O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


O‘ZBEK ADABIY TILINING BO‘LIMLARI


Download 0.61 Mb.
bet9/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

O‘ZBEK ADABIY TILINING BO‘LIMLARI
Til haqidagi fan tilshunoslik yoki lingvistika deb yuritiladi.
Umumiy tilshunoslik fani til haqidagi umumiy nazariy masalalami bayon qilish, tillarning paydo bo'lishiva ularning istiqboli, dunyodagi tillami chog ishtifish, ularning o'zaro ta'siri, tillami tasnif qilish kabi masalalar bilan shug'ullanadi. Tilshunoslik bo'lim- lari, ayvalo, ikkiga bo'linadi:

  1. Mazmuniga ko'ra: fonetika, leksika, morfoiogiya, sintaksis.

2. Qo'llanishiga ko'ra: alifbo, imlo, talaffuz, tinish belgilari, uslubiyat.
Ma’lum bir til lingvistika fanining quyidagi bo'limlarida o'rganiladi:

  1. Fonetika bo'limida nutq tovushlari, ularning akustik va talaffuz xususiyatlari, bo'g'in, urg'u va intonatsiya kabi masalalar o'rganiladi.

  2. Fonologiya bo'limida nutq tovushlarining funksional tomoni - ma’no farqlash vazifasi: fonema, ularning tasnifi, fonemalar o'rtasidagi munosabat o'rganiladi.

  3. Grafika bo'limida harflar tizimi o'rganiladi.

  4. Orfograf iya bo'limida to'g'ri yozish (imlo) qoidalari o'rganiladi.

  5. Orfoepiyada nutq tovushlari va so'zlami to'g'ri aytish, talaffuz qilish o'rganiladi.

  6. Til tarixi tilning fonetikasida, lug'at boyligi va grammatikasida ro'y bergan o'zgarishlami tekshiradi.

  7. Leksikologiya bo'limida leksema, leksik ma’no, lug'aviy birliklarning seman- tik tuzilishi, shakl va ma’no munosabatiga ko'ra tiplari o'rganiladi.

  8. Leksikografiya leksikologiyaning bir bo'limi bo'lib, turli lug'atlar tuzishning nazariy va amaliy masalalari bilan shug'ullanadi.

  9. Frazeologiyada frazeologizm, frazeologik ma'no, frazeologik birliklarning shakl va ma’no munosabatiga ko'ra turlari o'rganiladi.

  10. Dialektologiyada tilning shevalari, ularning fonetik, leksik va grammatik xususiyatlari o'rganiladi.

  11. Etimologiyada so'zlarning paydo bo'lish yo'llari o'rganiladi.

  12. Morfemika bo'limida morfema, uning turlari, so'zning morfemik tuzilishi kabi masalalarga e’tibor qaratiladi.

  13. So'z yasalishida so'z yasash usullari o'rganiladi.

  14. Morfoiogiya bo'limida so'z turkumlari, so'zning grammatik ma’nosi, gram­matik shakl va grammatik kategoriyalar o'rganiladi.

  15. Uslubiyatda uslublar, til vositalarini nutqda ishlatish imkoniyatlari o'rganiladi.

  16. Sintaksis bo'limida so'z birikmasi va gaplarning qurilishi o'rganiladi.

  17. Punktuatsiyada tinish belgilari va ularning qo'llanish qoidalari o'rganiladi.




Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling