat vakillari tillarining amal qilishi himoyalanadi. Bu esa yangi qonunning naqadar xolis ekanligini ko'rsatadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling